Bu usul yakuniy foydalanish usuli deb ham yuritilib, unda YaIMni hisoblash uchun yakuniy mahsulotlarni sotib olishga qilingan barcha xarajatlar o`zaro qo`shib chiqiladi. Bu xarajatlar quyidagicha guruhlanadi:
Uy xo`jaliklarining iste‘mol xarajatlari (C): uzoq muddat foydalaniladigan iste‘mol buyumlari sotib olishga;
kundalik foydalaniladigan iste‘mol buyumlari sotib olishga;
v) iste‘mol xizmatlari to`loviga.
Yalpi ichki xususiy investitsiya xarajatlari (I): asbob-uskunalar, mashinalarni yakuniy sotib olishga;
korxonalar, inshootlar, turarjoy binolarini qurishga sarflangan;
v) tovar zahiralari o`rtasidagi farqlar yoki zahiralarning o`zgarishi.
Tovar va xizmatlarning davlat xaridi (G).
Bu guruh xarajatlariga mahalliy va markaziy boshqaruv hokimiyati idoralari tomonidan korxonalarning pirovard mahsulotlari va resurslari xaridi (avtomobil yo`llari va pochta muassasalari qurilishi, davlat korxonalarida to`lanadigan ish haqi) xarajatlari kiritiladi. Lekin shu o`rinda ta‘kidlash lozimki, bu xarajatlarga davlat transfert to`lovlari kiritilmaydi.
Sof eksport (Xn): mamlakatning import va eksport operatsiyalari bo`yicha xarajatlar o`rtasidagi farq.
YaIMni xarajatlar orqali hisoblash formulasini quyidagicha tasvirlash mumkin: YaIM = C + I + G + Xn2 O`zbekiston Respublikasida yaratilgan YaIMning foydalanish (xarajatlarga ko`ra) tarkibi tahlili shuni ko`rsatadiki uy xo`jaliklarining iste‘mol xarajatlari YaIM tarkibidagi eng salmoqli (56 %) komponent ekan.
2.5. YaIMni daromadlar(taqsimot usuli) bo`yicha hisoblash. YaIMni daromadlar bo`yicha aniqlashda yakuniy mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida rezident-ishlab chiqarish birliklari tomonidan, qo`shilgan qiymatlar hisobidan, to`langan dastlabki daromadlar qo`shib chiqiladi.
YaIMni daromadlari yig`indisi ko`rinishida hisoblashda asosan quyidagi ko`rsatkichlardan foydalaniladi: