Nominal YaIM Real YaIM = ———————————— 100 Deflator Iste‘mol narxlari indeksi quyidagicha aniqlanadi:
∑ Qi0 Pi1 INI = ------------- 100 ∑ Qi0 Pi0
Bu yerda:
Qi0– bazis yilda bozor savatiga kiritilgan i – tovar va xizmatlar hajmi; Pi1 – i – tovarning joriy yildagi bahosi;
Pi0 – i – tovarning bazis yildagi hajmi.
Iste‘mol narxlari indeksi hisoblashning shartlari;
bozor savati bazis yil uchun aniqlanadi va bir necha yil davomida o`zgarmaydi; - bozor savatiga faqat iste‘mol xarakteridagi tovarlar va xizmatlar kiritiladi;
bozor savatiga kiritilgan tovarlar va xizmatlarning hajmi iste‘mol xarajatlarining katta qismini tashkil etishi kerak.
INI ko`rsatkichining kamchiligi shundaki bozor savati tarkibi o`zgarmas bo`lganligi tufayli aholi iste‘moli tarkibida tovarlar va xizmatlar ulushining o`zgarganligini, shuningdek tovarlar va xizmatlar sifatida ro`y bergan o`zgarishlarni hisobga olish imkonini bermaydi Shu sabrbli bu indnks baholar darajasini biroz oshirib ko`rsatadi.
YaIM deflatori esa bozor savatiga joriy yida kiritilmay qolgan tovarlar baholarining oshishini hisobga olish imkonini bermasligi tufayli baholar darajasini biroz pasaytirib ko`rsatadi. Shu sababli bu ikki indeksning o`rtacha darajasini xarakterlovchi Fisher indeksi hisoblanadi:
If = Idef * Iini Sanoat ishlab chiqaruvchilar baho indeksi iste‘mol narxlari indeksi singari hisoblanadi. Lekin bozor savatiga sanoat mahsulotlarigina kiritilib ular ulgurji baholarda hisoblanadi.
1 Агапова Т.А., Серегина С.Ф. Макроэкономика:Учебник.-7-е изд.перераб. и доп.-М.:Издательство ―Дело и сервис‖, 2013.