2-ma’ruza. Xulq-atvorning psixofiziologik asosi. Reja


Hayvonlarning koʻnikmalari



Yüklə 97,21 Kb.
səhifə8/10
tarix12.06.2022
ölçüsü97,21 Kb.
#61289
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2.1-мавзу

Hayvonlarning koʻnikmalari. Taraqqiyotning yuqori bosqichidagi hayvonlarda harakatning instinktiv shaklari bilan bir qatorda, xatti-harakatning individual oʻzgaruvchan shakllari - koʻnikma va intellektual harakatlar ham mavjud.
Koʻnikma - bu hayvonlarda shartli bogʻlanishlar asosida yuzaga keluvchi va avtomatik ravishda sodir boʻluvchi harakatlardir, ya’ni biror faoliyatni takrorlanib turishi natijasida asta-sekin hosil qilingan xatti-harakatlardir. Nerv tizimining rivojlanishi jihatidan hayvon qanchalik yuqori oʻrinni egalasa, u oʻzida shunchalik murakkab koʻnikmalarini hosil qila oladi. Instinktlarga qaraganda, koʻnikma xatti-harakatlarning ancha oʻzgaruvchan shakli hisoblanadi. Hayvonlarning koʻnikmalari, ota-onalaridan "oʻrganish" yoʻli bilan ham hosil boʻladi. Masalan, boʻrilar bolalarini ovga oʻrgatadilar, qari boʻri qilgan harakatni yosh boʻri takrorlaydi, bu taqlid qilish instinktiga asoslangan, xatti-harakatlar koʻnikmasidir. Uy hayvonlarini odam "oʻrgatganda" ular koʻp koʻnikmalar hosil qiladi. Shuningdek, sirkda oʻrgatilgan hayvonlar xilma-xil juda murakkab koʻnikmalarni namoyon etadilar. Ma’lumki, hayvonda odam tomonidan koʻnikmalar hosil qilinishi oʻrgatish yoki dressirovka deyiladi. Mashhur hayvon oʻrgatuvchi V. Durovning ta’kidlashicha, ma’lum narsaga oʻrgatishda hayvonlar kerakli harakatni bajargan paytda ularga ovqat berib, ragʻbatlantirgan, shu yoʻsinda murakkab ishlarni bajarishga oʻrgatgan. Masalan, ayiqlarni velosipedda yurishga yoki samovarni stolga qoʻyishga, fillarni uyin tushishga va shu kabi murakkab xilma-xil koʻnikmalarga oʻrgatgan. Hosil boʻlgan koʻnikmalar hatto ayrim instinktlarni toʻxtatib gʻoʻya oladi. Jumladan, baliqlarda shartli bogʻlanishlar ancha tez hosil boʻladi. Shartli bogʻlanishlarning hosil boʻlishi uchun yorugʻlik, rang, narsaning shakli, shuningdek, tovush va ta’m
belgilari signal boʻlib xizmat qilishi mumkin. Lekin bu bogʻlanishlar tez oʻzgarmaydigan boʻladi.
Chunonchi choʻrtanbaliqda mayda baliqlarni ovlashga oid shartli refleks osongina hosil boʻladi. Lekin bu refleksni susaytirish juda qiyin. Tadqiqotda mayda baliqlar choʻrtanbaliqdan shisha bilan ajratib qoʻyilganda yirtqich yangidan vaqtinchalik bogʻlanish hosil qilmagunga qadar uzoq vaqt davomida shishaga urilib turdi, shisha olib qoʻyilgandan soʻng esa yangi bogʻlanish oʻz navbatida uzoq vaqt saqlanib turadi. Shundan keyin choʻrtanbaliq yonida suzib yurgan mayda baliqlarga umuman ahamiyat bermay qoʻyadi. Bu faktlardan ma’lumki sharoit oʻzgarib ketganda shartli bogʻlanishlar hayvonlarning xatti-harakatlarini bir oz oʻzgartirishi mumkin ekan. Shunday qilib, koʻnikmalar bir-biridan muhim jihatidan farq qilishi mumkin:bir holatda koʻnikmalar oʻzlarining avtomatizmlarga koʻra instinktlarga yaqinlashsalar, boshqa bir holatda intellektual harakatlarga yaqinlashadilar.

Yüklə 97,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin