2-mavzu. Asosiy uchtovushliklarning funksional tizimi. Asosiy uchtovushliklarning bog’lanishi. Asosiy uchtovushliklar bilan kuyni garmoniyalash



Yüklə 255,74 Kb.
səhifə1/3
tarix04.12.2022
ölçüsü255,74 Kb.
#72320
  1   2   3
2 mavzu ASOSIY UCHTOVUSHLIKLARNING FUNKSIONAL TIZIMI ASOSIY UCH


2-mavzu. ASOSIY UCHTOVUSHLIKLARNING FUNKSIONAL TIZIMI. ASOSIY UCHTOVUSHLIKLARNING BOG’LANISHI. ASOSIY UCHTOVUSHLIKLAR BILAN KUYNI GARMONIYALASH.
Reja
1. Uchtovushliklar nisbatlari.
2. Kvarta-kvinta nisbatidagi uchtovushliklar qo'shilishi.
3. Sekunda nisbatidagi uchtovushliklar qo‘shilishi.
Tayanch tushunchalar
Kvarta-kvinta T-S, T-D akkordlarmelodik qo'shilishiiб uchtovushlik, funksional tizim
T-S, T-D akkordlari kvarta-kvinta nisbatida bo'ladi, ular bitta umumiy tovushga ega: T-S davrasida ladning I pog'onasi, T-D davrasida ladning V pog'onasi umumiydir. I-III. I-VI pog'onalar tersiya nisbatida bo‘ladi, va ular ikkita umumiy tovushga ega.
S - D sekundali nisbatga ega, ularda umumiy tovush yo‘q.
Kvarta-kvinta nisbatidagi uchtovushliklar qo'shilishi.
T- S, T- D akkordlari ham garmonik, ham melodik tarzda qo'shilishi mumkin.
Garmonik qo ‘shilishda:
1) bas kvartaga yuqoriga yoki kvintaga pastga harakatlanadi;
2) umumiy tovush o ‘z o'rnida qoladi;
3) qolgan ikki ovozlari bitta p o g ‘onaga pastga (T-D) yoki yuqoriga (T-S)
yo‘na!adi.

T-S, T-D akkordlarining melodik qo'shilishidir.


1) bas kvartaga yuqoriga yoki pastga yo'naladi;
2 ) yuqoridagi uch ovoz basga qarama-qarshi ravon harakat bilan yaqin tovushlarga o'tadi.



Sekunda nisbatidagi uchtovushliklar qo‘shilishi.
S va D uchtovushliklari q o ‘shilishida bas septimaga pastga emas, balki sekundaga yuqoriga yuradi. Qolgan uch ovoz basga qarama-qarshi D ning eng yaqin tovushlariga harakat qiladi.



Savol va topshiriqlar.
1) Uchtovushliklarning qanday nisbatlarini bilasiz?
2) Tonika va subdominanta akkordlarida tonallikning qaysi pog'onalari umumiy"
Tonika va dominantada-chi? Bu tovushlar har qaysi akkordda qanday tovush bo'ladi?
3) T -D , T -S akkordlarining garmonik qo'shilishida ovozlarni yo'naltirish qoidalari qanday?
4) T -D , T -S akkordlarining melodik qo'shilishida ovozlarni yo'naltirish qoidalari qanday?
5) S —D q o'shilishida ovozlarni yo'naltirish qoidalari qanday?
6) 2 tagacha kalit belgisiga ega tonalliklarda quyidagi akkordlarning ketma ketligini chaling: T - S - D -T .
7) Berilgan namuna bo'yicha 3 belgigacha tonalliklarda akkordalarni tuzib chaling:
zich joylashuvi Barcha major va minor tonalliklarida T - D, T - S garmonik va melodik q o‘shilishini, S - D melodik q o ‘shilishini yozing.

Yüklə 255,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin