2-Mavzu. Algoritmlash va dasturlash asoslari reja



Yüklə 230,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix20.11.2023
ölçüsü230,75 Kb.
#161882
  1   2   3   4   5   6   7
Ma\'ruza-2. Algoritmlash (1)



2-Mavzu.Algoritmlash va dasturlash asoslari
REJA:
1. Algoritm tushunchasi.
2. Algoritmning xossalari.
3. Algoritmning turlari.
4. Algoritmning tasvirlash usullari.
Tayanch so’zlar:
Algoritm, diskretlilik, tushunarlilik, aniqlik, ommaviylik,
natijaviylik, 
blok-sxemalar,
tarmoqlanuvchi algoritmlar,
takrorlanuvchi
algoritmlar, siklik algoritmlar.
Hozirgi paytda o’nlik sanoq tizimida arifmetik amallarni bajarish usullari
hisoblash algoritmlariga soddagina misol bo’la oladi xolos. Hozirgi zamon nuqtai
nazaridan algoritm tushunchasi nimani ifodalaydi?Ma’lumki, inson kundalik
turmushida turli-tuman ishlarni bajaradi. Har bir ishni bajarishda esa bir qancha
elementar (mayda) ishlarni ketma-ket amalga oshirishga to’g’ri keladi. Mana shu
ketma-ketlikning o’zi bajariladigan ishning 
algoritmidir

Ammo bu ketma-ketlikka
e’tibor bersak, biz ijro etayotgan elementar ishlar ma’lum qoida bo’yicha
bajarilishi kerak bo’lgan ketma-ketlikdan iborat ekanligini ko’ramiz. Agar
bu ketma-ketlikdagi qoidani buzsak, maqsadga erishmasligimiz mumkin.Masalan,
shaxmat o’yinini boshlashda shohni yura olmaymiz, chunki bu o’yin algoritmida
yurishni boshqa bir shaxmat donalaridan boshlash kerak yoki palov pishirish
algoritmida birinchi navbatda qozonga suv solib ko’ringchi, osh qanday bo’lar
ekan. Berilgan matematik ifodani soddalashtirishda amallarning bajarilish ketma-
ketligiga e’tibor bermaslik noto’g’ri natijaga olib kelishi barchaga ma’lum.
Demak ishni, ya’ni qo’yilgan masalani bajarishga mayda elementar ishlarni
muayyan ketma-ketlikda ijro etish orqali erishiladi.Bundan ko’rinib turibdiki, har
bir ish qandaydir algoritmning bajarilishidan iboratdir.Algoritmni bajaruvchi
algoritm ijrochisidir.Algoritmning ijrochisi masalaning qanday qo’yilishiga e’tibor
bermagan holda natijaga erishishi mumkin. Buning uchun u faqat avvaldan
ma’lum qoida va ko’rsatmalarni qat’iy bajarishi shart. Bu esa algoritmning juda
muhim xususiyatlaridan biridir.



Yüklə 230,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin