2-mavzu: Bog‘lanishli nutq. Og‘zaki qayta hikoya qilish va yozma bayon.
Reja:
1.
Bog‘lanishli nutq
2.
Og‘zaki qayta hikoya qilish va yozma bayon.
3.
Namunaviy matnni qayta hikoyalash va bayon yozishga qo‘yilgan talabalar
Tayanch tushunchalar:
bog’lanishli nutq, og’zaki qayta hikoya, bayon, og’zaki
va yozma bayon.
Namunaviy matn og'zaki va yozma qayta hikoya qilinadi. O'qish darslarida
asosan og'zaki
qayta hikoyalash mashq qilinsa, ona tili darslarida u ko'proq
yozma tarzda o'tkaziladi. Bayon o'qib berilgan namunaviy matn mazmunini
ma’lum tayyorgarlikdan so'ng yozma qayta hikoyalashdir. O'qish darslarida
matn ustida ishlash, o'qilgan matn yuzasidan savollarga javob berish, reja tuzish
va reja asosida og'zaki qayta hikoyalash bolalarni bayon yozishga tayyorlaydi.
Qayta hikoyalashning turiari xilma-xildir. Har qanday qayta hikoya qihngan
matn yuzasidan bayon yozish mumkin, ammo bayon yozish og'zaki
qayta
hikoyalashga nisbatan qiyin va murakkab faoliyatdir.
Bundan tashqari, boshlang'ich sinf o'quvchilarining yozish sur’ati sekin, shunga
ko'ra bayon uchun kichik hajmdagi, kompozitsiyasi sodda, til tomondan ham
mos matn tanlanadi. Bayon matni asta-sekin murakkablashtira boriladi: awal
hikoya tarzidagi bir lavhani ifodalovchi matn tanlansa, unga yana lavhalar,
tasvir
elementlari kiritila boriladi, qatnashuvchilar soni orttiriladi, muhokama
elementlari ham qo'shiladi; keyinroq shaxsini o'zgartirib bayon yozishga o'tiladi.
Shunday qilib, bayon asta-sekin ijodiy tus ola boradi.
Boshlang'ich sinflar ona tili dasturiga ko'ra, 2-sinfda katta bo'lmagan (30—40 so'zli)
matn yuzasidan o'qituvchi yordamida so'roqlar asosida bayon yozish, 3-sinfda
40—60 so'zdan iborat matnning mazmunini jamoa bo'lib tuzilgan 3—5 ta reja
asosida bayon yozish, 4- sinfda esa mustaqil tuzilgan reja asosida (70-90 so'zli)
bayon yozish ko'zda tutiladi.
Mashq sifatida bayonning ahamiyati katta: bayon bolalarda adabiy nutqni to'g'ri
shakliantirishga yordam beradi,
nutq madaniyatini yaxshilaydi, badiiy uslubni
singdiradi, tilga sezgiriikni oshiradi. Bayon uchun kishilarning fidokorona mehnati,
hayotini, ona tabiat tasvirini, fan, texnika, madaniyat borasidagi yutuqlarni aks
ettiradigan yuksak g'oyali matn tanlanishi, bayon mavzusi o'quvchilarning bilish
tajribasini kengaytirishi, ularning dunyoqarashini shakllantirishi zarur.
Qayta hikoyalash va bayonda bolaning
tabiiy nutqi eshitilishi, ya’ni berilgan
namunani tushunmasdan yodlamasligi, namuna leksikasidan, nutq biriikJaridan,
sintaktik qurilishidan foydalana olishi zarur. Til vositalari matnni o'qish, suhbat,
matn tahlili davomida o'zlashtiriladi; matndagi so'zlar va nutq biriiklari bolalarning
„o'ziniki“ bo'lib qoladi. Qayta hikoyalashda namunadagi u yoki bu gapni bola
esga tushirishga harakat qiladi, o'zlashtirgan mazmunni to'liqroq,
aniqroq berish
uchun gaplar tuzadi. Bu bilan o'quvchining mustaqillik darajasi va bilish faolligi
o'sadi, ijodiy elementlar qo'shila boradi.
Qayta hikoyalashda namunadagi izchillik, bog'liqiik saqlanishi, asosiy faktlar
berilishi, ayniqsa, ilmiy matnni qayta hikoyalashda barcha muhim o'rinlar to'iiq
bayon qihnishi zarur. Vaqti-vaqti bilan ilgari eshitilgan, o'qituvchi o'qib bergan
yoki radio, televizordan yozib olingan matnni
qayta hikoyalatish, o'quvchi bir
marta ovoz bilan yoki ichda o‘qigandan so‘ng qayta hikoyalatishdan
foydalanishni tajribada qo‘llab turish ham mumkin. Bu ishni turli xil uslublarda
olib borish imkoniyatini yaratadi va uni jonlantiradi. O'quvchilar matnni to'liq qayta
hikoya qilishga o'rganganlaridan so'nggina matnni qisqartib qayta hikoyalashga
o'rgatiladi. Qisqartirib qayta hikoyalash, o'z navbatida, matn rejasini tuzish,
ya’ni matn qismlariga sarlavha topish bilan bog'liq,
asarning asosiy mazmunini
qisqa ifodalash esa matn ustidagi analitik-sintetik ishlarning natijasidir.
Ba’zan o'quvchilar asarning asosiy mazmunini (g'oyasini) qisqa, bir gap bilan
ifodalashga o'rgatilgach, matn rejasini tuzishga, keyin matnni qisqartib qayta
hikoyalashga, undan so'ng matn mazmunini to'iiq qayta hikoya qilishga
o'rgatilishi ham mumkin.
Ko‘pincha qayta hikoyalashga maxsus tayyorgarlik ko'riladi, bunda quyidagilarga
rioya qilinadi:
1. Qayta hikoyalash va uning turi haqida 0‘quvchilar ogohlantiriladi: to‘liq, detallari
bilan, tilning tasviriy vositalaridan foydalanib matnga yaqin qayta hikoyalash;
taniab masalan, bir qatnashuvchi shaxsga tegishli o‘rinlarinigina)
qayta
hikoyalash, qisqartib qayta hikoyalash.
2. Suhbat, matn mazmunini tahlil qilish, matn tili ustidagi xilma- xil ishlar,
qayta hikoyalashda zarur bo‘lgan so‘z, nutq biriiklari va gaplarni ajratish va
aniqlash.
3. Qayta hikoyalashda ifodalilikni berish uchun ifodali o‘qishni puxtalash.
4. Hikoyani mantiqiy va kompozitsion qismlarga bo‘Iish, har bir qismga
sarlavha topish, matnni qayta hikoyalashga mo‘ljallangan rejani tuzish.
5. Matn qismlarini qayta hikoyalash, uning kamchiliklarini tahlil qilish.
6. O‘quvchilarning hayotiga bog'lash (o‘rni bilan), ya’ni o‘qilgan matn
mazmuniga bog‘liq holda o‘quvchilaming shaxsiy tajribasida uchraydigan va
uchragan analogik holatga e’tibor berish.
Boshqacha qilib aytganda, har bir
darsda m a’lum ta’lim maqsadi asosida qayta hikoyalashga muntazam o‘rgatib
borish zarur.