2 mavzu. Amir Temur davlatining tashkil topishi. Reja



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix01.12.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#170843
1   2   3   4   5   6   7
5 tarix (4)

6-
 
mavzu. Qo‘qon xonligi: hududi, davlat tizimi, ma’muriy tuzilishi, markaziy va 
mahalliy boshqaruv tartiblari. 
 
Reja 
1.
Qo‘qon xonligining tashkil topishi va siyosiy tarixi. 
2.
Qo‘qon xonligining xududi, ma’muriy tuzilishi va aholisi 
3.
Qo‘qon xonligida davlat tizimi. Mansablar va unvonlar. 
Tayanch so‘z va iboralar. 
Farg‘ona vodiysi, Qo‘qon, ming urug‘i, 
otaliq,beklarbegi ,biy, devonbegi,parvonachi, dodxoh, oftobachi, sarkor, qushbegi 
XVIII
asrning boshlarida Farg‘ona vodiysida shakllangan yangi davlat – Qo‘qon 
xonligiga mahalliy aholi vakillari bo‘lgan ming urug‘i asos soldi. CHunonchi, XVII 
asrning oxiri – XVIII asr boshlarida ashtarxoniylarning siyosiy va ijtimoiy hayotida 
yuz bergan tushkunlik, Farg‘ona vodiysi iqtisodiy mustaqilligining o‘sishi hamda 1704 
yilda CHodak xo‘jalarining isyon ko‘tarib, Farg‘onaning bir qismini egallashi bunga 
shart-sharoit yaratib berdi. Ammo, Farg‘onaning shimoli va shimoli – g‘arbidagi Koson, 
Asht, CHodak hududlari xo‘jalar qo‘l ostida bo‘lsa – da, ular mustaqil davlatga asos sola 
olmadilar. 


SHohruhbiyning o‘g‘li va vorisi Muhammad Abdurahimbiy (1721-1733 yy.) taxtga 
o‘tirganidan so‘ng minglar tasarrufidagi erlar yana kengaya boshladi. Abdurahimbiy 
1724 yilda Andijonni, 1725 yilda Xo‘jandni, 1726 yilda O‘ratepani bosib olib, xonlik 
hududlariga qo‘shib oldi. U qisqa muddat bo‘lsa-da Buxoroga qarashli Samarqand va 
Kattaqo‘rg‘onni egallab, SHahrisabzga ham tahdid solgan. Abdurahimbiy Qo‘qon 
(Xo‘qand) qishlog‘i o‘rni va atrofida yangi shaharga (dastlab Qal’ai Rahimbiy deb 
nomlangan, keyin esa Qo‘qon) asos soladi va bu shahar xonlikning poytaxtiga aylanadi. 
1733-1750 yillarda hukmronlik qilgan Muhammad Abdulkarimbiy ibn 
SHohruhbiy asosiy etiborini mudofaa ishlariga qaratdi. U xonlikning poytaxti Qo‘qonda 
Isfara, Qatag‘on, Marg‘ilon, Haydarbek nomli darvozalar qurdirib, shahar atrofini 
mustahkam devor bilan o‘ratib oldi. SHu bilan birga u 1741-1745 yillardagi qalmoqlar 
(jung‘orlar) ning Farg‘onaga qilgan hujumlariga zarba berdi. Abdulkarimbiy 
qalmoqlarga qarshi kurashda qirg‘iz-qipchoqlar va O‘ratepa hokimi Fozilbiy yuz 
yordamiga tayandi hamda xonlik mustaqilligini saqlab qoldi. 
Abdulkarimbiy 1750 yilda vafot etganidan so‘ng xonlik taxtiga uning o‘g‘li 
Abdurahmon o‘tirdi. Ammo, u taxtga to‘qqiz oy o‘tirib, so‘ng Marg‘ilonga hokim etib 
jo‘natildi hamda taxtga Abdurahimbiyning ikkinchi o‘g‘li Erdonabiy o‘tirdi. 1753 yilda 
qalmoqlarning tazyiqi va talabi bilan ularning qo‘lida garov sifatida o‘shalab turilgan 
Bobobek xonlik taxtiga ko‘tarildi. Lekin, oradan bir yil ham o‘tmay O‘ratepa yurishi 
vaqtida Bobobek Beshariqda o‘ldirildi hamda Erdonabiy (1755-1769 yy.) qayta Qo‘qon 
taxtini egalladi. Xitoylik geograflarning ma’lumotlariga ko‘ra, uning hukmronligi 
davrida, 1759-1760 yillarda Farg‘ona to‘rtta mulk: Andijon, Namangan, Marg‘ilon va 
Qo‘qonga bo‘lingan bo‘lib, ular ichida Qo‘qon etakchilik qilgan. Erdonabiydan so‘ng 
taxtga SHohruhbiyning uchinchi o‘g‘li SHodibekning farzandi Sulaymonbek o‘tiradi. 
Uning taxni egallashida urug‘ oqsoqollarining ko‘magi katta bo‘lgan bo‘lsada u atigi 6 
oy hukmdorlik qildi. 
1770 yilda Qo‘qon taxtiga Abdurahmonbiyning o‘g‘li Norbo‘tabiy (1770-1801 
yy.) o‘tiradi. Norbutabiy Markaziy hikimiyatni mustahkamlashda, bo‘ysunmas 
hokimlar qarshiligini bostirishda nisbatan muvaffaqiyat qozonadi. U CHust va 
Namangandagi g‘alayonlarni bostirganidan so‘ng, bu shaharlarga o‘z odamlarini hokim 
etib tayinlaydi. Norbutabiy bir qancha urinishlardan so‘ng Andijon, O‘sh, Xo‘jand va 
yaqin atrofdagi qo‘shni hududlarni bosib oladi. U 1799 yilda Toshkentni ham bosib 
olishga harakat qildi, ammo, uning yuborgan qo‘shinlari mag‘lubiyatga uchradi. 
Norbutabiydan so‘ng uning o‘g‘li Olimxon (1801-1810 yy.) taxtga o‘tirib, 
Qo‘qon xonligining siyosiy qudratini mustahkamlash, mamlakat hududlarini 
kengaytirishga alohida e’tibor berdi. Natijada Qo‘qon xonligining siyosiy mavqei oshib 
bordi. Olimxon davriga kelib Qo‘qon xonligidagi davlat boshqaruvi oldingi 


davlatlar boshqaruv tizimidan deyarli farq qilmas edi. Uning davrida Qo‘qon davlati 
kuchayib borishi bilan davlatning siyosiy maqomi ham o‘zgaradi. Agar Qo‘qonning 
dastlabki hukmdorlari “biy” va “bek” unvoni bilan mamlakatni idora qilgan bo‘lsalar, 
Olimxon davridan boshlab (1805 yil) hukmdorlar rasman “xon” deb yuritila boshlandi. 
O‘z davrida Olimxon harbiy yurishlar qilib o‘ziga yangi viloyatlarni , jumladan 
Ohangaron vohasi, Toshkent, CHimkent, Turkistonni bo‘ysundirishga muvaffaq bo‘ldi. 
Qisqa muddat O‘ratepani ham egalladi, Jizzax va Zominga yurishlar qildi. Harbiy 
islohatlar o‘tkazib, markazlashgan va kuchli davlat tuzish uchun harakat qilayotgan 
Olimxonning siyosatidan norozi bo‘lgan ayrim zodagonlar guruhi unga qarshi fitna 
tayyorlay boshladilar. Olimxon o‘z hokimiyatini mustahkamlash maqsadida ukasi 
Rustambekni, bir nechta sarkardalarni, din peshvolarini o‘ldirtirib yuboradi. 
Manbalarning ma’lumot berishicha, bu voqealardan so‘ng kuchayib ketgan fitnachilarga 
Olimxonning ukasi Umarbek boshchilik qilgan. Natijada, 1810 yilda Olimxon 
Toshkentdan Qo‘qonga qaytayotganda, Oltiqush mavzesida o‘g‘li SHohruhbek bilan 
birga Qambar Mirza tomonidan otib o‘ldiriladi. 
Manbalarga ko‘ra, Umarxon (1810-1822 yy.) hukmdorligi davrida yirik er 
egalari, harbiy sarkardalar va ruhoniylarning mavqei yanada oshadi. U davlat 
boshqaruvi ishlarida izchil tartib, qonun – qoidalar o‘rnatdi va diniy ishlarni tartibga 
soldi. Natijada, 1818 yilda Umarxon ruhoniylarnng roziligi bilan “amir al-muslimin” 
unvonini olib ham diniy, ham dunyoviy hokimiyatga ega bo‘ladi. 
Muhammad Hakimxon ma’lumotlariga ko‘ra, Umarxon davrida Amir Temur va 
Sulton Husayn Boyqaro zamoniga taqlidan unvon va lavozimlar joriy etilib, ularga 
hokimiyatga yaqin shaxslar tayinlanadi. SHuningdek, Olimxon zulmidan qochib ketgan 
ayrim amaldorlar Umarxon xizmatiga qaytib kelib, lavozimlarni egallaydilar. 
Manbalarning guvohlik berishiga qaraganda, Qo‘qon xonligining O‘rta Osiyo 
mintaqasidagi siyosiy jarayonlar va o‘zaro munosabatlarga faol aralashuvi ham 
Umarxon davridan boshlanadi. O‘z darvida Umarxonning elchilari Xiva, Xitoy va 
Turkiya davlatlariga jo‘natilganligi ma’lum. 
1822 yilda Umarxon kasallanib vafot etganidan so‘ng taxtga uning o‘g‘li 
Muhammadalixon (Madalixon) (1822-1842 yy.) o‘tiradi. Uning hukmronligi davrida 
Qo‘qon honligining hududi yanada kengayib, qirg‘izlarning ba’zi tumanlari xonlikka 
qo‘shib olinadi hamda Ko‘lob, Hisor, Badaxshon, Darvoz, Maschoh kabi viloyatlar 
Muhammadalixon hukmronligini tan oladilar. 
Manbalarga ko‘ra, Muhammadalixon hukmronligining dastlabki yillari yaxshi 
va odilona kechgan. U 1826-1831 yillar davomida Qashg‘arga yurishlar qilib, bu erdagi 
musulmonlarni xitoyliklar zulmidan ozod qildi hamda 70 ming uyg‘ur musulmonlarini 
Andijon viloyatiga ko‘chirib keltirdi. Natijada din peshvorlari Muhammadalixonga 
“G‘oziy” (“din homiysi”, “din yo‘lida kurashuvchi”) unvonini berdilar. 


1840 yilda Muhammadalixonning bosh maslahatchisi, davlatni boshqaruv ishlarida 
katta tajribaga ega bo‘lgan Haqquli mingboshining tuhmatga uchrab xon tomonidan qatl 
etilishi shusiz ham qaltis bo‘lib turgan vaziyatni yanada keskinlashtirib yubordi. Undan 
tashqari xon davlat ishlariga loqayd bo‘lib, asosiy vaqtini haramida o‘tkaza boshladi. 
Natijada davlatni boshqaruv ishlarida suiste’molliklardan umumiy noroziliklar 
boshlanib, xonni ag‘darish uchun fitna tayyorlana boshladi. 
Lekin o‘z kuchlari bilan fitnani amalga oshirishga ko‘zi etmagan bir guruh Qo‘qon 
amaldorlari boshqa xon saylash maqsadida Buxoro amiri Nasrulloga noma yozib, undan 
yordam so‘rashdi. Qo‘qon yurishi uchun bahona topolmay turgan Amir Nasrullo bu 
taklifni tezda qabul qilib, 1842 yil aprelda Qo‘qonni bosib oldi. Qo‘qondan oilasi bilan 
Namangan tomonga qochgan Muhammadalixon tutib keltirilib, oilasining bir qismi bilan 
qatl ettirildi. 
Amir Nasrullo Qo‘qon xonligining Buxoroga qo‘shib olinganligini e’lon qilib, 
Qo‘qonda o‘z noibi Ibrohim dodhoh Mang‘itni qoldiradi. Ammo, Ibroxim dodhohning 
Qo‘qon halqiga o‘tkazgan jabr-zulmi, soliqlarning haddan tashqari oshib ketishi 
natijasida aholi qo‘zg‘olon ko‘tarib, Buxoro hukmronligidan ozod qilish uchun 
qipchoqlarni yordamga taklif etadilar. Qipchoqlar Muhammadalixonning qarindoshi 
SHerali boshchiligida Qo‘qonga kelib, buxoroliklarni tor-mor etdilar hamda SHeralixon 
(1842-1845 yy.) taxtni egalladi. Qipchoqlar esa shu vaqtdan boshlab uzoq vaqt xonlikda 
etakchi mavqega ega bo‘ldilar. 
Qo‘qonda bo‘lgan voqealardan xabar topgan amir Nasrullo 1842 yilning kuzida 
yana Qo‘qonga yurish qildi, ammo bu safar unga omad kulib boqmadi. 
Muhammadalixon davrida yuzboshi bo‘lgan Musulmonquli qipchoq Nasrulloning 
ishonchiga kirib Qo‘qonga keladi va qo‘qonliklarni taslim bo‘lishga ko‘ndirish o‘rniga 
bir tan - bir jon bo‘lib amir Nasrulloga qarshi kurashga chorlaydi. Uning maslahatiga 
ko‘ra Qo‘qonda himoya vositalari kuchaytirildi. Bir oydan ziyodroq Qo‘qonni qamal 
qilgan amir Nasrullo o‘ziga qarshi suiqasd uyushtirilayotligi hamda xivaliklar chegaraga 
joylashgan Buxoro qishloqlariga hujum qilayotganligi haqidagi xabarni olib Buxoroga 
qaytishga majbur bo‘ldi. 
Buxoroliklarning ketishi bilan Qo‘qon xonligida bir muddat tinchlik va 
osoyishtalik hukm surdi. SHeralixon keksa odam bo‘lib oqko‘ngil va muloyim inson 
edi. Uning davrida barcha davlat lavozimlarini qipchoqlar egallab, davlat boshqaruvini 
o‘z qo‘llariga oldilar. Ammo, 1845 yilda Buxoroda bo‘lgan Olimxonning o‘g‘li 
Murodxon (Qo‘qonda 11 kun xon bo‘lgan) amir Nasrulloning yordami bilan Qo‘qonga 
kelib SHeralixonni qatl etadi va taxtni egallaydi. Bu paytda Namanganda bo‘lgan 
mingboshi Musulmonquli bu voqeadan xabardor bo‘lgach SHeralixonning besh 
o‘g‘lidan biri Xudoyorxonni olib Qo‘qonga keladi hamda uni xonlik taxtiga o‘tqazadi 
(1845-1853, 1863, 1865-1875 yy.). 16 yoshga kirgan Xudoyorxonning yoshligidan 
foydalangan Musulmonquli mamlakatni deyarli o‘zi boshqardi. Xudoyorxonning 


birinchi xonligi davrida ikkita kuch – o‘troq aholi va ko‘chmanchi turkiy qabilalar 
o‘rtasida hokimiyat uchun kurash xonlikning asosiy muammosiga aylandi. 
Umuman olgan, XIX asrning o‘rtalariga kelib Qo‘qon xonligidagi siyosiy 
jarayonlar hamda ichki ahvol yanada og‘irlashgan edi. So‘nggi tadqiqotlarga ko‘ra, 
buning sababi birinchidan, o‘troq aholi ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi bo‘lgan 
qipchoqlar hokimiyatni tan olmaganlar. Xonlik hududlaridagi ba’zi viloyat hukmdorlari 
Musulmonqo‘lga qarshi chiqdilar. Ikkinchidan, hokimiyatda yuqori mavqeni egallash 
hamda xonga ta’sir o‘tkazish uchun qipchoqlar orasida ham o‘zaro kurashlar borardi. 
Bu kurashlarda qipchoqlarning qulon urug‘idan bo‘lgan Musulmonquli ham faol 
ishtirok etgan. Uchinchi sabab esa, qipchoqlarning o‘troq aholiga nisbatan yuritgan 
siyosati edi. Qipchoqlar o‘troq aholiga nisbatan bepisandlik nazari bilan qarab, boshqa 
elat va etnik guruhlarni kamsitganlar. To‘rtinchidan esa, tashqi omil – Rossiya 
imperiyasining asta-sekinlik bilan xonlik hududlariga bostirib kirishi siyosiy 
jarayonlarning yanada keskinlashuviga sabab bo‘lgan edi. 
1852 yilga kelib, Musulmonquli va qipchoqlarga qarshi kurash uchun o‘troq 
mulkdorlar va toshkentlik zodagonlar Xudoyorxon atrofida birlashdilar. Bu kuchlar 
yordamida Xudoyorxon Musulmonqulini 1853 yilda qatl etib, uning tarafdorlarini yo‘q 
qilgani bilan taxt uchun kurashlarga barham bera olmadi. Bunday vaziyatda xonlikning 
ichki ahvoli og‘irlashib, u faol tashqi siyosatdan ham ancha orqada qoldi. 1858 yilda 
SHeralixonning ikkinchi xotinidan bo‘lgan o‘g‘li Mallaxon Xudoyorxonni taxtdan 
ag‘darib, o‘zini xon deb e’lon qildi. Mallaxon va Aliquli qirg‘iz boshchiligida yangidan 
tiklangan ko‘chmanchilar guruhi uzoq hukm surmadi. Aynan shu guruh a’zolari 
Mallaxonga qarshi til biriktirib, 1863 yil 25 fevralda uni o‘ldirdilar. Taxtga esa 
Xudoyorxonning akasi Sarimsoqbekning o‘g‘li SHohmurod o‘tqazildi. Lekin, qo‘shin 
boshliqlari va saroydagi ko‘pchilik amaldorlar unga qarshi fitna uyushtirib, 
Xudoyorxonga yana taxtga o‘tirishni taklif etib, odam yuboradilar. 
Bu payda Mallaxon o‘limini eshitgan Xudoyorxon Amir Muzaffarning ruxsati 
bilan Buxorodan Jizzaxga kelgan edi. Turkiston hokimi Qanoatshoh yordamida qo‘shin 
yig‘ib, 1863 yilning mart oyida Jizzaxdan Toshkentga kelgan Xudoyorxon Qo‘qonga 
qarshi yurish uchun Toshkent qo‘shini bilan Xo‘jandga keladi. Bu orada amir Muzaffar 
ham Buxoro lashkari bilan Xo‘jandga keladi. Xudoyorxon Qo‘qonga hujum qilishni 
rejalashtirayotga paytda, ya’ni, 1863 yilning 5 mayida shahar aholisi unga shimoliy 
darvozalarni ochib berdilar. Natijada Qo‘qonda qirg‘in boshlanib, SHohmurodxon o‘z 
tarafdorlari bilan Marg‘ilonga qochdi. Xudoyorxon ikkinchi marta (1863 y.) taxtni 
qo‘lga kiritdi. 
Ammo, xonlikdagi qirg‘iz-qipchoqlar Koson va CHust atroflarida qo‘zg‘olon 
ko‘tardilar va To‘raqo‘rg‘onga hujum qildilar. Ular, hatto Toshkent atroflaridagi qabila 
boshliqlariga noma yuborib madad berishni so‘radilar. Oqibatda Toshkent atrofida 
qozoqlar qo‘zg‘olon ko‘tarib, Toshkentni qamal qildilar. Xudoyorxon tomonidan 


yuborilgan qo‘shinlar bu isyonlarni bostirishga muvaffaq bo‘ldilar. Ammo, 
mag‘lubiyatga uchragan qirg‘iz-qipchoq boshliqlari taxt uchun kurashni davom 
ettirdilar. Xususan, SHodmonxo‘ja, Said Mahmudxonto‘ra, Aliqulilar Sulton Saidxon 
boshchiligida Marg‘ilon tomondan kelib Andijonni bosib oldilar va uning atroflaridagi 
Baliqchi, Quva, Asaka, SHahrixon, O‘sh, Poytug‘ mavzelarini talon-taroj qildilar. 1863 
yil 26 aprelda Sulton Saidxonning qo‘shini Mingtutga kelib, Qo‘qonni qamal qildi. Amir 
Muzaffarning Xudoyorxonga yordami tufayli qirg‘iz-qipchoq lashkari Asaka tomonga 
ketib, Qo‘rag‘ulcha darasida himoyaga o‘tdi. Qattiq kurashlardan so‘ng 1863 yilning 
24 iyulida Sulton Saidxon Qo‘qon taxtini (1863-1865 yy.) egalladi. Xudoyorxon esa 
yana Buxoroga qochdi. 
Xonlikdagi ichki nizolar tashqi dushmanlarga nihoyatda qo‘l kelgan edi. Bunday 
vaziyatdan unumli foydalangan chor Rossiyasi qo‘shinlari 1864 yilda Turkiston va 
CHimkentni bosib oldi. 1865 yil bahorida ular Toshkentga yaqinlashib, Niyozbek 
qal’asini egalladilar. Uzoq qamaldan so‘ng 17 iyunda Toshkent egallandi. 
Qo‘qondagi sarosimaliklardan foydalangan Xudoyorxon 1865 yilning yozida amir 
qo‘shinlari yordamida so‘ngi marta Qo‘qon taxtini qo‘lga kiritdi. SHundan so‘ng u 
amirning talablariga boshqa itoat etmay qo‘ydi. Xudoyorxon 1867 yil yanvar oyida 
Rossiya bilan savdo bitimini, 1868 yil 13 fevralda Qo‘qon va Rossiya shartnomasini 
imzoladi. Xudoyorxon 1868-1873 yillar oralig‘ida Rossiya bilan munosabatlarini 
yaxshilash maqsadida Toshkentga ko‘plab sovg‘a- salomlar yubordi. SHuningdek, 
Rossiya savdogarlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berdi. Natijada Qo‘qon xonligi 
amalda Rossiyaning vassaliga aylanib qoldi. 
Xonlik hududida hukm surgan nisbiy osoyishtalik 1873 yilgacha davom etgan 
bo‘lsa ham, hukmdor, uning yaqinlari va mahalliy hokimlarning jabr-zulmi hamda 
qirg‘iz-qipqoqlarning qayta bosh ko‘tarishi natijasida bu erlarda o‘zaro nizolar, xalq 
chiqishlari boshlandi. Hususan, 1873 yilda Po‘latxon (asli ismi Mulla Ishoq Hasan 
o‘g‘li) qirg‘izlar tomonidan xon qilib ko‘tarilib, u boshchiligida qo‘zg‘olon ko‘tarildi. 
Saroydagi nufuzli amaldorlardan biri Abdurahmon oftobachi Xudoyorxonni taxtdan 
ag‘darish va uning o‘g‘li Sayid Nasriddinbekni xon taxtiga o‘tqazish maqsadida 
Po‘latxon bilan til biriktirdi va O‘rdada isyon ko‘tardi. Sayid Nasriddinbek Abdurahmon 
oftobachi ko‘magida xon deb (1875-1876yy.) e’lon qilindi. Xudoyorxon Nasriddinbek 
foydasiga taxtdan voz kechib, avval, Xo‘jandga, undan Toshkentga qochdi. 
Ma’muriy–hududiy tuzilishi va aholisi. XVIII asr oxirlarida xonlikning hududi 
faqat Farg‘ona vodiysidan iborat bo‘lib, bu davrda Norbo‘tabiy vodiydagi barcha beklik 
va viloyatlarni o‘z itoatiga kirgizib, ularni Qo‘qonga bo‘ysundirdi. Uning davrida 
Andijon va Marg‘ilon viloyatlari vodiydagi eng katta mulklar edi. Olimxon davrida 
xonlik hududlari Toshkent va uning atrofidagi erlar hisobidan ancha kengaydi. Tarixiy 
manbalarda Toshkent mulki - viloyat, shahar, Toshkent va Dashti Qipchoq 


viloyati nomlari bilan tilga olinadi. Uning hududlariga Ohangaron, CHinoz, Toshkent 
atrofi, Sirdaryo bo‘ylaridagi Turkiston shahri va uning atroflari kirgan. Bu mulkning 
hokimlari manba va hujjatlarda hokim, hukmdor, voliy, noib atamalari bilan tilga 
olinadi. Umarxon davrida Xo‘jand, O‘ratepa va Jizzax atrofidagi erlarga ham ketma- ket 
yurishlar qilinib, 1817 yilda O‘ratepa bosib olinadi. 
Muhammadalixon davrida xonlikning hududlari yanada kengayadi. Bu davrda 
xonlik shimolda Rossiyaga qarashli Tashqi Sibir okrugi bilan, g‘arbda Xiva va Buxoro 
amirligi bilan, janubda Qorategin, Darvoz va undan uzoqroqdagi erlar – SHug‘non, 
Ro‘shon va Vaxon (bu hudud Qo‘qonga nomigagiga qaram bo‘lgan) Ko‘lob bilan, Sharq 
da Qashg‘ar bilan chegaralangan. Xonlik erlariga Sirdaryo bilan Qorategin O‘rtasida 
joylashgan Farg‘ona hududlari, Sirdaryoning o‘ng qirg‘og‘ida joylashgan Namangan, 
Xo‘jand va boshqa shaharlar, Buxoro amirligi va Qo‘qon xonligi o‘rtasida joylashgan 
Qurama viloyati, Turkiston, Sirdaryoning quyi oqimidagi to Balxash ko‘ligacha bo‘lgan 
qirg‘izlar yashaydigan erlar, ko‘chmanchi qirg‘izlar yashaydigan Billur tog‘ining Sharq 
iy etaklari, 1830 yildan boshlab g‘arbiy etaklari ham kirgan. 
XIX
asr manbalarida Qo‘qon xonligi beklik, ba’zan viloyat va sarkorlik sifatida 
tilga olingan ma’muriy – hududiy qismlarga bo‘lingan hamda ularni xon tomonidan 
tayinlanadigan beklar, hokimlar va sarkorlar boshqargan. Ayrim manbalar (A. Kun) 
Qo‘qon xonligidagi 15 ta beklikning nomini keltiradi. Bular: Qo‘qon va uning atrofi, 
Marg‘ilon, SHahrixon, Andijon, Namangan, So‘x, Mahram, Buloqboshi, Aravon, 
Baliqchi, CHortoq, Navkat, Koson, CHust va Bobo darhon. “Turkestanskie vedomosti” 
(1876, №13) to‘plamida esa Asaka, Marg‘ilon, Baliqchi O‘sh, So‘x, Koson va O‘zgan 
sarkorlik sifatida ham tilga olinadi. 
Hokimlar va hududiy bo‘linma boshliqlari xon oilasi a’zolari, unga yaqin 
guruhlar, yuqori tabaqa vakillari hamda etakchi qabilalar sardorlari orasidan 
tayinlangan. Misol uchun, Xudoyorxon davrida ettita beklik xonning o‘g‘illari va yaqin 
qarishdoshlari tomonidan boshqarilgan. O‘z navbatida hokimlar viloyat hududlarini 
o‘zlarining farzandlari va qarindoshlariga bo‘lib berganlar. Qo‘qon xonligining 
ma’muriy-hududiy boshqaruv tizimida bek (hokim, voliy) va uning o‘rdasi alohida o‘rin 
egallagan. Xon tomonidan tayinlangan hokim va qozi ko‘plab vakolatlarga ega bo‘lgan. 
Bek o‘rdasida ham xon saroyidagidek yuzlab amal va unvonlar joriy etilgan 
bo‘lib, ular mahalliy aholidan yig‘iladigan soliq hamda to‘lovlar hisobidan kun 
kechirishgan. Beklar xonning itoatkor vassallari bo‘lib, mamlakatni idora etishida uni 
qo‘llab-quvvatlashlari, zarur bo‘lganda unga yordam berishlari, uning hurmat-izzatini 
joyiga qo‘yishlari, kerakli vaqtda o‘z qo‘shinlari bilan harbiy yurishlarda ishtiroq 
etishlari va sovg‘a-salomlar yuborib turishlari lozim bo‘lgan. 
Qo‘qon honligida Qo‘qon, Toshkent, Andijon, Namangan, Marg‘ilon, CHimkent, 
Jizzax, O‘sh, Xo‘jand, O‘ratepa kabi aholisining soni jihatidan katta, 


hunarmandchilik va savdo rivojlangan, mamlakat ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy 
hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan o‘nlab shaharlar mavjud bo‘lgan. Xonlikning 
poytaxti Qo‘qon shahri bo‘lib, u mamlakatning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy 
markazi edi. 
XIX asrda xonlikning chegara hududlarini bir necha qal’a va istehkomlar 
muhofaza qilgan. Ular jumlasiga Oqmasjid, Avliyoota, Pishpak, To‘qmoq, Qurtka, 
Niyozbek, Mahram kabilarni kiritish mumkin. CHu vodiysi bo‘ylab bunyod etilgan 
istehkomlar esa nafaqat chegara muhofazasi uchun, balki ularning atrofidagi shahar va 
qishloqlarni itoatda ushlab turish uchun ham hizmat qilgan. Ushbu shahar va qal’alarda 
harbiy qism hamda ularga boshliq bo‘lgan botirboshilar bo‘lgan. Mudofaa maqsadlari 
uchun qurol va aslahalar saqlangan. 
Xonlik tarkibiga kiruvchi hududlar aholisining joylashuvi va turmush tarzi bir – 
biridan farq qilgan. Toshkent vohasi va Farg‘ona vodiysining sug‘orilib dehqonchilik 
qilinadigan qismi aholi joylashuvi jihatidan zich bo‘lib, ular o‘troq hayot kechirganlar. 
Sahro, tog‘ va tog‘ oldi tekisliklaridan iborat hududlarda ko‘chmanchi va yarim 
ko‘chmanchi aholi yashagan. 
Xonlikdagi aholi soni haqida manbalar turli ma’lumotlar beradilar. Bu 
ma’lumotlarga ko‘ra, XIX asrning boshlarida xonlikda (Toshkent va Turkistonni ham 
qo‘shib hisoblaganda) aholi soni 1 million, XIX asrning o‘rtalarida 1,5-2 million, XIX 
asrning ikkinchi yarmida 3 million kishi bo‘lgan bo‘lsa, Rossiya imperiyasi tomonidan 
ko‘plab hududlarning bosib olinishi hamda ularning bosqinchilar ma’muriyati tarkibiga 
kirishi natijasida xonlik tasarrufidagi Farg‘ona vodiysida 2 millionga yaqin aholi qolgani 
taxmin qilinadi. 
Aholi tarkibida o‘troq aholi ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi aholiga nisbatan 
ko‘pchilikni tashkil etgan. XIX asr boshlarida aholining 40 foizdan ortig‘i ko‘chmanchi 
va yarim ko‘chmanchi bo‘lsa, shu asrning oxiriga kelib ular 15 foizni tashkil etgan. 
Xo‘jalik mashg‘ulotlariga ko‘ra, o‘troq aholining asosiy qismi dehqonchilik, 
hunarmandchilik, kosiblik hamda savdo-sotiq bilan band bo‘lsa, ko‘chmanchi va yarim 
ko‘chmanchi aholi chorvachilik bilan shug‘ullangan. 
Davlat boshqaruvi. Mansablar va unvonlar. O‘zbeklarning ming qabilasi (urug‘i) 
boshliqlaridan biri SHohruhbiy asos solgan Qo‘qon xonligidagi davlat boshqaruv tizimi 
o‘rta asrlarda Movarounnahrda hukm surgan musulmon davlatlari boshqaruv tizimidan 
farq qilmas edi. Xonlikda Buxoro amirligida bo‘lgani kabi Amir Temur davrida 
shakllangan hamda SHayboniylar davrida qisman islohot qilgan davlat boshqaruvi va 
tizimi mavjud bo‘lgan. Xonlikda eng oliy va markaziy unvon xon unvoni bo‘lib, uning 
hukumati cheklanmagan. Farmon berish va uning bajarilishini nazorat etish salohiyatlari 
xonning qo‘lida bo‘lgan. 
Xonlikning ming qabilasidan bo‘lgan hokimlar turli yillarda SHahrisabz, Urgut, 
Mog‘iyon, Urmitan viloyatlari va bekliklarida ham hukm surganlar. Olimxon 


davrigacha (1798y.) ming urug‘i boshliqlari XIX asrning boshlarida biy unvoni bilan 
hokimiyatni boshqarganlar. Olimxon 1805 yilda o‘zini rasman xon deb e’lon qildi. 
Xon unvoni bilan hokimiyatni boshqargan Umarxon (1810-1822yy.) 1818 yilda o‘zini 
“amir ul-muslimin” deb e’lon qildi. 1822 yilda Muhammad Alixonham hon unvoni bilan 
taxga o‘tirgan. 
Xon avlodlari xonzoda, amirzoda, mirzoda, shahzoda, to‘ra deb atalganlar. 
Xonlikdagi davlat nizomi mutlaq yakka hokimlik bo‘lib, xonning o‘zi cheklanmagan 
hokimiyatga ega bo‘lsa-da, ma’lum tarixiy davrlarda uning salohiyati va hokimiyati 
cheklanib, saroy amaldorlari hamda qo‘shin boshliqlarining xonga ta’siri kuchli bo‘lgan. 
Bunga Musulmonqulining mingboshi va otaliq bo‘lgan davrini (Xudoyorxon davrida, 
1844-1852yy.) yoki Aliqulining amirlashkarlik va vazirlik davrini (Sulton Sayidxon, 
1863-1865 yy.) misol qilib keltirish mumkin. Bu holat xonning siyosiy kuch qudrati 
ma’lum iqtisodiy asoslarga hamda ma’lum ijtimoiy guruhlar faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan 
deyishga asos bo‘ladi. 
Mamlakatda xon eng katta va yirik mulkdor bo‘lib, xonlik hududidagi barcha 
boyliklarga, er, suv, qo‘riq erlar, ko‘lu anhorlarga egalik qilgan. Ulardan keladigan 
zakot, xiroj, tanobona va boshqa soliqlar shaklidagi daromadlar xon xazinasini 
muntazam ravishda to‘ldirib turgan. Xon va uning qarindoshlari, saroy ahli va 
ma’muriyat, qo‘shinlar va qo‘shin boshliqlari asosan soliqlar hisobidan 
rag‘batlantirilgan. 
Manbalar ma’lumotlariga ko‘ra, xon saroyida mingboshi boshchilik qiladigan 
Kengash tuzilgan bo‘lib,bu kengash saroydagi davlat ahamiyatiga molik muhim ishlarni 
ko‘rib chiqqan. Dasturxonchi, risolachi va boshqa muhim amaldorlar a’zo bo‘lgan ushbu 
kengash davlat boshqaruvida muhim ahamiyatga ega edi. 
Qo‘qon xonligida asosan Olimxon, Umarxon va Muhammad Alixonlar davrida 
(1798-1842 yy.) davlat boshqaruvi va davlatchilik ichki va tashqi siyosat ancha barqaror 
hamda nisbatan tinch rivojlangan. Ammo XIX asrning o‘rtalariga kelib Qo‘qon xonligi 
inqirozga uchray boshlaydi. Tadqiqotchilar ushbu inqirozning asosiy sabablari sifatida 
o‘troq xalq va ko‘chmanchi aholi o‘rtasidagi qarama-qarshiliklarni, o‘zaro nizo va 
urushlarni, xon taxti uchun olib borilgan kurashlarni, Buxoro amiri bilan bo‘lgan 
nizolar va dushmanliklar, saroy amaldorlarining xoinliklari kabilarni ko‘rsatadilar. 
Bularning natijasida iqtisodiy hayotda taraqqiyot pasayib, ijtimoiy tarqoqlik kuchayib 
bordi va davlat inqirozga yuz tutdi. 
Qo‘qon xonligida unvonlar va mansablar ular ijrochilarining vazifalari hamda 
martabalariga qarab harbiy, harbiy-ma’muriy, saroy unvon va mansablari hamda 
ma’muriy vazifalari, diniy mansab va unvonlar hamda diniy qozixona amallariga 
bo‘linar edi. Xon saroyida quyidagi harbiy mansab va unvonlar joriy etilgan: 
Amir ul-umaro – amirlar amiri. Xon tomonidan keng vakolatlar berilgan 
(davlatdagi muhim ishlar, amaldorlarni amalga qo‘yish va olish, davlatdagi ichki 


tartibni saqlash, saroydagi tartib – intizom kabilar) shaxs bo‘lib, xondan keyingi eng 
yuqori mansab hisoblangan; 
Amirlashkar – amir ul-umarodan keyingi mansab. Qo‘qon xonligida mingboshi 
harbiy unvonining vazifalari, darajasi amirlashkarlikka teng bo‘lgan; 
Mingboshi– ma’mur sifatida mingnafar otliq askar beradigan mulkning hokimi. 
Bu unvondagi shaxs harbiy yurishlar vaqtida qo‘shinni boshqarib, lashkarboshi unvonini 
olgan. Bu unvonning egasi vazirlikka ham da’vogar bo‘lgan. Bu unvon SHeralixon 
davrida (1842-1844 yy.) yuqori darajadagi vazifaga aylanib ketgan; 
Botirboshi – botir bahodirlar boshlig‘i. Besh yuz kishidan ko‘p lashkarga 
boshchilik qilgan. Viloyatlarda botirboshi harbiy va qo‘shin ishlariga mas’ul edi. 
Botirboshi ba’zan qurilish hamda sug‘orish ishlariga ham boshchilik qilgan. (Ulug‘ 
nahr arig‘i, Otabek botirboshi). 
Qo‘shbegi – harbiy qo‘shinning boshlig‘i. Bu mansab yurish va jang vaqtlarida 
berilib, uning egasi mingboshi unvonini olishga da’vogarlik qilgan hamda alohida 
viloyatga ham hokim bo‘lishi mumkin edi. 
Voli yoki voliy (noib, muovin) – tobe etilgan viloyat va tumanlarda xonning 
o‘rinbosari. Viloyatlarda lashkar unga itoat etgan hamda u viloyatning harbiy ma’muriy 
ishlariga boshchilik qilgan. 
Qal’abon yoki kutvol – Qo‘qon xonligining chegeralarida joylashgan qal’a va 
istehkomlarining hokimi bo‘lib, shu hududlarning harbiy-ma’muriy, xiroj va boj olish 
ishlariga javobgar bo‘lgan. Harbiy maqsadga ko‘ra, qal’abon vazifasiga dodxohdan 
qushbegigacha bo‘lgan shaxslar tayinlangan. 
Qo‘rboshi – qo‘rxona ya’ni aslahaxona boshlig‘i. Bu mansab egasi xon va 
mingboshiga itoat etgan. Qo‘rboshi qo‘rxona, miltiqxona, to‘pxonalarga boshchilik 
qilib,xomashyo topib kelishdan tortib to tayyor mahsulot ishlab chiqarish va ularni xon 
qaroriga binoan tarqatib berish jarayoniga javobgar bo‘lgan. 
Yofar – soqchilarboshlig‘i. Bu mansab egasining guruhi yuz nafar askardan iborat 
bo‘lgan. Yofar o‘z guruhining hisob-kitobi, yillik xarajatini askarlari uchun xazinadan 
olib bergan. Manbalarda yofarlar g‘allagir (g‘alla oluvchi), javgir (bug‘doy oluvchi) va 
sarpo oluvchi sifatida ham qayd etilgan. 
To‘pchiboshi – to‘pchilar, zambarakchilar guruhi boshlig‘i. 
To‘qsabo – o‘zlarining tug‘iga ega bo‘lgan harbiy guruhning boshlig‘i. 
Ponsadboshi – besh yuz nafar askardan iborat guruh rahbari. 
YUzboshi – yuz kishilik harbiy dasta boshlig‘i. 
Panjohboshi – ellikboshi, ellik nafarli harbiy guruh boshlig‘i. 
Dahboshi – o‘n kishilik harbiy guruh boshlig‘i. 
Qorovulbegi – soqchilar va qorovullar boshlig‘i. 
Harbiylar qatoriga askar, sarboz, nukar, sipohi, mergan, mahram, botur, to‘pchi, 
zanbarchi, qo‘rchi, qorovul kabilar ham kirib, qo‘shin safida, nog‘orachi, surnaychi, 


to‘g‘chi (bayroqdor) kabilar ham xizmat qilganlar. Bu harbiy unvonlar orasida 
mingboshidan 
ponsadboshigacha 
bo‘lganlari 
oliy 
unvonlar, 
qo‘rboshidan 
qorovulboshigacha bo‘lganlar o‘rta unvonli mansablar, qolganlari esa past unvonlar 
hisoblangan. Elikboshidan mingboshigacha bo‘lgan harbiy lavozimdagi amaldorlar o‘z 
xizmatlariga mulozimlar olganlar. Ponsadboshidan yuqori mansabdagi harbiylarga yana 
mirzolar va munshiylar ham hizmat qilgan. Manbalarda harbiylarga saroydan yiliga turli 
hajmdagi maosh berilganligi qayd etilgan. 
Qo‘qon xoligidagi saroy unvon va mansablari quyidagilar edi: 
Otaliq – xon yoki xonzodaning murabbiysi, ularning homiylari. Ular tarbiyalagan 
xonzoda taxtga o‘tirganidan so‘ng, otaliqlar ham yuqori mansab va unvonlarni 
egallaganlar. 
Beklarbegi – beklarning begi. Bu unvon xonning vorisiga yoki ba’zi 
viloyatlarning hokimiga berilgan. 
Biy – turkiy qabilalarning boshliqlari. 
Devonbegi – xon devonining boshlig‘i, Qo‘qon xonligi viloyatlaridan Toshkent 
va Dashti qipchoq mulkida ham devonbegi mansabi bo‘lgan. 
Xazinachi – davlat xazinasining hisob-kitobiga javobgar shaxs. Xazinachilar 
viloyat markazlarida ham faoliyat yuritgan. 
Inoq – xonning xos va sirdosh mulozimi. 
Eshikog‘asi yoki chehraog‘asi – eshik oldidagi soqchi, posbon. Xon mahramlari 
va soqchi-mulozimlarining boshlig‘i. Notanish kishilarni xon huzuriga ijozatsiz 
qo‘ymaslikka javobgar shaxs. 
Parvonachi – bu unvon egasi xon nomiga kelgan xat va arizalarni saroyga olib 
kirib, javobini olib chiqqan. Bu unvon boshqa unvon sohiblariga ham berilgan. 
Dodxoh – xon oldiga fuqarolarning xohish-istak hamda maqsadlarini bayon etish 
huquqiga ega mansab, saroy unvoni. 
Dasturxonchi – xon dasturxoniga, umuman, oshxonasiga javobgar saroy mansabi. 
Saroy qorovulbegisi – xon o‘rdasining soqchilariga boshliq bo‘lgan saroy 
amaldori. 
Tunqator – tun bo‘yi uyg‘oq bo‘ladigan soqchi. Xonning dam olishi va yurishlari 
vaqtida qo‘riqchilik qilib, xonning yaqin kishilaridan tayinlanadigan amaldor. 
Oftobachi – xonning xos mulozimlaridan bo‘lib, uning yuvinishi va tahorati 
vaqtida xizmat qiladigan amaldor. 
SHarbatdor – eng oliy va faxriy unionlardan bo‘lib, xonning xos majlislari va 
safarlarida hizmatda bo‘lgan. 
Hidoyatchi – xon saroyiga yuborilgan tortiq va sovg‘alarni qabul qilib olib, xon 
nazaridan o‘tkazuvchi amaldor. 


SHig‘ovul – saroyga tashrif buyurgan elchilar va choparlarni xon huzuriga 
boshlab kiruvchi amaldor. Manbalarga ko‘ra, bu mansabdagi amaldorning vazifalari 
keng bo‘lgan. 
Sarkor – saroydagi xon amaldorlarining boshlig‘i. Bu mansabdagi shaxs xonga 
tegishli shifoxonalar, korxonalar hamda qurilish ishlariga ham boshchilik qilgan. 
Qushbegi (mirishkor) – ov paytida xonga hamrohlik qiladigan mansab egasi. 
Qushbegining ovchi itlari, lochin va burgutlari bo‘lib, ov paytidagi xonning dam olish 
jarayonlariga ham bu shaxs javobgar bo‘lgan. 
Salomog‘asi – xon nomidan xalqqa salom beruvchi. 
Kitobdor – saroy kitobxonasi uchun javob beradigan amaldor. 
Risolachi – elchilar va ularning xat-xabarlariga javob berish uchun mas’ul bo‘lgan 
saroy amaldori. 
Jam’og‘a – xonning suhbati, qabuli hamda bazmlariga ishtirok etuvchilarga xabar 
berib, chaqirib keladigan saroy amaldori. 
Jarchi – xalq yig‘iladigan ommaviy joylarda xonning farmon va buyruqlarini jar 
solib (baland ovoz bilan) e’lon qiladigan shaxs. 
CHopquchi – pichoq yasovchi, xon saroyidagilar uchun qurollar (pichoq, xanjar 
qilich) yasab, qo‘rchi vazifasini ham bajargan. 
SHotir – xon rikobi oldida yuradigan hizmatchi, odamlarni xon kelishidan 
xabardor etib, ularni ta’zimga chorlab turgan. 
Udaychi - xon rikobi oldida yurib, uning sha’niga baland ovoz bilan maqtovli 
so‘zlar va hamdu sanolar aytib boruvchi hizmatchi. 
YUqoridagi amal va mansab egalari o‘z hizmatlari evaziga yillik maosh (pul, ot, 
qo‘y, g‘alla ko‘rinishida) olganlar. Bundan tashqari, ularga tegishli er-mulklar ham 
berilgan. 
Butun o‘rta asrlar musulmon davlatlarida bo‘lgani kabi Qo‘qon xonligidagi 
musulmon ruhoniylari 
ham alohida imtiyozlarga ega bo‘lgan ijtimoiy tabaqa 
hisoblangan. Xonlikdagi davlat boshqaruvida, ta’lim – tarbiyada, sud ishlarida hamda 
jamiyat hayotining turli sohalarida ularning fikri katta ahamiyat kasb etgan. Qo‘qon 
xonligida qo‘yidagi diniy va qozixona mansab, unvon hamda amallari mavjud bo‘lgan: 
SHayx ul-islom – dindorlarning eng oliy unvoni bo‘lib, 1818 yilda Umarxon 
tomonidan joriy etilgan. 
Xoja kalon – fikh olimi (huquqshunos) ning faxriy unvoni. 
Xalifa–o‘rinbosar. 
Qo‘qondagi 
naqshbandiya, 
qalandariya, 
yassaviya 
taraqqiyotlarining rahbarlari. 
A’lam – faqih, olim hamda shariat qonun – qoidalarning bilimdoni. 
Oxund – bilimli va madrasada o‘qiydigan kishi. 
Sudur – vaqf mulklarining daromadlari hamda hisob – kitobiga javobgar 
mansabdor. 


O‘roq – vaqf erlarining xiroj va soliqlariga mas’ul shaxs, O‘roq shaklidagi 
nishonni sallasiga taqib yurgan. 
Mudarris – madrasada ta’lim beruvchi ustoz. 
Imom va imom xatib – masjid imomi hamda juma nomozlarida xutba o‘qib 
xizmat qiladigan imom. 
Muazzin – musulmonlarni namozga chaqiruvchi, azon aytuvchi. 
Qozi ul –qo‘zzot – qozilar qozisi (adliya vaziri). 
Qozi kalon – xonlik poytaxti hamda viloyatlar markazlaridagi qozilar va 
qozixonalar ustida nazorat qiluvchi amaldor. 
Qozii askar – qo‘shin qozisi. 
Tarakachi – meros qolgan mol-mulklarni merosxo‘rlarga taqsimlab (taraka) 
beruvchi shaxs. 
Xonlikdagi diniy va qozilik lavozimida bo‘lganlar davlat tomonidan belgilangan 
maosh hamda turli ehsonlar hisobidan kun ko‘rganlar. Madrasa, masjid, mozorlar 
o‘zlarining vaqf mulklariga ega bo‘lib, shu mulk daromadidan o‘z xizmatchilariga 
maosh berganlar. Vaqf mulklariga muttavali mutasaddi – boshliq edi. 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin