hujjatlarni rasmiylashtirib, kvitantsiyani mijozga qaytaradi.
5.
Order va kirim jurnali nazoratchiga qaytariladi.
6.
Nazoratchi kun oxirida kassa kirim jurnali ma’lumotlarini kassa kitoblari
bilan solishtiradi.
7.
Solishtirishdan so‘ng bu ma’lumotlar bank hisob markaziga (komputer
bo‘limiga) yuboriladi.
8.
Orderdagi ma’lumot shaxsiy hisobvaraqlarda aks ettiriladi va mas’ul
ijrochiga beriladi.
9.
Mas’ul ijrochi shaxsiy hisobvaraqdan ko‘chirma
bilan orderni birgalikda
mijozga berishga tayorlaydi.
Qolgan operatsiyalar bo‘yicha hujjatlar aylanishi alohida xususiyatlarga ega
bo‘lib, ularni tegishli mavzularda alohida ko‘rib chiqamiz.
3. Buxgalteriya hujjatlarini saqlash tartibi.
Banklar buxgalteriya hujjatlarini but saqlanishini ta’minlashlari shart.
Buxgalteriya hujjatlarini saqlash yuzasidan belgilangan tartibga rioya etilishi hamda
bu ishlar to‘g‘ri tashkil qilinishi uchun javobgarlik banklar rahbarlari va bosh
buxgalterlari zimmasiga yuklatiladi. Rahbar va bosh buxgalter bank xodimlariga yo‘l-
yo‘riqlar ko‘rsatishi, xodimlarga hujjatlarni javonlar va
boshqa omborlarda saqlash
uchun muayyan joylarni ajratib berishi va biriktirib qo‘yishi, zarur hollarda hujjatlarni
bexatar joylarga olib chiqish tartibi va navbatini belgilashi lozim.
Banklarda har kuni bank amaliyoti kuni tugallanganidan keyin axborotlar
o‘rnatilgan tartibda arxivlanadi. Bank amaliyot kuniga tegishli buxgalteriya hujjatlari
ularni ularning saqlash muddatlari bo‘yicha alohida yig‘majildlarga tikilgan holda
saqlanadi. Hujjatlarni tayyorlash bilan yig‘majildlarni
rasmiylashtirish vazifasi
topshirilgan xodim shug‘ullanadi.
Kunlik yig‘majildga quyidagi hujjatlar tikiladi:
–
bank mijozlari to‘lov hujjatlarining hamda qisman amalga oshirilgan
to‘lovlarda, shuningdek, bank mijozlar bilan shartnomada belgilangan hisob- kitoblar
bo‘yicha amalga oshirilgan to‘lovlar uchun qo‘llanilgan memorial orderlarning
birinchi nusxasi;
–
Bank-mijoz dasturiy majmuasi bo‘yicha amalga oshirilgan to‘lov
hujjatlarining ro‘yxati;
–
banklararo va filiallararo to‘lovlar bo‘yicha bank hisobvaraqlarining
kreditlanishiga asos bo‘lgan elektron to‘lov hujjatlarning ro‘yxati;
–
bankning ichki hisobvaraqlari bo‘yicha amalga
oshirilgan operatsiyalari
uchun asos bo‘lgan memerial orderlar ro‘yxati;
–
ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari bo‘yicha amalga oshirilgan
operatsiyalar uchun asos bo‘lgan memorial orderlarning mas’ul ijrochilar bo‘yicha
tuzilgan ro‘yxati;
–
kunlik balans hisoboti va hisobvaraqlar bo‘yicha aylanma va qoldiq
summalar;
–
kunlik buxgalteriya jurnali.
Hujjatlar ro‘yxati kunlik buxgalteriya jurnalining tegishli qismidan dasturiy yo‘l
bilan olinadi.
Taxlanib tikilgan (broshyuralangan) hujjatlar kunlik buxgalteriya jurnalidagi
ro‘yxat bilan solishtirilib chiqiladi va ularning summasi aylanmalarining yig‘ma
ma’lumotlarini aylanmalar yakunlari bilan taqqoslanadi. Bosh buxgalterning xohishiga
ko‘ra, axborotni shaxsiy komputerga kiritish uchun tayyorlangan hujjatlar bog‘lamlari
shakllantirilishi mumkin. Bunda hujjatlar yig‘majildiga ularni dasturiy yo‘l
bilan
chiqarilgan ro‘yxati (kunlik buxgalteriya jurnali)ning tegishli qismi bilan
joylashtiriladi.
Taxlangan hujjatlarga shu hisobvaraqni yurituvchi mas’ul ijrochi buxgalteriya
xodimi imzolagan kunlik buxgalteriya operatsiyalari ro‘yxatining tegishli qismi ilova
qilinadi. Agar hujjatlar dastalangan bo‘lsa, ular dastalarni mas’ul ijrochi buxgalterlar
qirqimi bo‘yicha kunlik buxgalteriya jurnaliga qarab hisoblab chiqilishi mumkin, biroq
bu hujjatlarni tayyorlagan xodim kun davomida o‘tkazilgan buxgalteriya
operatsiyalariga doir barcha hujjatlarning shu dastada borligiga
ishonch hosil qilishi
kerak.
Hujjatlarni tayyorlash topshirilgan mas’ul xodim ilovasi bor bo‘lgan hujjatlarda
bu ilovalar qanchaligi ko‘rsatilganini va ular haqiqatan ham mavjudligini sinchiklab
tekshirishi lozim.
Yakunlangan kun hujjatlari keyingi bank ish kundan kechiktirilmay, yuqorida
qayd etilgan tartibda rasmiylashtirilishi lozim. Qoida bo‘yicha
bu hujjatlar har kuni
tayyorlanadi. Muqovada buxgalteriya hujjatlari soni va umumiy summasi bo‘yicha
ma’lumotlarni tayyorlagan xodim, bosh buxgalter yoki uning o‘rinbosari imzolari bilan
tasdiqlanadi.
Buxgalteriya hisobiga tegishli barcha materiallar (o‘tgan oylar uchun)
buxgalteriya hujjatlari bank arxiviga topshirilgunga qadar, buxgalteriyaning stellajlar
va temir javonlar bilan jihozlangan joriy arxiv hujjatlar but saqlanishi uchun javob
beradigan maxsus ajratilgan xodim qo‘l ostida bo‘ladi.
Agar omborda joy yetmasa, aynan shu xodim buxgalteriyadagi temir javonlarda
saqlanadigan hujjatlarning daxlsizligiga javob beradi.
Omborda va joriy arxivda saqlanayotgan buxgalteriya hujjatlarga doir
ma’lumotlar kassa hujjatlari bo‘yicha javobgar xodim huzurida, bosh buxgalter yoki
uning o‘rinbosari (bo‘lim boshlig‘i) imzolagan talabnomalar asosida olinadi. Ma’lumot
olish uchun ruxsat berilgan bank xodimi kassir yoki joriy arxivni boshqaruvchi xodim
kuzatuvida ishlashi lozim. Hujjatlar uchun javobgar shaxslar ma’lumot olishga ruxsat
berilgan xodimlar tomonidan hujjatlarga biror-bir tuzatishlar va yozuvlar
kiritilmasligini kuzatib turishlari shart.
Ombor va joriy arxivdan kirim-chiqim hujjatlari
bosh buxgalterning yozma
ruxsati bo‘yicha beriladi. Kun oxirida hujjatlar qaytarilishi shart.