2-mavzu. Asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar va ularni hisoblash. Reja: Milliy iqtisodiyotni tahlil qilishda qo’llaniladigan asosiy ko’rsatkichlar


YaIMni xarajatlar bo’yicha hisoblash



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə5/10
tarix16.02.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#52622
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2-mavzu. Asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar va ularni hisoblas

3. YaIMni xarajatlar bo’yicha hisoblash
Bu usul yakuniy foydalanish usuli deb ham yuritilib, unda YaMMni hisoblash uchun yakuniy mahsulotlarni sotib olishga qilingan barcha xarajatlar o’zaro qo’shib chiqiladi. Bu xarajatlar quyidagicha guruhlanadi:

Uy xo’jaliklarining iste’mol xarajatlari (S):

a) uzoq muddat foydalaniladigan iste’mol buyumlari sotib olishga;

b) kundalik foydalaniladigan iste’mol buyumlari sotib olishga;

v) iste’mol xizmatlari to’loviga.



Yalpi ichki xususiy investitsiya xarajatlari (I):

a) asbob-uskunalar, mashinalarni yakuniy sotib olishga;

b) korxonalar, inshootlar, turarjoy binolarini qurishga sarflangan;

v) tovar zahiralari o’rtasidagi farqlar yoki zahiralarning o’zgarishi.



Tovar va xizmatlarning davlat xaridi (G).

Bu guruh xarajatlariga mahalliy va markaziy boshqaruv hokimiyati idoralari tomonidan korxonalarning pirovard mahsulotlari va resurslari xaridi (avtomobilь yo’llari va pochta muassasalari qurilishi, davlat korxonalarida to’lanadigan ish haqi) xarajatlari kiritiladi. Lekin shu o’rinda ta’kidlash lozimki, bu xarajatlarga davlat transfert to’lovlari kiritilmaydi.




Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin