2-Mavzu : Suv sarfini o‘lchash asboblari Elektron va elektromagnit saqlagichlar, rostlagichlar, taqsimlagichlar Reja



Yüklə 245,99 Kb.
səhifə5/5
tarix19.06.2023
ölçüsü245,99 Kb.
#132306
1   2   3   4   5
2-Mavzu Suv sarfini o‘lchash asboblari Elektron va elektromagn

14-rasm. GKF turidagi gaz schyotchigi.
o‘lchash uchun diafragmali,
kameralar richag 6 orqali klapanlar 3-4 bilan bog‘langan bo‘lib, yuqorigi klapanlar berkilganda gaz I kameraga, pastki klapanlar bekilganda II kameraga o‘tadi. Gaz I kameraga kirganda uning bosim kuchi diafragmani o‘ng tomonga suradi, II kamera toraya boshlaydi va undagi gaz miqdori bir porsiya bo‘lib, teshik 5 orqali sarfga o‘tadi. Diafragma o‘ngga surilib ma'lum oraliqda kelganda, richag 6 pastki klapanlarni berkitadi. Endi gaz II kameraga yig‘iladi va diafragmani chapga surib I kameradagi gazni teshik 5 orqali sarfga chiqaradi Diafragma ma'lum oraliqqa surilganda richag 6 endi yuqorigi klapanlarni yopadi, gaz kameraga yig‘iladi. Shunday qilib, kameralardan teng mikdordagi gaz porsiyalari ma'lum sikl bo‘yicha sarfga chiqib turadi. Richagning har bir sikldagi harakati schyotchik 7 siferblatining shkalasida hisoblanib turadi.

15-rasm. Rotatsion schyotchik sexemasi.
Rotatsion schyotchik (15-rasm), ko‘p miqdordagi gaz hajmini o‘lchashga mo‘ljallangan. Bu asbobda o‘lchov 8 raqami ko‘ri- nishidagi ikkita rotor I yordamida bajariladi. Bu rotorlar g‘ilof 2 ichida aylanadi. Schyotchikka gaz turli filtrning kirish tarmog‘i orqali keladi. Rotorlar schyotchik kirishi va chiqishidagi bosimlar farqi hisobiga aylanadi. Rotorlardan biri asbobdan o‘tgan gaz hajmini ko‘rsatuvchi hisoblash mexanizmi bilan bog‘langan. Schyotchikning o‘lchash hajmi g‘ilof devori va rotorlar orasidagi kamera orqali aniqlanadi.
Rotatsion schyotchiklar 40...40 000 m3/soat sarfni o‘lchashga mo‘ljallab chiqariladi. Ish bosimlari: 0,1: 0,6: 1,6 va 6,4 MPa. Shartli o‘tish diametrlari 50... 1200 mm. Asboblarning aniqlik sinfi 1 va 1,5. Schyotchik o‘rnatilishdagi bosim sarfi (yo‘qotilishi) 35...40 mm suv, ust. dan oshmaydi.
Suyuqlik miqdorini o‘lchaydigan tezlik schyotchiklari harakat- dagi oqimning o‘rtacha tezligini o‘lchash prinsnpiga asoslangan.
Suyuqlik miqdori oqim harakati tezligi bilan quyidagi nisbat orqali bog‘langan:
Q = Vort • S (37)
bu yerda Q - hajmiy sarf m3/ s; v- oqimning o‘rtacha tezligi, m/s; S - oqimning ko‘ndalang kesim yuzi, m2.

Oqim yo‘liga o‘rnatilgan parraklarning aylanish soniga qarab asbobdan o‘tgan suyuqlik miqdorini aniqlash mumkin. Parraklar aylanishining tezligi oqim tezligiga proporsionaldir

Parraklarning shakliga ko‘ra tezlik schyotchiklari ikki guruhga bo‘linadi: spiralsimon va qanotli.


Spiralsimon parraklar o‘lchanayotgan oqimga nisbatan parallel, qanotli parraklar esa oqim o‘qiga perpendikulyar joylashadi. Spiralsimon parrakli tezlik schyotchiklari ko‘p miqdordagi suv sarfini o‘lchashda ishlatiladi. 16-rasmda spiralsimon (gorizontal) parrakli (suv o‘lchagich) schyotchik ko‘rsatilgan. Suyuqlik oqimi asbobning korpusi 1 ga kelib, sharra to‘g‘rilagich 5 orqali ko‘p kirimli vint shaklida ishlangan parrak kurakchalari 2 ga yo‘naladi. Parrakning aylanishi chervyakli juft 6 va uzatish mexanizmi 3 orqali schyotchik 4 ga uzatiladi.

16-rasm. Spiralsimon parrakli suyuqli o‘lchash asbobi

Bu schyotchiklar 50...200 mm shartli o‘tishga mo‘ljallanib, sarfini 70... 1700 m3/srat va ±2...3% xato bilan o‘lchaydi. Muhitning bosimi 0,98 MPa (10 kgk/sm2) dan oshmasligi kerak.








Yüklə 245,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin