- (lot. instinctus uygʻonish) - murakkab shartsiz refleks, u hulq-atvorning tugʻma yigʻindisi, tashqi yoki ichki ta’sirotlarga javoban hosil boʻladi.
Ontogenez
Ontogenez (yunon. on, ontos - asl, tub, genesis – tugʻilish, paydo boʻlish) - organizmning individual rivojlanishi. Tirik mavjudotning paydo boʻlgan davridan to oxirigacha boʻlgan davrdagi oʻzgarishlar majmui.
Filogenez
Filogenez (yunon.. phyle - qabila, urugʻ, genesis - paydo boʻlish) - muayyan tirik mavjudot turining yerda hayot boshlanganidan keyingi evolyusion taraqqiyot jarayoni.