2-mavzu – axloqiy tarbiyaning mazmuni va mohiyati reja: Axloqiy tarbiyaning tarixiy ildizlari


Esda saqlab qolish uchun zarur bo‘lgan tushunchalar



Yüklə 200,82 Kb.
səhifə7/7
tarix21.12.2023
ölçüsü200,82 Kb.
#188824
1   2   3   4   5   6   7
AXLOQIY TARBIYA

Esda saqlab qolish uchun zarur bo‘lgan tushunchalar:
Metod (yunoncha – aynan nimagadir yo‘l) – maqsadga erishish yo‘lini bildiradi. Yunoncha so‘z bo‘lib, yo‘l, axloq ma’nolarini bildiradi.
Ma’naviy-axloqiy tarbiya metodlari – ma’naviy-axloqiy tarbiya jarayonini amalga oshirishda qo‘llaniladigan usul va vositalar majmui.
Intizom – ijtimoiy-axloqiy va huquqiy me’yorlariga nisbatan ongli yondashuv, ularga to‘la amal qilish demakdir.
Ongli intizom – shaxs faoliyatining ijtimoiy-axloqiy hamda huquqiy me’yorlar talablari asosida aqliy quvvatga tayangan holda tashkil etish ko‘rsatkichidir.
Axloq normasi – kishilarning xulq, fe’l-atvorlarini tartibga soluvchi axloqiy talablar mezoni demakdir.
Odob - har bir insonning o‘zi bir inson yoki jamoa bilan bo‘lgan muloqotida hamda yurish turishida o‘zini tuga bilishidir.
Xulq - odobning ichki tuyiq ko‘nikmaga aylangan ko‘rinishi.
Axloq - jamiyatda qabul qilingan, jamoatchilik fikri bilan ma’qullangan xulq-odob normalari majmui.
Madaniyat - jamiyatning va unda yashovchi fuqarolarning faoliyati jarayonida foydalangan barcha ijobiy yutuqlar majmuasi.
Ma’naviyat - inson ongini aks ettiruqchi barcha ijobiy, ruhiy, intellektual fazilatlar majmuasi.
Fazilat - alohida shaxs, el, elat, xalq, ulusga taalluqli bo‘lgan ijobiy-axloqiy sifatlar majmui.
Axloqiy tarbiya - O‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan nazariy ma’naviy-axloqiy bilimlar negizida ijtimoiy faoliyatni tashkil etish borasida ko‘nikma va malakalarni hosil qilish, axloqiy sifatlarni qaror toptirishga yo‘naltirilgan murakkab dinamik jarayon.


Mavzularni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
1. “Avesto”da inson tarbiyasiga, insonlarning jamiyatda tutgan o‘rniga munosabat qanday yoritilgan?
2. Hazrat Bahouddin Naqshband ta’lim-tarbiyaning asosi adabdan boshlanishini aytadi. Uning ushbu fikrlarini keltiring.
3. Kaykovus: „Yosh bola ilm bilan adabni tayoq bilan o‘rganur, o‘z ixtiyori bilan o‘rganmas”, - deya ta’kidlaydi. Siz ushbu fikrga qanday qaraysiz.?
4. “Komil inson” tushunchasiga ta’rif bering?
5. Mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy bola tarbiyasini olib borish jarayonida qaysi uslubdan foydalanish maqsadga muvofiqligini ta’kidlaydi?
6. Tarbiya haqidagi mutafakkirlarning hikmatli so‘zlaridan misollar keltiring?
7. “Axloqiy tarbiya“ tushunchasi
8. Axloqiy tarbiya deganda nimani tushundingiz?
9. Ma’naviy qadriyatlarimiz haqida nimalarni bilasiz?
10. Shaxs ma’naviy yuksalishida qadriyatlarning ahamiyati
http://fayllar.org
Yüklə 200,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin