2-mavzu. Asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlar


YaIM (Y) = A + T + W + R1 + R2 + P1 + P2



Yüklə 31,32 Kb.
səhifə6/10
tarix21.10.2022
ölçüsü31,32 Kb.
#65737
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2-MAVZU. ASOSIY MAKROIQTISODIY KORSATKICHLAR

YaIM (Y) = A + T + W + R1 + R2 + P1 + P2
Xarajatlar va daromadlar ko`rinishida hisoblab topilgan YaIM hajmi o`zaro mos keladi. Chunki milliy iqtisodiyot doirasida bir sub‘ekt tomonidan qilingan har qanday xarajat ikkinchi sub‘ekt uchun daromad bo`lib tushadi.
2.6.Milliy hisobchilik tizimidagi boshqa ko`rsatkichlar va ular o`rtasidagi nisbat.
Milliy hisobchilik tizimiga ko`ra milliy iqtisodiyot rivojlanishini tahlil etish uchun YaIM ko`rsatkichidan boshqa yana bir qator ko`rsatkichlardan foydalaniladi. Bu ko`rsatkichlar jumlasiga Yalpi milliy daromad (YaMD) ko`rsatkichi ham kiradi. Bu ko`rsatkich MHTning oldingi ko`rinishida hisoblangan Yalpi milliy mahsulot (YaMM) ko`rsatkichi bilan mohiyatan bir xil.
YaMD - mamlakat rezidentlari tomonidan, mamlakatda va mamlakat tashqarisida, ishlab chiqarishda ishtirok etish va mulkdan olgan boshlang`ich daromadlari yig`indisidir.
YaIM va YaMD ko`rsatkichlari o`rtasidagi farqni quyidagi formula ko`rinishida tasavvur etish mumkin:
YaMD = YaIM + mamlakat rezidentlaroi tomonidan xorijdan olingan daromadlari - norezidentlarning mamlakatdan xorijga jo`natgan daromadlari.
YaIMva YaMD ning prinsipal farqlari shundaki ulardan birinchisi mamlakat rezidentlri tomonidan ishlab chiqarilgan yakuniy tovarlar va xizmatlar oqimini o`lchasa, ikkinchisi ular olgan boshlang`ich daromadlarni o`lchaydi.
Sof ichki mahsulot (SIM) va Sof milliy daromad (SMD) ko`rsatkichlariYaIM va YaMD ko`rsatkichlaridan amortizatsiya (iste‘mol qilingan asosiy kapital) summasi miqdoriga farq qiladi.

SIM = YaIM - A SMD = YaMD - A


Makroiqtisodiy tahlilda shuningdek MHTga kirmagan Shaxsiy daromad (ShD) ko`rsaikichi ham qo`laniladi.
ShD = SMD –[ ISA (Ijtimoiy sug`urta ajratmalari) + T (bilvosita soliqlar) + (R1.1) korporatsiya foydasiga soliqlar) + R1.3 (Korporatsiya-larning taqsimlanmagan foydasi + biznesning foiz daromadlari ] + transfert to`lovlari (TR) + foizlar ko`rinishida olingan shaxsiy daromad
Foizlar ko`rinishida aholi olgan daromadga davlat qarzlari bo`yicha olingan foiz daromadlari ham kiritiladi.
Shaxsiy daromaddan aholi to`laydigan daromad solig`i, mulk solig`i va ayrim nosoliq to`lovlarini ayirib tashlab shaxsiy tasarrufdagi daromad (ShTD) ko`rsatkichi topiladi.

Yüklə 31,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin