xabar
muallifini soxtalashtirish
deyiladi;
• apellyatsiya qilishlik
— yetarlicha murakkab kategoriya, lekin elektron biznesda
keng qo’llaniladi. Kerak bo’lganda xabarning muallifi kimligini isbotlash
mumkinligi kafolati. Yukoridagidek, axborot tizimiga nisbatan quyidagicha tasnifni
keltirish mumkin:
• ishonchlilik
— tizim meyoriy va g’ayri tabiiy hollarda rejalashtirilganidek o’zini
tutishlik kafolati;
• aniqlilik
— xamma buyruqlarni aniq va to’liq bajarish kafolati;
•
tizimga kirishni nazorat qilish —
turli shaxs guruxlari axborot manbalariga xar
xil kirishga egaligi va bunday kirishga cheklashlar doim bajarilishlik kafolati;
•
nazorat qilinishi
— istalgan paytda dastur majmuasining xoxlagan kismini tulik
tekshirish mumkinligi kafolati;
•
identifikatsiyalashni nazorat qilish
— Hozir tizimga ulangan mijoz aniq o’zini
kim deb atagan bulsa, aniq o’sha ekanligining kafolati;
•
qasddan buzilishlarga to’sqinlik
— oldindan kelishilgan me’yorlar chegarasida
qasddan xato kiritilgan ma’lumotlarga nisbatan tizimning oldindan kelishilgan xolda
o’zini tutishi
Axborotni himoyalashning maqsadlari quyidagilardan iborat:
- axborotning kelishuvsiz chikib ketishi, ugirlanishi, yo’qotilishi, o’zgartirilishi,
soxtalashtirilishlarning oldini olish;
- shaxs, jamiyat, davlat xavfsizliligiga bulgan xavf – xatarning oldini olish;
- axborotni yo’q qilish, o’zgartirish, soxtalashtirish, nusxa kuchirish, tusiklash
buyicha ruxsat etilmagan xarakatlarning oldini olish;
- xujjatlashtirilgan axborotning mikdori sifatida xukukiy tartibini ta’minlovchi,
axborot zaxirasi va axborot tizimiga xar kanday nokonuniy aralashuvlarning
kurinishlarining oldini olish;
- axborot tizimida mavjud bulgan shaxsiy ma’lumotlarning shaxsiy maxfiyligini va
konfidentsialligini saklovchi fukarolarning konstitutsion xukuklarini himoyalash;
- davlat sirini, konunchilikka mos xujjatlashtirilgan axborotning konfidentsialligini
saklash;
- axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlovchi vositalarni yaratish, ishlab
chikish va qo’llashda sub’ektlarning xuquqlarini ta’minlash.
Nazorat savollari:
1.Axborot xavfsizligi tasir qiluvchi omillar ?
2.Axborotni ximoya qilish ?
Dostları ilə paylaş: |