2-mavzu. Asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlar



Yüklə 31,32 Kb.
səhifə8/10
tarix21.10.2022
ölçüsü31,32 Kb.
#65737
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2-MAVZU. ASOSIY MAKROIQTISODIY KORSATKICHLAR

S = Sp + Sg + Sx


Bu yerda: Sp - xususiy jamg`armalar;
Sd - davlat jamg`armalari;
Sx - boshqa mamlakatlar jamg`armalari.
Bunda xususiy jamg`armalar daromadlar (Y), transfert to`lovlari (TR), davlat zayomlari bo`yicha foizlar yig`indisidan (N) soliqlar (T) va iste‘mol (C) xarajatlari yig`indisini ayirish natijasiga teng bo`ladi.

Sp = (Y + TR + N - T) – C


Davlat jag`marmalari quyidagi miqdorga teng bo`ladi: Sg = (T - TR - N) – G
Agar davlat jamg`armalari nolga teng bo`lsa, davlat budjeti muvozanatlashgan, jamg`arishning manfiy miqdori budjet taqchilligini (BT) bildiradi:
BT = - Sg Bu yerda: BT – budjet taqchilligi miqdori.
Boshqa mamlakatlarning jamg`armalari tashqi dunyoning bizning importimiz hisobiga olgan daromadlaridan ularning bizning eksportimizga sarflangan harajatlarini ayirib topiladi.

Sx=M – X yoki Sx = -Xn


Agar mamlakat eksportiga nisbatan ko`proq import qilsa, unda daromadlarning bir qismi xorijda qoladi va keyinchalik undan xorijiy sheriklar tomonidan mamlakatimizda ko`chmas mulk va moliyaviy aktiv sotib olishda foydalaniladi.
Har qanday holatda ham barcha turdagi jamg`armalarning umumiy yig`indisi investitsiyalarga teng bo`ladi:
Sp + Sg + Sx = (Y + TR + N –T ) -C + ( T – TR – N )) - G + (-Xn) yoki

Sp + Sd + Sx = Y - C - G - Xn S = C + I + G +Xn - C - G - Xn S = I


Demak, iqtisodiyotdagi investitsiya xarajatlari nafaqat ichki jamg`armalar hisobiga, balki tashqi dunyo jamg`armalari hisobiga ham amalga oshirilishi mumkin. Mamlakatda investorlarga kafolatlangan yuqori foyda olishi uchun yaratilgan shartsharoitlar xorijiy investorlar oqimining o`sishiga olib keluvchi muhim shartlardan biridir.
Keynschilar fikriga ko`ra, S= I ayniyatga bozor mexanizmlari vositasida tasodifan erishiladi, xolos. Chunki investorlar va jamg`aruvchilarnnig rejalari o`zaro mos kelavermaydi. Shu tufayli davlat to`g`ri iqtisodiy siyosat yurgizib makroiqtisodiy barqarorlikni ta‘minlashi shart.

Yüklə 31,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin