«Pokazslaydov» (Slaydlarni ko'rsatish) — «Perexodslayda» (Slaydning o'tishi). Bu buyruqlar bajarilgandan so'ng ekranda quyidagi oyna hosil bo'ladi.
Bu oynada ish yuritish, ya'ni bir slayddan boshqa slaydga o'tish ikki xil usulda olib boriladi:
Sichqoncha tugmasini bosish orqali. Bunda oynaning chap pastki qismidagi
«Prodvijenie» (harakatlanish) darchasidagi «poshelchku» oldiga belgi qo'yiladi.
Avtomatik ravishda (belgilangan vaqtdan keyin). Buning uchun 1-usuldagi ish
takrorlanadi. Faqat «Prodvijenie» (harakatlanish) darchasida «Avtomaticheski posle» oldiga belgi qo'yiladi va uning tagida slaydlaming almashinish daqiqasi kiritiladi.
Shundan so'ng «Primenitkovsem» (Barcha slaydlarga qo'llash) yoki joriy (ish yuritayotgan) faylning slaydlarini almashtirish uchun «Primenit» (qo'llash) buyruqlari tanlanadi.
Namunaviy slaydlar. Namunaviy slaydlar darchasi shrift turlari, o'lchami, slaydlarning asosiy elementini birlashtirish usullarini o'z ichiga oladi. Foydalanuvchi xohishiga qarab namunaviy slaydga taqdimotning qolgan barcha slaydlarida paydo bo'luvchi matn yoki rasm qo'shishi mumkin. Bunda sarlav?alar qo'yish, sana, vaqt hamda slayd raqami maydonlari mavjud. Namunaviy slaydlar darchasiga gorizontal menyu orqali quyidagi buyruqlar orqali o'tiladi va kerakli namunalar tanlanib olinadi:
«Vid»(Ko'rinish) — «Obrazes» (Namuna) — «Obrazes slaydov» (Slaydlar namunasi). Yuqoridagi buyruqlar bajarilsa slaydlar ketma-ketligi ishga tushadi.
Animasiya — bu, ob'yektlar, kameralar, yorug‘lik manbalarining o'zaro joyini almashtirish yoki ularning parametrlarini vaqt bo'yicha o'zgarishiga ega bo'lgan vazifa yoki topshiriqdir. hozirgi paytda kompyuterli grafika vositalarini qo'llashning ushbu sohasi kuchli rivojlanishni boshdan kechirmokda. Animasion grafika o'zida rang tasvir va illyustrativ grafika (mashinaviy tasvirlar, illyustrativ matnlar, chizmalar, eskizlar va boshqalar) bilan ishlay olish imkoniyatiga ega.
Televizorimiz ekranida har kuni tomosha qiladigan reklama kliplari, turli multfilmlarning ko'pchiligi ana shu animasion grafika asosida yaratilgan. Misol uchun Uolt Disney studiyasi tomonidan bundan 50 yil muqaddam yaratilgan «Oqqiz va yetti gnomlar» multfil'mi birinchi animasion tasma bo'lgan. Yoki 1991 yilda ushbu kompaniya tomonidan yaratilgan «Sohibjamol va maxluq» multfilmini ko'pchiligingiz sevib tomosha qilasiz.
Animasion effektlarni qo'llash uchun bichimlash uskunalari panelidagi yul-duzcha tugmachasi bosiladi. Natijada quyidagi «Effekti'animatsii» (Anima-siya effektlari) uskunalar paneli hosil bo'ladi. Ushbu uskunalar panelidagi asosiy elementlar bilan tanishib chiqamiz.
Sarlavha animasiyasi. Bunda animasiya nomi yoziladi.
Kirish effekti. Bu piktogrammaga sichqoncha ko'rsatkichi keltirib bosilgandan so'ng, namoyish ekranida belgilarning chiqish tezliklari hosil bo'ladi. Ya'ni, belgilarning ketma-ket tartibda chiqishi ta'minlanadi.
Uchish effekti. Belgilarning namoyish ekranida ketma-ket uchib tushishini ta'minlaydi.
Kamera effekti. Namoyish slaydining tasvirini ta'minlaydi.
Portlash effekti. Bunda slaydga yozilgan axborotlarning ekranda bir marta hosil bo'lib, yo'qolish holati ta'minlanadi.
Lazerli effekt. Slayddagi yozuvlarning uchish tezligini va turli tomonlardan uchib tushish parametrlarini o'zgartirish piktogrammasidir.
Yozuv mashinkasi animasiyasi. Bunda kiritilgan belgi-lar endi yozilayotgan yozuv mashinkasidagi kabi hosil bo'ladi.
Otib tushirish effekti. Bunda yaratilgan slayddagi belgilar biror tugma bosilgungacha yashirinib turadi.
Animasiyalarni sozlash. Bu piktogramma animaiiyalar parametrlarini o'zgartirish uchun xizmat qiladi.