YaIM (Y) = A + T + W + R1 + R2 + P1 + P2 Xarajatlar va daromadlar ko`rinishida hisoblab topilgan YaIM hajmi o`zaro mos keladi. Chunki milliy iqtisodiyot doirasida bir sub‘ekt tomonidan qilingan har qanday xarajat ikkinchi sub‘ekt uchun daromad bo`lib tushadi.
2.6.Milliy hisobchilik tizimidagi boshqa ko`rsatkichlar va ular o`rtasidagi nisbat. Milliy hisobchilik tizimiga ko`ra milliy iqtisodiyot rivojlanishini tahlil etish uchun YaIM ko`rsatkichidan boshqa yana bir qator ko`rsatkichlardan foydalaniladi. Bu ko`rsatkichlar jumlasiga Yalpi milliy daromad (YaMD) ko`rsatkichi ham kiradi. Bu ko`rsatkich MHTning oldingi ko`rinishida hisoblangan Yalpi milliy mahsulot (YaMM) ko`rsatkichi bilan mohiyatan bir xil.
YaMD - mamlakat rezidentlari tomonidan, mamlakatda va mamlakat tashqarisida, ishlab chiqarishda ishtirok etish va mulkdan olgan boshlang`ich daromadlari yig`indisidir. YaIM va YaMD ko`rsatkichlari o`rtasidagi farqni quyidagi formula ko`rinishida tasavvur etish mumkin:
YaMD = YaIM + mamlakat rezidentlaroi tomonidan xorijdan olingan daromadlari - norezidentlarning mamlakatdan xorijga jo`natgan daromadlari. YaIMva YaMD ning prinsipal farqlari shundaki ulardan birinchisi mamlakat rezidentlri tomonidan ishlab chiqarilgan yakuniy tovarlar va xizmatlar oqimini o`lchasa, ikkinchisi ular olgan boshlang`ich daromadlarni o`lchaydi.
Sof ichki mahsulot (SIM) va Sof milliy daromad (SMD) ko`rsatkichlariYaIM va YaMD ko`rsatkichlaridan amortizatsiya (iste‘mol qilingan asosiy kapital) summasi miqdoriga farq qiladi.
SIM = YaIM - A SMD = YaMD - A
Makroiqtisodiy tahlilda shuningdek MHTga kirmagan Shaxsiy daromad (ShD) ko`rsaikichi ham qo`laniladi.
ShD = SMD –[ ISA (Ijtimoiy sug`urta ajratmalari) + T (bilvosita soliqlar) + (R1.1) korporatsiya foydasiga soliqlar) + R1.3 (Korporatsiya-larning taqsimlanmagan foydasi + biznesning foiz daromadlari ] + transfert to`lovlari (TR) + foizlar ko`rinishida olingan shaxsiy daromad Foizlar ko`rinishida aholi olgan daromadga davlat qarzlari bo`yicha olingan foiz daromadlari ham kiritiladi.
Shaxsiy daromaddan aholi to`laydigan daromad solig`i, mulk solig`i va ayrim nosoliq to`lovlarini ayirib tashlab shaxsiy tasarrufdagi daromad (ShTD) ko`rsatkichi topiladi.