2-mavzu: Axborot xavfsizligining konseptual modeli Reja: Axborot xavfsizligi tasir qiluvchi omillar



Yüklə 44,5 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix07.01.2024
ölçüsü44,5 Kb.
#205488
  1   2   3
2 Maruza 4 k



2-mavzu: Axborot xavfsizligining konseptual modeli 
 
Reja: 
 
1.Axborot xavfsizligi tasir qiluvchi omillar. 
2.Axborotni ximoya qilish. 
 
Tayanch 
iboralar:
xaker, 
konfidentsiallik 
,autentifikatsiya, 
apellyatsiya,ishonchlilik,aniqlilik
 
Bo’lishi mumkin bo’lgan tahdidlarni oldini olish uchun nafaqat o’eratsion 
tizimlarni, dasturiy ta’minotni himoyalash va foydalanishni nazorat qilish, balki 
buzuvchilar turkumini va ular foydalanadigan usullarni aniqlash lozim. 
Sabablar, maqsadlar va usullarga bog’liq holda axborot xavfsizligini 
buzuvchilarni to’rtta kategoriyaga ajratish mumkin: 
-
sarguzasht qidiruvchilar;
-
g’oyaviy xakerlar;
-
xakerlar-’rofessionallar;
-
ishonchsiz xodimlar. 
Sarguzasht qidiruvchi
, odatda, yosh, ko’’incha talaba yoki yuqori sinf 
o’quvchisi va unda o’ylab qilingan xujum rejasi kamdan-kam bo’ladi. U nishonini 
tasodifan tanlaydi, qiyinchiliklarga duch kelsa chekinadi. Xavfsizlik tizimida 
nuqsonli joyni to’ib, u maxfiy axborotni yig’ishga tirishadi, ammo hech qachon uni 
yashirincha 
o’zgartirishga 
urinmaydi. 
Bunday 
sarguzasht 
qidiruvchi 
muvaffaqiyatlarini fakat yaqin do’stlari-kasbdoshlari bilan o’rtoqlashadi. 
G’oyali xaker
— bu ham sarguzasht qiduruvchi, ammo mohirroq. U o’zining 
e’tiqodi asosida muayyan nishonlarni (xostlar va resurslarni) tanlaydi. Uning yaxshi 
ko’rgan xujum turi Web-serverning axborotini o’zgartirishi yoki, juda kam hollarda, 
xujum qilinuvchi resurslar ishini blokirovka qilish. Sarguzasht qidiruvchilarga 


nisbatan g’oyali xakerlar muvaffaqiyatlarini kengrok auditoriyada, odatda axborotni 
xaker Web-uzelda yoki Usenet anjumanida joylashtirilgan holda e’lon qiladilar. 
Xaker-’roffesional harakatlarning aniq rejasiga ega va ma’lum resurslarni 
mo’ljallaydi. Uning xujumlari yaxshi o’ylangan va odatda bir necha bosqichda 
amalga oshiriladi. Avval u dastlabki axborotni yig’adi (o’eratsion tizim turi, taqdim 
etiladigan servislar va qo’llaniladigan himoya choralari). So’ngra u yig’ilgan 
ma’lumotlarni hisobga olgan holda xujum rejasini tuzadi va mos instrumentlarni 
tanlaydi (yoki hatto ishlab chiqadi). Keyin, xujumni amalga oshirib, maxfiy 
axborotni oladi va nihoyat harakatlarining barcha izlarini yo’q qiladi. Bunday 
xujum qiluvchi professional, odatda yaxshi moliyalanadi va yakka yoki 
professionallar komandasida ishlashi mumkin. 
Ishonchsiz xodim o’zining harakatlari bilan sanoat josusi yetkazadigan 
muammoga teng (undan ham ko’’ bo’lishi mumkin) muammoni to’g’diradi. Buning 
ustiga uning borligini aniqlash murakkabroq. Undan tashqari unga tarmoqning 
tashqi himoyasini emas, balki faqat, odatda unchalik katiy bo’lmagan tarmoqning 
ichki himoyasini bartaraf qilishiga to’g’ri keladi. Ammo, bu holda uning kor’orativ 
ma’lumotlardan ruxsatsiz foydalanishi xavfi boshqa har qanday niyati buzuq 
odamnikidan yuqori bo’ladi. 
Yuqorida keltirilgan axborot xavfsizligini buzuvchilar kategoriyalarini ularni 
malakalari bo’yicha guruhlash mumkin: xavaskor (sarguzasht qidiruvchi), 
mutaxassis (g’oyali xaker, ishonchsiz xodim), professional (xaker-’rofessional). 
Agar bu guruhlar bilan xavfsizlikning buzilishi sabablari va har bir guruhning texnik 
qurollanganligi taqqoslansa, axborot xavfsizligini buzuvchining umumlashtirilgan 
modelini olish mumkin. 
Axborot xavfsizligini buzuvchi, odatda ma’lum malakali mutaxassis bo’lgan
holda Kompyuter tizimlari va tarmoqlari xususan, ularni himoyalash vositalari 
xususida barcha narsalarni bilishga urinadi. Shu sababli buzuvchi modeli 
quyidagilarni aniqlaydi: 

buzuvchi bo’lishi mumkin bo’lgan shaxslar kategoriyasi;



buzuvchining bo’lishi mumkin bo’lgan nishonlari va ularning muhimlik va 
xavfsizlik darajasi bo’yicha rutbalanishi;

uning malakasi xususidagi taxminlar; uning texnik qurollanganligining baxosi;

uning harakat harakteri bo’yicha cheklashlar va taxminlar.
Tizimdan ruxsatsiz foydalanishga majbur etish sabablarining dia’azoni 
yetarlicha keng: Kompyuter bilan o’ynaganidagi xayajon ko’tarinkiligidan to 
jirkanch menedjer ustidan xokimlik xissiyotigacha. Bu bilan nafaqat ko’ngil 
ochishni xoxlovchi xavaskorlar, balki professional dasturchilar ham shug’ullanadi. 
Ular parolni tanlash, faraz qilish natijasida yoki boshqa xakerlar bilan almashish 
yo’li orqali qo’lga kiritadilar. Ularning bir qismi nafaqat fayllarni ko’rib chiqadi, 
balki fayllarning mazmuni bilan qiziqa boshlaydi. Bu jiddiy tahdid hisoblanadi, 
chunki bu holda beozor shuxlikni yomon niyat bilan qilingan harakatdan ajratish 
qiyin bo’ladi. 
Yaqin vaqtgacha rahbarlardan norozi xizmatchilarning o’z mavqelarini 
suiiste’mol qilgan holda tizimni buzishlari, undan begonalarning foydalanishlariga 
yo’l o’yishlari yoki tizimni ish holatida qarovsiz qoldirishlari tashvishlantirar edi. 
Bunday harakatlarga majbur etish sabablari quyidagilar: 
-
xayfsanga yoki rahbar tomonidan tanbehga reaktsiya;
-
ish vaqtidan tashqari bajarilgan ishga firma haq to’lamaganidan norozilik; 


-
firmani qandaydir yangi tuzilayotgan firmaga raqib sifatida zaiflashtirish maqsadida 
qasos olish kabi yomon niyat. 
Raxbardan norozi xodim jamoa foydalanuvchi hisoblash tizimlariga eng katta
tahdidlardan birini tug’diradi. SHuning uchun ham xakerlar bilan kurashish agentligi 
individual Kompyuter sohiblariga jon deb xizmat ko’rsatadilar. 
professional xakerlar-hisoblash texnikasini va aloka tizimini juda yaxshi 
biladigan Kompyuter fanatlari (mutaassiblari) hisoblanadi. Tizimga kirish uchun 
professionallar omadga va farazga tayanmaydilar va qandaydir tartibni va tajribani 
ishlatadilar. Ularning maksadi-himoyani aniqlash va yo’qotish, hisoblash 
kurilmasining imkoniyatlarini o’rganish va maqsadiga erishish mumkinligi 
to’g’risida qarorga kelish. 
Bunday professional xakerlar kategoriyasiga quyidagi shaxslar kiradi: 
-
siyosiy maqsadni ko’zlovchi jinoiy guruhlarga kiruvchilar;
-
sanoat josuslik maqsadlarida axborotni olishga urinuvchilar;
-
tekin daromadga intiluvchi xakerlar guruhi. 
Umuman professional xakerlar xavf-xatarni minimallashtirishga urinadilar. 
Buning uchun ular birga ishlashga firmada ishlaydigan yoki firmadan yaqinda 
ishdan bo’shatilgan xodimlarni jalb etadilar, chunki begona uchun bank tizimiga 
kirishda oshkor bo’lish xavfi juda katta. Xaqiqatan, bank hisoblash tizimlarining 
murakkabligi va yuqori tezkorligi, xujjatlarni yurgizish va tekshirish usullarining 
muntazam takomillashtirilishi begona shaxs uchun xabarlarni ushlab kolish yoki 
ma’lumotlarni o’g’irlash maqsadida tizimga o’rnashishiga imkon bermaydi. 
professional xakerlar uchun yana bir qo’shimcha xavotir-tizimdagi bir 
kom’onentning o’zgarishi boshqa bir kom’onentning buzilishiga olib kelishi va 
xatardan darak beruvchi signalga sabab bo’lishi mumkin. 
Xakerlar xavf-xatarni kamaytirish maqsadida odatda moliyaviy va oilaviy 
muammolarga ega bo’lgan xodimlar bilan kontaktga kiradilar. Ko’’gina odamlar 
hayotida xakerlar bilan to’qnashmasliklari mumkin, ammo alkagolga yoki qimorga 
ruju qo’ygan xodimlar bilmasdan jinoiy guruh bi lan bog’langan qandaydir bir 
bukmekerdan qarzdor bo’lib qolishlari mumkin. Bunday xodim qandaydir o’yin-


kulgi kechasida suhbatdoshining professional agent ekanligiga shubha qilmagan 
holda ortiqcha ga’irib yuborishi mumkin. 

Yüklə 44,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin