2-mavzu. 2-mavzu. Qadimgi dunyo iqtisodiy ta'limotlari va feodal jamiyati va uning yemirilishi davridagi iqtisodiy qarashlar



Yüklə 177,19 Kb.
səhifə6/6
tarix16.12.2023
ölçüsü177,19 Kb.
#183748
1   2   3   4   5   6
2-MAVZU. QADIMGI DUNYO IQTISODIY TA\'LIMOTLARI VA FEODAL JAMIYATI VA UNING YEMIRILISHI DAVRIDAGI IQTISODIY QARASHLAR

O`rta asr utopiyalari

Kapitalistik munosabatlarning shakllanish davrini manufaktura ishlab chiqarishi va dastlabki kapital jamg`arilishi bilan bog`lash mumkin, bu davr XIV-XV asrlarni o`z ichiga oladi, ya'ni yer egaligi susayishi bilan bog`liq.


Kapitalistik munosabatlarning shakllanishi dastlabki kapitalning jamg`arilishi jarayoni bilan bog`liq. Adam Smitning fikricha, ko`p sonli ishlab chiqarish tarmoqlarining o`zaro bog`lanish yo`li bilan rivojida mehnat unumdorligi o`sishining sharti dastlabki kapital jamg`arilishidir. Bu jarayon obyektiv, oddiy bir voqea sifatida ta'riflanadi. To`g`ri, bu jarayon real tarixiy voqeadir, ammo u amalda beshafqat sinfiy kurash, aholining bir qismini iqtisodiy va ijtimoiy ezish, zo`rlik va aldov bilan bog`liq bo`ldi. Bu jarayon davomida obyektiv tarixiy qonuniyat o`ziga yo`l ochdi, natijada ishlab chiqarish nisbatan o`sdi, sanoat va savdo shaharlari ko`paydi, fan va texnika rivoj topdi. Bu uyg`onish davri bo`lib, ming yillik turg`unlikdan so`ng iqtisodiyot madaniyat va san'atning ravnaqiga olib keldi.
Eski feodal munosabatlar yemirilib, yangi burjua-kapitalistik munosabatlar tug`ila boshladi, bu esa osonlik bilan bo`lmadi. Ayniqsa, dehqonlarning o`z yerlaridan siqib chiqarilishi, mustamlakachilik, iqtisodiy ekspansiya, urushlar oddiy xalqqa katta ofat keltirdi. Oqibatda kapitalizmning shakllanishi bilan uni tanqid qilish ham boshlanadi, buni ilk sotsial-utopistlar Tomas Mor (1478-1535) va Tommazo Kampanella (1568-1639) amalga oshirdi.
Ideal (fozil) jamiyat to`g`risidagi avvalgi g`oyalar dastlabki sotsialistik konsepsiyalar bilan davom ettiriladi.
T. Mor "Utopiya" (lot. yo`q joy) (1516) asarida Angliyada dastlabki kapitalning jamg`arilishi jarayonida dehqonlarning ommaviy qashshoqlanishi jarayonini aks ettirgan. T.Mor gumanist, davlat arbobi va yozuvchi bo`lgan (1529-32 yillarda Angliya kansleri). U Uyg`onish davrining atoqli arbobi Erazm Rotterdamskiyning do`sti edi. Katolik bo`lgan. qirolni ingliz cherkovining Oliy boshlig`i deb qasamyod qilmaganligi uchun T.Mor davlat xoini sifatida hisoblanib, qatl etilgan. Katolik cherkovi tomonidan muqaddaslashtirilgan (1535). U "qo`ylar odamlarni yeb qo`ydi" iborasining muallifidir. Shu davrda dehqonlarni cheklash, ya'ni yerdan siqib chiqarish siyosati amalga oshirildi. Bu jarayon manufaktura, keyinroq esa fabrika rivoji bilan bog`liq edi. Mato to`qish, jun, ayniqsa qo`y juniga bo`lgan ehtiyojni oshirib yubordi. Dastlab botqoq, chakalakzor yerlar o`rab olindi va qo`y boqish uchun yaylovga aylantirildi, keyinchalik dehqonchilik qilinayotgan yerlar ham tortib olinib, dehqonlar - yomenlar sinf sifatida tugatildi. Ular yerdan mahrum qilindi va ko`chaga haydaldi. Bu o`ziga xos agrar inqilob - sanoat to`ntarilishi uchun sabab bo`ldi, lekin millionlab aholi qashshoqlikka mahkum etildi. Shu voqealarni o`z ko`zi bilan ko`rgan T.Mor qayerdaki xususiy mulk hukmron bo`lsa, asosiy boylik bir quchoq odamlar qo`liga to`planadi, degan xulosaga keldi. Yana sotsial ofatning asosi puldir, degan edi u. Xayoliy "utopiya" mamlakatida ijtimoiy mulkchilik (xususiy mulk bo`lmagan), umumiy mehnat bo`lgan, qishloq va shahar o`rtasidagi tafovut yo`q edi, ishlab chiqarish tartibga solingan, ish kuni olti soat bilan cheklangan, pul yo`q qilingan, taqsimot tekis va bosqinchilik urushlari yo`q edi. T.Mor shunday jamiyatni qurish mumkin deb o`ylagan.
Neapol (Italiya) mehnatkashlarining qashshoqligini ko`rgan. U o`zining "Oftob shahri" (1602 y. yozilgan, 1623 yilda chop etilgan) kitobida zolimlarning shohona hayotini tanqid qiladi, u ham T.Mor kabi, bu tengsizlikning asosiy sababi xususiy mulkchilik, deydi. U kelajak jamiyat to`g`risidagi o`z tasavvurini ham beradi, ular T.Morga o`xshash: ijtimoiy mulkchilik mavjud, hammaning mehnat qilishi zarur, mashina mehnati tufayli ish kunlari cheklangan (4 soat), aqliy mehnat jismoniy mehnat bilan almashtirib turiladi, bunda hunarmandchilik, chorvachilik va dehqonchilik bilan nisbatan tekis shug`ullanish shart qilib qo`yiladi, tekis, pulsiz taqsimot amalga oshiriladi. U faylasuf, shoir, siyosiy arbob bo`lgan, keyinchalik esa (1582) rohib bo`lgan. Ispaniya bosqinchilariga qarshi isyon uyushtirgani uchun qamoqqa olingan, 27 yil qamoqda yotib, falsafa, falakiyot, siyosat, tibbiyotga oid o`nlab asarlar yozgan. Uning "Oftob shahri" asari dengizchining hikoyasi shaklida berilgan. Yangi jamiyatda olim kohinlar tabaqasi tomonidan boshqariluvchi ideal jamoa bo`ladi, xususiy mulk va oila bo`lmaydi, bolalar davlat tomonidan tarbiyalanadi, fan va maorif taraqqiy etadi (Galileyni himoya qilgan).
Faylasuflarning bergan bahosiga ko`ra, bu olimlarning jamiyati "xomaki ishlangan" "qo`pol kommunizm"dir. Ular asosan hunarmandchilik va dehqonchilikka asoslangan tenglashtirish xususiyatiga ega. Ammo, shunisiga e'tibor beringki, bu kishilar har jihatdan ta'minlangan, bilimli davlat arbobi bo`lganlar, kommunistik jamiyat g`oyasi K.Marks va F.Engelslarninggina g`oyasi emasligini ham eslatib o`tish zarur. Xayoliy sotsializm to`g`risidagi dastlabki g`oyalar Osiyoda Abu Nasr ibn Muhammad Forobiy (870-950, 2-muallim), Germaniyada Tomas Munser (1420-1525)lar tomonidan ham ilgari surilgan. Injil va qur'oni karimda ham uning elementlari bor. Markaziy Osiyodagi sarbadorlar (boshini dorga tikkanlar) davlati ham shu tamoyillarga asoslangan (Samarqandda Abu Bakr Kalaviy, Mavlonozoda, Xurdaki Buxoriy va boshqalar).
Keyinchalik Abdurahmon Jomiy va A.Navoiy, Xurdaki Buxoriy asarlarida ham bunday g`oyalar bor.

«IQTISODIY TA’LIMOTLAR TARIXI»

Yüklə 177,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin