2-ma’ruza. Xulq-atvorning psixofiziologik asosi. Reja


Ongning uchinchi xossasiga



Yüklə 97,21 Kb.
səhifə5/10
tarix12.06.2022
ölçüsü97,21 Kb.
#61289
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2.1-мавзу

Ongning uchinchi xossasiga asosan ong yordami bilan odamning maqsadni koʻzlash faoliyati ta’minlanadi. Faoliyat maqsadlarini yaratish ongning vazifasiga kiradi. Bunday faoliyat motivlari yuzaga keladi va chamalab koʻriladi, irodaviy qarorlar qabul qilinadi, harakatlarni bajarish yoʻllari hisobga olinadi.
Ongning toʻrtinchi xossasiga asosan turli munosabatlardan ongli ravishda turli his-tuygʻular yuzaga keladi. Ong kishilar munosabatlarining yigʻindisidir.
Ong yuzaga kelishining asosiy sharti, vositasi tildir. Psixikaning eng quyi darajasi ongsizlikdir. Ongsizlik - bu shunday psixik jarayonlar va hodisalar yigʻindisiki, unda inson oʻz xatti-harakatlariga javob bermaydi, anglamaydi. Bunga tush koʻrish, ba’zi patologik hodisalar, alaxlash, gallyusinasiya kabilar kiradi. Xulosa qilib aytganda, psixologiya hayot faoliyatining oʻziga xos shakli boʻlib, psixik rivojlanishning qonuniyat va mexanizmlarini oʻrganuvchi fandir. Psixologiya fanining asosiy vazifasi psixik hodisalarni oʻrganish va ilmiy asoslashdir. Psixik hodisalar ma’lum qonuniyatlarga boʻysunadi. Psixologiya shunday qonuniyatlarni mohiyatini ochishga, ularni tarkib topishi va rivojlanishini oʻrganishga qaratilgandir. Ushbu qonuniyatlarni bilish, ularni boshqarish, tashkil etish, ta’lim-tarbiya jarayonini toʻgʻri olib borishga yordam beradi.
Psixikaning filogenetik taraqqiyoti. Jamiki materiya, jonsiz anorganik materiyadan tortib, to organik materiyaning yuksak hamda murakkab shakli - inson miyasigacha moddiy olamning umumiy xususiyatiga, ya’ni turli ta’sirlarga javob qaytarish qobiliyatiga egadir. Jonsiz tabiatda harakat jism yoki moddalarning oʻzaro mexanik, fizik va kimyoviy munosabatlari tarzida namoyon boʻlishi mumkin. Materiyaning aks ettirish shaklini quyidagicha ifodalash mumkin:

Voqelikdagi ta’sirni aks etish qobiliyati-materiyaning umumiy xususiyatidir. Lekin olamda tirik va oʻlik tabiatni aks etishi turlichadir. Tirik materiyaning tashqaridan ta’sir etayotgan moddalar almashinuviga javob berishi ta’sirlanuvchanlik deb ataladi. Oddiy ta’sirlanuvchanlik barcha oʻsimliklarga xos. Evolyusiya jarayonida organizmlar tashqi muhit bilan munosabatlarining umumiy turini oʻzgarishi natijasida ta’sirlanuvchanlikning sifat jihatidan yangi bosqichga oʻtishi sezuvchanlikni yuzaga kelishiga sabab boʻladi. A.N.Leontevning faraziga asosan sezuvchanlik "genetik shunday ta’sirlanuvchanlik-ki tashqi muhit ta’siriga organizmni yoʻnaltiradi va buning natijasida organizm tashqi muhitida signal vazifasini bajaradi.


Demak, sezuvchanlik shunday ta’sirlanuvchanlik-ki, uning natijasida hayot uchun zarur ta’sirlar signallashadi. Sezuvchanlikning namoyon boʻlishi, psixikaning paydo boʻlishiga ob’ektiv biologik belgi sifatida xizmat qiladi. Psixik ta’sirlanuvchanlikning oʻziga xos yuqori sifat oʻzgarishi -sezuvchanlik-psixik aks ettirishning oddiy turi yuzaga kelganida boshlanadi. Hayvonlar evolyusiyasi jarayonidagi psixikaning sifat oʻzgarishlarini A.N.Leontev oʻzi ifodalagan psixik rivojlanish bosqichlariga asos qilib oldi. A.N.Leontev boʻyicha psixika rivojlanish bosqichlarining jadval koʻrinishi va ularning sxematik ifodalanishi:


1.Elementar (sodda) sensor psixika bosqichi - A.N.Leontev ta’rificha, tashqi muhit ob’ektning u yoki bu sifatiga qarab javob beraveradi. Bu oddiy sezish bosqichidir. K.E.Fabri fikricha, oddiy sensor psixikaning ikki-past va yuqori darajasiga ajratiladi. Koʻpgina bir hujayralilar hamda ayrim koʻp hujayralilarda psixik rivojlanishning past darajasi kuzatiladi. Bunda psixik faollikning oddiy turlari namoyon boʻladi. Elementar psixikaning yuqori bosqichida koʻp hujayrali umurtqasizlarda namoyon boʻladi. Bu hayvonot evolyusiyasining zarur davridir. Nerv tizimi diffuz, toʻrsimon ganglioz yoki zanjirsimon boʻlib, ular alohida predmetlarning sifatlarinigina aks eta oladilar. hayvonlar uchun ushbu bosqichda predmet olami mavjud boʻlmaydi, ular ob’ektni idrok eta olmaydilar. Ular psixik aks ettirishi oddiy sezgi tarzida boʻladi.



Yüklə 97,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin