2-mavzu. Asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar va ularni hisoblash. Reja: Milliy iqtisodiyotni tahlil qilishda qo’llaniladigan asosiy ko’rsatkichlar


Yakuniy tovarlar va xizmatlar deganda



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə4/10
tarix16.02.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#52622
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2-mavzu. Asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar va ularni hisoblas

Yakuniy tovarlar va xizmatlar deganda ularning ishlab chiqarish, yoki ichki ayirboshlash tsiklidan chiqqan, yakuniy iste’mol, jamg’arish yoki eksport uchun foydalaniladigan qismi tushuniladi.

Yakuniy tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishda sarflangan oraliq tovarlar va xizmatlar bahosi YaIMga qo’shilmaydi..

Qo’shilgan qiymat tovar va xizmatlarning sotish bahosi bilan ularni ishlab chiqarish uchun foydalanilgan xom ashyo va materiallarni sotib olishga qilingan xarajatlar o’rtasidagi farq ko’rinishida aniqlanadi.



Ishlab chiqarish usulida aniqlangan YaIM ko’rsatkichinig strukturasini va undagi siljishlarni tahlil qilish juda muhim xulosalar beradi.Alohida tarmoqlarning mamlakat iqtisodiyotida yaratilgan yalpi qo’shilgan qiymatdagi ulushi, bu ulushning o’zgarishi bu mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi va kutilayotgan istiqboliga baho berish imkonini beradi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, 2020 yilning yanvarь-iyunь oylarida O’zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti (YaIM) hajmi joriy narxlarda 255 252,6 mlrd. so’mni tashkil etdi va 2019 yilning1 yanvarь-iyuni bilan taqqoslaganda 0,2 % ga o’sdi. YaIM deflyator indeksi 2019 yilning yanvarь-iyunidagi narxlarga nisbatan 113,6 % ni tashkil etdi.

2020 yilning yanvarь-iyunь oylari yakuniga ko’ra, YaIM tarkibida, tovarlar ishlab chiqarishda2 145 423,1 mlrd. so’m, xizmatlar ko’rsatish sohasida - 89 712,7 mlrd. so’m miqdorida yalpi qo’shilgan qiymat yaratildi, mahsulotlarga sof soliqlar esa 20 116,8 mlrd. so’mni tashkil etdi

2020 yilning yanvarь-iyunь oylarida YaIM o’sishi 2019 yilning yanvarь-iyunidagi 6,0 % va 2018 yilning yanvarьiyunidagi 5,9 % ga nisbatan 0,2 % gacha sekinlashdi. SHu bilan birga, YaIM deflyator indeksida ham 2019 yil yanvarь-iyundagi 119,5 % va 2018 yilning yanvarь-iyunidagi 134,4 % ga nisbatan 2020 yilning yanvarь-iyunь oylarida 113,6 % gacha sekinlashish kuzatildi.

Kuzatilayotgan davrda o’rtacha almashuv kursi bo’yicha hisoblangan nominal YaIM hajmi 26 072 mln. AQSH dollarini tashkil etdi (2019 yilning yanvarь-iyunida - 26 608 mln. AQSH doll.). Ma’lumot uchun: 2020 yilning yanvarь-iyunь oylarida AQSH dollarining so’mga nisbatan o’rtacha rasmiy kursi 9 790 so’m, 2019 yilning yanvarь-iyunь oylarida 8 427 so’mga teng bo’lgan.

Aholi jon boshiga hisoblangan YaIM 7 497 ming so’mni (yoki 766 AQSH doll. ekvivalentida) tashkil etdi va bu ko’rsatkich 2019 yilning yanvarь-iyunь oylari bilan taqqoslaganda 1,8 % ga kamaydi. Aholi jon boshiga YaIM o’sishi 2018 va 2019 yil yanvarь-iyunь oylarida mos ravishda 4,2 % va 4,1 % ni tashkil etgan. Ma’lumot uchun: Aholi jon boshiga YaIM, joriy narxlardagi YaIM umumiy hajmini mamlakatning ma’lum bir davrdagi o’rtacha aholisi soniga bo’lish yo’li bilan aniqlanadi. O’zbekiston Respublikasi doimiy aholisining o’rtacha soni 2018 yilning yanvarь-iyunida 32 778 ming kishini, 2019 yilning yanvarь-iyunida 33 390 ming kishini va 2020 yilning yanvarь-iyunida 34 049 ming kishini tashkil qilgan

2019 yilning yanvarь-iyunida 33 390 ming kishini va 2020 yilning yanvarь-iyunida 34 049 ming kishini tashkil qilgan






Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin