2-ma’ruza. Xulq-atvorning psixofiziologik asosi. Reja


Hayvonlarning intellektual harakatlari. Aql (intellektual) bosqichi



Yüklə 97,21 Kb.
səhifə9/10
tarix12.06.2022
ölçüsü97,21 Kb.
#61289
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2.1-мавзу

Hayvonlarning intellektual harakatlari. Aql (intellektual) bosqichi hayvonlarning deyarli murakkab faoliyati bilan tavsiflanib, u aks ettirishning murakkab turidir. "Hayvonlarning borliqni psixik aks etish usuli intellektual faoliyatga oʻtishida alohida narsalargina emas, balki ularning munosabatlarini aks ettirish ham vujudga keladi. Hayvonlar rivojlanishning bu bosqichida, narsalar orasidagi bogʻlanishlarni aks ettira oladilar.
Nemis zoopsixologi V.Kyolerning tadqiqotlarida maymunlarga yetib boʻlmaydigan joyga xoʻrak qoʻyiladi. Xoʻrakdan yaqinroq, lekin bevosita yetib boʻlmaydigan joyga uzun tayoq qoʻyiladi. Bu tayoqqa yetishish uchun qafasda qisqa tayoqcha bilan xoʻrakni olib boʻlmaydi. Maymun esa birinchi bosqichda qisqa tayoq bilan uzun tayoqni oladi. Ikkinchi bosqichda esa uzun tayoq orqali xoʻrakni olishga muvaffaq boʻladi.
A.N.Leontevning fikricha, muvaffaqiyatsiz harakatlardan soʻng toʻsatdan javobni topishi aqliy xatti-harakatlarning yana xususiyatidir. Bu hodisa V.Kyoler tomonidan "insayt"-ravshanlashish deb atalgan.
Aqliy xatti-harakat boshqa ikki xususiyati mavjud boʻlib, bu topilgan muammoning yechimini tez eslab qolish va shu bilan shakllangan operasiyalarni bir faoliyatdan ikkinchi faoliyatga oʻtkaza olishdir.
Hayvonot olamining yuksak bosqichidagi vakillari (quruqlikda yashovchilardan, xususan, odamsimon maymunlar, dengiz hayvonlaridan delfinlar) instinkt, koʻnikmalarni egallashdan tashqari yana murakkab harakatlarni bajara oladi, hayvonlarning bunday xatti-harakatlarini intellektual harakatlar desa boʻladi. Intellektual xatti-harakatlar hayvonning ancha yuksak shakldagi psixik faoliyati bilan bogʻliq boʻlib, u tugʻma instinktlar va hayotda hosil qilingan koʻnikmalar hayvonning yashash sharoiti talablariga javob bera olmagan taqdirda yuzaga keladi.
Yuksak taraqqiy qilgan hayvonlar ular uchun ma’lum muammolar bilan bir qatorda yangi boʻlgan narsani ham hal qila oladilar. Masalan, tajriba oʻtkazilgan asbob ikkita boʻsh naychadan iborat edi. Naychadan bittasiga qargʻaning koʻz oʻngida inga bogʻlangan xoʻrak bir parcha goʻsht joylashtirildi. Qargʻa xoʻrakning
naycha ichiga kirib ketganini koʻradi. Qargʻa shu zahotiyoq ikkinchi naychaning oxiriga sakrab boradi va xoʻrakning paydo boʻlishini kutib turadi. Shuningdek, maymunlarda oʻtkazilgan tadqiqot ham bunga yaqqol misoldir. Qafasning shipiga banan osib, qafas ichiga ikki - uchta yashik yoki bir ikkita qamishli tayoqcha qoʻyadilar. Maymun qafas ichiga kirishi bilan mevani olmoqchi boʻladi, ammo boʻyi yetmaydi. Maymun tevarak-atrofiga koʻz yugurtirib, yerda yotgan qamishni koʻradi, va bu qamish bilan mevani qoqib tushirishga harakat qiladi. Lekin unda ham boʻyi yetmaganidan soʻng qamishlarni olib, bir necha vaqt ular bilan turlicha harakatlarni qilib koʻrib, ular bir-birini ichig kirib, uzunlashadi, keyin maymun bananni qoqib tushiradi. Yoki yerda yotgan yashikni ustma-ust qoʻyib uni mevaning tagiga surib keltiradi va ustiga chiqib mevani olmoqchi boʻladi, ammo boʻyi yetmaydi. Shunda maymun yerda yotgan boshqa yashiklarni ustma-ust qoʻyib, narvon qiladi va ularning ustiga chiqib mevani olib yeydi.
Kishi koʻziga maymunlar nechogʻli aqlli hayvon boʻlib tuyulmasin, ammo ularning tafakkuri nihoyatda tordir. Bu fikrni isbotlash uchun shunday bir tajriba oʻtkazilgan. Yashik qoʻyilgan meva oldiga spirt lampasi yoqib, yonib turgan spirt lampasining tepasiga suvli - joʻmrakli bak va stakan qoʻyiladi. Mevani olish uchun maymun avval olovni oʻchirish kerak boʻladi. Bir odam olovni oʻchirib, ovqat olish yoʻlini maymunga koʻrsatadi, maymun bakdagi suvdan krujkaga quyib olovga sepadi va soʻng mevani olib yeydi. Keyinchalik suv toʻldirilgan bak boshqa stolga koʻchiriladi. Maymun bir stoldan, ikkinchisiga oʻtish uchun uzun koʻprik yasab koʻprik orqali boshqasiga oʻtgan va bakdan krujkaga suv toʻldirib yana orgʻasiga qaytgan, nihoyat olovni oʻchirib, mevani olib yegan. Aynan maymun atrofida suv turib bundan foydalanmagani qiziqdir. Bu maymunda umumlashtirish xususiyati yoʻqligidan dalolat beradi, ya’ni har qanday suv olovni oʻchira olishini maymun mutloqo tushunmaydi, u oʻzi koʻrgan ishini, ya’ni bakdan olingan suv bilan olovni oʻchirishnigina qila oladi, xolos. Bulardan ma’lumki, aqlni ishlatish bilan biror bir masalani hal qilishda maymun masalani yechishni barcha zarur shartlarini koʻra olmaydi, ulardan faqat ayrimlarinigina fahmlaydi, xolos. Maymunlarning intellektual harakatlari har qanday harakatlarni sinab koʻrish jarayonida aniq amaliy tafakkur tarzida sodir boʻladi. Taqlidchanlik - maymunlar hulq-atvorining xarakterli xususiyatidir. Masalan, maymun supurgi bilan polni supuradi va "lattani hoʻllab siqadi", "polni artadi", "yuvadi". Odatda, maymunlar harakatning natijasiga emas, balki harakatning oʻziga taqlid qiladilar. Maymun polni supurar ekan, axlatni bir joydan ikkinchi joyga koʻchirib yuraveradi-yu, lekin axlatni poldan tozalab ola bilmaydi.
Shunday tadqiqot oʻtkazilgan uyga boʻsh chelak va quruq latta qoʻyilgan. Maymun latta bilan polni artadi va har safar u lattani chelakka tushurib aylantirib siqadi, bu ishni maymun farrosh qilgani kabi bajaradi. Shuningdek, maymun qalam bilan daftarga "yozadi" (chiziqlar chizadi) va unga diqqat bilan qaraydi. Maymunga qalam oʻrniga tayoqcha berilsa, qam u "yozishni" davom ettiradi. Intellektual harakatning natijasiga taqlid qilish maymunlarda uchramaydi.
Amerikalik olimlar G.Xarlou, M.Xarlou, S.Suomilarning tadqiqotlari yangi tugʻilgan maymunlar bolasi sun’iy onaning ayrim turlarigagina haddan ziyod ixlos qoʻyishi mumkinligini koʻrsatadi. Tajriba qoʻyidagicha olib boriladi, ya’ni Makaka maymunining yangi tugʻilgan bolalarini xuddi haqiqiy onasining kattaligida qilib ishlangan sun’iy ona bilan qafasga solib qoʻyiladi. Maymunchalarning biriga metall kraskadan yasalgan "ona", ikkinchisiga yogʻoch silindrdan yasalib, tukli mato bilan oʻralgan "ona" toʻgʻri keladi. Yumshoq onalik maymuncha koʻp vaqtini uning yonida oʻtkazadi, uni goh quchoqlar, goh uning ustiga ham chiqib ketardi. U har gal xavf tugʻilsa, onasining himoyasiga qochib borgan. Metall onaga tekkan maymuncha esa juda qiynaldi. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, maymunlarning bolalari sut bergan onadan koʻra, sut bermasa ham matodan yasalgan onani afzal koʻrishadi. Matodan yasalgan onalar maymunlarda xavfsizlik va ishonch hissini uygʻotadi.
Biroq yuksak taraqqiy etgan katta maymunlarning instinktiv xatti-harakati, bir hujayrali hayvonlar instinktidan jiddiy farq qiladi. Yuksak taraqqiy etgan maymunlar (jumladan shimpanze)da xatti-harakatning uya qurishdek tugʻma shakli mavjuddir. Tabiiy sharoitlarda ular har kuni daraxtlarda shox-shabalardan uya qurishadi. Kuzatishlar shuni koʻrsatadiki, maymunlar uya qurishda, materiallarni tanlash chogʻida amaliy tahlilga binoan ish koʻradilar. Tadqiqot jarayonida maymunlarning binokorlik "faoliyati" kemiruvchilar (kalamush)ning uya qurishi bilan taqqoslab koʻrildi. Qattiqligi turlicha materiallar, jumladan, daraxt shoxlari va qoqoz mavjud boʻlgan holda shimpanze va kalamushlar qam uyani bir xil tipda, ya’ni uyaning asosiy qismini qattiq materialdan yasab, ichiga ancha yumshoqroq material toʻshaydi. Agar shimpanze va kalamushga faqat yumshoq material berilsa, u holda ikkalasi ham uyani shu materialdan qurishga tushadi. Lekin ular tavsiya qilingan materialdan uyalarini yasab boʻlganlaridan keyin ularga ancha dagʻalroq material berilsa, u holda hayvonlarning reaksiyalarida darhol sifat farq koʻrinadi. Shimpanze ancha dagʻal materialga ega boʻlganidan keyin shu zahotiyoq uyasini qayta qurishga kirishadi. Yumshoq materialdan qurilgan inshoatini bir chekkaga surib qoʻyadi va ancha dagʻal materialdan uyaning asosini qura boshlaydi. Shundan keyingina u yumshoq materialdan foydalanadi, uni uyasining ichki yuzalariga toʻshaydi, kalamushlarda ham xuddi shunga oʻxshash vaziyatni koʻrishni davom ettiradilar, dagʻal materialni yumshoq material ustidan tushay beradilar. Shunday qilib, uya qurish maymunlarda garchi instinktiv harakatlar natijasida amalga oshirilgan boʻlsa, ham bu harakatlar tashqi shart-sharoitlar hisobiga olingan holda yuz beradi.



Yüklə 97,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin