formulalar bilan hisoblanadi. Ya’ni masala hal bo’ldi.
Shunday qilib, kvadrat tenglamaning haqiqiy yechim-larini aniqlashda:
1. «Tenglamaning haqiqiy yechimlari yo’q» matm
2. «Tenglama karrali yechimga ega,
x=x2
matni va
x1, x2
ning
qiymatlari;
3. «Tenglama ikkita yechimga ega» matni, xx va x2 ning qiymatlari natijalar
bo’ladi.
Algoritmik tillar — algoritmni bir ma’noli tavsiflash
imkonini beradigan
belgilar va qoidalar majmuidir. Har qanday tillardagidek ular ham o’z alifbosi,
sintaksisi va semantikasi bilan aniqlanadi.
Bizga o’rta maktabdan ma’lum bo’lgan (
akademik A. P. Yershov rahbarligida
yaratilgan
) EHMsiz algoritmlashga mo’ljallangan
algoritmik tizim algoritmik
tilning namunasidir. Algoritmik tilga misol sifatida yana algoritmlarni belgili
operatorlar tizimi shaklida tavsiflashni ham ko’rsatish mumkin. Bu tillar odatdagi
tilga o’xshash bo’lib, EHMda bevosita bajarishga mo’ljallanmagan.
Ulardan
maqsad algoritmni bir xil shaklda va tushunarli qilib, tahlil qilishga oson qilib
yozishdir.
Algoritmlarni geometrik tarhlar yordamida tavsiflash ko’rgazmali va, shu
sababli tushunarliroq bo’lgani uchun ko’p qo’llaniladi. Bunda har bir o’ziga xos
operatsiya alohida geometrik shakl (blok) bilan tavsiflanadi va ularning bajarilish
tartibi, ular orasidagi ma’lumotlar uzatilishi va yo’nalishi bloklarni bir-biri bilan
ko’rsatkichli to’g’ri chiziqlar yordamida tutashtirib ko’rsatiladi. Algoritmning
geometrik tarhiga uning bloktarhi (blok-sxemasi) deyiladi.
Bloklarga mos geometrik shakllar, ularning o’lchamlari va ular yordamida
bloktarhlarni chizish qoidalari davlat standartlarida berilgan. 1-jadvalda eng ko’p
ishlatiladigan bloklar shakli va ularning ma’nosi keltirilgan.
Bu davlat
standartlariga ko’ra bloklarni tutashtiruvchi to’g’ri chiziq yozuv tekisligiga vertikal
yoki gorizontal holatda bo’lishi kerak, ya’ni ularni og’ma chiziqlar bilan
tutashtirish taqiqlanadi. Bloklarni bajarish tabiiy yozish tartibida bo’lsa, ya’ni
yuqoridan pastga yoki chapdan o’ngga bo’lsa, tutashtiruvchi chiziq ko’rsatkichsiz
bo’lishi mumkin.
Boshqa barcha hollarda ma’lumot oqimi yo’nalishini ko’rsatuvchi
ko’rsatkich qo’yilishi shart.Blokning tartib soni tutashtiruvchi chiziqdan chapga,
alohida ajratilgan bo’sh joyga qo’yiladi. Chiziqning birlashgan joyi yirikroq nuqta
yordamida ko’rsatiladi. Blokda ko’zda tutilgan operatsiya
uning ichiga yozib
qo’yiladi..
Amalda yechiladigan masalalar va demak, algoritmlar turlari ham juda ko’p
bo’lishiga qaramasdan ular asosan besh xil:
Dostları ilə paylaş: