2-mavzu. Asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlar



Yüklə 31,32 Kb.
səhifə9/10
tarix21.10.2022
ölçüsü31,32 Kb.
#65737
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2-MAVZU. ASOSIY MAKROIQTISODIY KORSATKICHLAR

2.8. Nominal va real YaIM.
Iqtisodiyotda mavjud bo`lgan inflatsiya jarayonlari YaIMni hisoblashni qiyinlashtiradi. Bu ko`rsatkich dinamikasi bir vaqtning o`zida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar miqdor va baho darajalarining o`zgarishini ifodalaydi.
Iqtisodiyotda doimiy inflatsiya jarayonining mavjudligi makroiqtisodiy ko`rsatkichlarni taqqoslama baholarda hisoblashni zarur etib qo`yadi. Chunki, inflatsiya iqtisodiyotning real holatini buzib ko`rsatadi. Iqtisodiyotni tahlil qilish, muammolarni aniqlash hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilishni qiyinlashtiradi. Bu vazifani bajarish uchun joriy baholarda hisoblangan nominal ko`rsatkichlardan emas, balki taqqoslama (bazis) baholarda hisoblangan real ko`rsatkichlardan foydalanish zarur. Ayrim yagona firmadan farqli o`laroq milliy iqtisodiyotda juda ko`p sonli tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarilishi sababli ularning barchasini bir varakayiga taqqoslama baholarda hisoblash qiyin. Shu tufayli YaIM tarkibida katta ulushni tashkil etgan eng muhim tovarlar va xizmatlar bahosining o`zgarishi koeffitsienti ( baholar indeksi) hisoblab topilib olingan natija butun milliy iqtisodiyot uchun tadbiq etiladi.
Baholar indeksini yoki inflatsiya darajasini hisoblash uchun:

  • deflator (Paashe indeksi);

  • iste‘mol narxlari indeksi(Laspeyres indeksi);

  • sanoat ishlab chiqarish baholari indekslari hisoblanishi lozim. Deflator ko`rsatkichi quyidagi formula bilan hisoblaganadi:

Qi1 Pi1
Deflator = ------------- 100
Qi1 Pi0
Bu yerda: i – deflatorni hisoblash uchun bozor savatiga kiritilgan tovarlar soni;
Qi1 – joriy yilda bozor savatiga kiritilgan i – tovar yoki xizmatlar hajmi miqdori
(Masalan 2 kg shakar, 2 dona ko`ylak va h.k);
Pi1 – joriy yilda bozor savatiga kiritilgan i — mahsulotning shu yilga bahosi; Pi0 – joriy yilda bozor savatiga kiritilgan i – mahsulotning bazis yildagi bahosi. Deflatorni hisoblash shartlari:

  • odatda o`tgan yilga nisbatan hisoblanadi;

  • bozor savati joriy yilda aniqlanib keyingi yillarda o`zgartirilishi mumkin;

  • bozor savatiga ham iste‘mol ishlab chiqarish xarakteridagi tovarlar va

xizmatlar kiritiladi;

  • bozor savatiga kiritilgan tovarlar va xizmatlar turlarining umumiy YaIM dagi ulushi katta qismini tashkil qilishi kerak;

  • bozor savatiga kiritilgan tovarlar va xizmatlar hajmlari o`rtasidagi nisbat ularning YaIM dagi ulushlari o`rtasidagi nisbatga mos kelishi kerak.


Yüklə 31,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin