2-mavzu. Asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlar


ShTD uy xo`jaliklari tomonidan iste‘mol (C)



Yüklə 31,32 Kb.
səhifə7/10
tarix21.10.2022
ölçüsü31,32 Kb.
#65737
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2-MAVZU. ASOSIY MAKROIQTISODIY KORSATKICHLAR

ShTD uy xo`jaliklari tomonidan iste‘mol (C) va jamg`arish (S) uchun ishlatiladi.

ShTD =C + S


Makroiqtisodiy tahlilda uy xo`jaliklarining ShTD va Yalpi milliy tasarrufdagi daromad (YaMTD) ko`rsatkichlari o`zaro farqlanadi.
YaMTD= YaMD + Xorijdan olingan sof transfertlar
Xorijdan olingan sof transfertlar = Mamlakat tashqarisidan olingan transfertlar – Mamlakatdan tashqariga berilgan transfertlar)
Yalpi milliy tasarrufidagi daromad yakuniy iste‘mol va milliy jamg`armish uchun ishlatiladi.
YaMTD= Yakuniy iste‘mol +Milliy jamg`armalar3
Yakuniy iste‘mol uy xo`jaliklarining iste‘mol xarajatlaridan tashqari hukumatning iste‘molga xarajatlarini ham o`z ichiga oladi.
2.7. Asosiy makroiqtisodiy ayniyatlar.
Milliy iqtisodiyot rivojlanishi jarayonlarida turli makroiqtisodiy ko`rsatkichlar o`rtasida ma‘lum proporsiyalar yoki tenglik ta‘minlanishi lozim. Proporsiya atamasi aynan tenglikni bildirmasdan bir butunga nisbatan uning bo`laklarining nisbatini, yoki shu bo`laklar o`rtasidagi nisbatni bildiradi.Bunga mavzuimizning YaMTD ning yakuniy iste‘mol va milliy jamg`arishga bo`linishini misol qilib keltirish mumkin.
Odatda YaMTD hajmida yakuniy iste‘mol hajmi yuqori bo`ladi. Ammo milliy jamg`armalarning ulushi ham yuqori bo`lishi mumkin ekan. Demak yakuniy iste‘mol va milliy jamg`armalarning YaMTD dagi ulushi 3:1 proporsiyada ham, 2:1 proporsiyala ham bo`lishi mumkin ekan
Shu bilan birga iqtisodiyotda muvozanat bo`lishi uchun ayrim ko`rsatkichlarning aynan teng bo`lishi talab etiladi. Turli makroiqtisodiy ko`rsatkichlar, yoki ko`rsatkichlar guruhlari o`rtasidagi mavjud bo`ladigan, yoki mavjud bo`lishi iqtisodiy qonuniyat hisoblagan o`zaro tenglikka makroiqtisodiy ayniyat deyiladi. Xarajatlar va daromadlar ko`rinishida hisoblangan YaIM ko`rsatkichlarining o`zaro tengligi asosiy makroiqtisodiy ayniyat hisoblanadi. Y= C+ I + G + Xn
Ikkinchi bir makroiqtisodiy ayniyat investitsiyalar va jamg`armalar o`rtasidagi tenglik hisoblanadi.
Investitsiyalar miqdori mamlakatdagi jamg`armalar miqdoriga bog`liq bo`ladi. Bu ikki ko`rsatkich o`rtasidagi tenglikka erishish makroiqtisodiy barqarorlikka erishishning muhim shartidir.
Agarda, milliy iqtisodiyot tashqi dunyo bilan hech qanday aloqaga ega emas (Xn = 0) va davlatning iqtisodiyotga aralashuvi nolga teng (G=O), deb faraz qilinsa, unda YaIM orqali ifodalangan ishlab chiqarish hajmi ShTD ga teng bo`ladi. Ya‘ni: YaIM = ShTD = C + S, ayni paytda: YaIM = C + I
Bu yerda makroiqtisodiy ayniyat quyidagi ko`rinishga ega bo`ladi: C + I = C + S yoki I = S
Ushbu ayniyatdan ko`rinib turibdiki, uy xo`jaliklarining jamg`arishga bo`lgan istaklari tadbirkorlikning qancha miqdorda investitsiyalash xohishlariga mos tushsa, unda daromadlar hajmi (C+S) va yalpi xarajatlar (C+I) hajmiga tengligiga yoki ishlab chiqarishning muvozanat darajasiga erishish mumkin.
Aytaylik, mamlakat iqtisodiyoti ochiq, ya‘ni eksport-import aloqalari yo`lga qo`yilgan, soliq solish va transfert to`lovlari ko`rinishida davlat aralashuvi mavjud bo`lsin. Bunday holatda jamg`arish tushunchasi murakkablashib, quyidagi ko`rinishga ega bo`ladi:

Yüklə 31,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin