7 – masala
Oddiy nazariy holatni tahlil qiling. Aytaylik talab va taklif fnuktsiyali quyidagicha Qd = 100-P va Qs = 2P – 50 ming dona bo‘lsin. Sotishga 10%li soliq joriy qilish nimaga olib keladi?
8– masala
Tovarga bo‘lgan talab va taklif funktsiyalari quyidagicha berilgan:
Qd= 400 – P va Qs = 2P – 260. Bu erda Q – g dona P – narx (so‘mda).
Agar har bir sotuv narxining 12,5% miqdorida soliq belgilansa.
Bu tovar bozordagi muvozanat narx va miqdor qanday o‘zgaradi?
Bu tovar sotuvchilarning daromadi qanday o‘zgaradi?
9-masala
Bozorda bir tovarga bo‘lgan talab 3 – mahalla tomonidan shakllanadi.
mahallaning talab funktsiyasi: P = 10 – 0,5 Q
mahallaning talab funktsiyasi: P = 9 – 0,5 Q
mahallaning talab funktsiyasi: P = 5 – 0,25 Q
ko‘rinishida berilgan. Bu tovarning taklif funktsiyasi esa Qs = 21 P formula
bilan berilgan. Bu erda Q – miqdor (donada) P – narx (so‘mda). Agar har bir dona tovar uchun 1– so‘m miqdorida soliq joriy qilinsa, tovarning muvozanat narxi va muvozanat miqdori qanday o‘zgaradi.
10-masala
Tovar 1200 so‘m bo‘lganda xaridorlar kerakli tovarni sota oladilar. Narx 1100 so‘mga tushganda kerakli tovar yetmay qoldi. Narx qaytadan 1250 so‘mga qaytganda tovarning bir qismi sotilmay qoldi. Qaysi narx muvozanat bo‘lishini aniqlang.
11-masala
Firma bir yil 1,5 mln. so‘m, ikkinchi yil esa 2 mln.so‘m foyda qildi. Narxlar 2-yilda 1- yilga nisbatan 1,25 marta oshgan bo‘lsa, firmaning 2 – yilda 1-yilga nisbatan real foyda qanchaga o‘zgargan.
12-masala
Kitobning narxi 50% ga o‘sgan holda, unga talab 30% ga oshsa, elastiklik koeffitsentini toping.
13-masala
Agar narx 10% ga kamaysa, foyda esa 5.5% ga pasaysa, talabga nisbatan chegaralanmagan taklifda talabning egiluvchanligini toping.
Dostları ilə paylaş: |