Tashkilotlardagi axborotlarni himoyalash Axborot xajmi kichik bulgan tashkilotlarda axborotlarni ximoyalashda oddiy usullarni kullash maksadga muvofik va samaralidir. Masalan, ukiladigan kimmatboxo kogozlarni va elektron xujjatlarni aloxida guruxlarga ajratish va nikoblash, ushbu xujjatlar bilan ishlaydigan xodimni tayinlash va urgatish, binoni kuriklashni tashkil etish, xizmatchilarga kimmatli axborotlarni tarkatmaslik majburiyatini yuklash, tashkaridan keluvchilar ustidan nazorat kilish,kompyuterni ximoyalashning eng oddiy usullarini kullash va xokazo. Odatda, ximoyalashning eng oddiy usullarini kullash sezilarli samara beradi.
Murakkab tarkibli, kup sonli avtomatlashtirilgan axborot tizimi va axborot xajmi katga bulgan tashkilotlarda axborotni ximoyalash uchun ximoyalashning majmuali tizimi tashkil kilinadi. Lekin ushbu usul xamda ximoyalashning oddiy usullari xizmatchilarning ishiga xaddan tashkari xalakit bermasligi kerak.
Himoyalash tizimining kompleksliligi Himoya tizimining kompleksliligiga unda xukukiy, tashkiliy, muhandis – texnik va dasturiy – matematik elementlarning mavjudligi bilan erishiladi. Elementlar nisbati va ularning mazmuni tashkilotlarning axborotni himoyalash tizimining o‘ziga xosligini va uning takrorlanmasligini hamda buzish qiyinligini ta’minlaydi.
Aniq tizimni ko‘p turli elementlardan iborat, deb tasavvur qilish mumkin. Tizim elementlarining mazmuni nafaqat uning uziga xosligini, balki axborotning qimmatliligini va tizimning qiymatini hisobga olgan holda belgilangan himoya darajasini aniqlaydi.
Axborotni huquqiy himoyalash elementi himoyalash choralarining haqli ekanligi ma’nosida tashkilot va davlatlarning uzaro munosabatlarini yuridik mustahkamlash xamla personalning tashkilot qimmatli axborotini himoyalash tartibiga rioya qilishi va ushbu tartibni buzilishida javobgarligi tasavvur qilinadi.
Axborotlarni tashkiliy himoyalash elementlari Himoyalash texnologiyasi personalni tashkilotning qimmatli axborotlarini himoyalash qoidalariga rioya qilishga undovchi boshqarish va cheklash xarakteriga ega bo‘lgan chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
Tashkiliy himoyalash elementi boshka barcha elementlarni yagona tizimga bog‘lovchi omil bo‘lib hisoblanadi. Ko‘pchilik mutaxassislarning fikricha, axborotlarni himoyalash tizimlari tarkibida tashkiliy himoyalash 50—60 % ni tashkil qiladi. Bu hol ko‘p omillarga bog‘liq, jumladan, axborotlarni tashkiliy himoyalashning asosiy tomoni amalda ximoyalashning printsipi va usullarini bajaruvchi personalni tanlash, joylashtirish va urgatish hisoblanadi.
Axbortlarni himoyalashning tashkiliy chora – tadbirlari tashkilot xavfsizligi xizmatining me’yoriy uslubiy hujjatlarida uz aksini topadi. Shu munosabat bilan ko‘p hollarda yuqorida ko‘rilgan tizim element-larining yagana nomi — axborotni tashkiliy - huquqiy himoyalash elementini ishlatadilar.
Axborotlarni muhandis – texnik himoyalash elementi — texnik vositalar kompleksi yordamida hudud, bino va qurilmalarni quriqlashni tashkil qilish hamda texnik tekshirish vositalariga karshi sust va faol kurash uchun muljallangan. Texnik himoyalash vositalarining narxi baland bo‘lsada, axborot tizimini himoyalashda bu element muhim ahamiyatga ega.
Axborotni himoyalashning dasturiy – matematik elementi kompyuter, lokal tarmoq va turli axborot tizimlarida qayta ishlanadigan va saqlanadigan qimmatli axborotlarni himoyalash uchun mo‘ljallangan.