–
Pul sanash kassasidan tushumni yig‘ishga doir hujjatlar operatsion bo‘lim-
buxgalteriya xodimi qo‘liga ish kuni boshlanish vaqtida kelib tushishi lozim.
Operatsiya kuni davomida inkassatsiya qilingan tushum hujjatlari tushum sanab
bo‘lingandan keyin, lekin 13.00 dan kechikmay kassadan olinadi. Kassa daftarlarini
kassa ma’lumotlari bilan solishtirish 15.00 gacha tugallanishi lozim.
–
Ish kunining ikkinchi yarmida mijozlardan qabul qilingan hisob-kitob, pul
hujjatlari to‘lov muddatlari arafasida qaydlov uchun rasmiylashtiriladi.
–
Mijozlardan hujjatlar butun ish kuni davomida qabul qilinadi.
–
Operatsion kun oxirigacha bankka kelib tushgan hujjatlar joriy kun balansi
bo‘yicha o‘tkaziladi.
–
Operatsion kun tugagandan so‘ng yoki kun oxirida topshirilgan hujjatlar
bankning keyingi ish kuni balansi bo‘yicha o‘tkaziladi.
-
Ish kuni yakunlanishiga kamida ikki soat qolganda inkassoga qabul qilingan
boshqa shaharlar bilan hisob-kitoblar bo‘yicha to‘lov talabnomalari to‘lovchilarga
xizmat ko‘rsatuvchi banklarga o‘sha kunning o‘zidayoq jo‘natiladi.
-
Mazkur bank mijozlarining hisobvaraqlari bo‘yicha summalarini kiritish va
olishi uchun hujjatlar bir operatsiya xodimlaridan boshqalarga berilishi
kechiktirilmasligi, ular kelib tushgani va hujjatlarga ishlov berilgani sayin topshirib
turilishi lozim.
-
Joriy kun operatsiyalari bo‘yicha hujjatlar hisob-kitob markaziga ular
bilan kelishilgan maxsus grafik bo‘yicha berilishi kerak.
-
Ekspeditsiya bo‘limiga hujjatlar ish kuni oxiriga kamida 1-1,5 soat
qolganda qabul qilish to‘xtatiladi.
Endi bank operatsiyalari bo‘yicha hujjatlar aylanishiga to‘xtalib o‘tamiz.
Bankning har bir operatsiyasi bo‘yicha hujjatlar aylanishining o‘z xususiyatlari bor
(naqd pulsiz, kassa, kreditlash). Kassa operatsiyalari bo‘yicha hujjatlar aylanishiga
ayniqsa alohida ahamiyat beriladi. Shuning uchun kassa operatsiyalari bo‘yicha
hujjatlar aylanishini ko‘rib chiqamiz.
1-rasm
Dostları ilə paylaş: