To‘liq yoki matnga yaqiniashtirib qayta hikoyalash va bayon
Qayta hikoya
qilish va bayonning bu turi boshqa turlariga nisbatan boshlang'ich sinflarda ko‘p
O‘tkaziladi, chunki bu o‘qilgan matnni butun detallari va bog‘lanishlari bilan
bolalar yodida mustahkamlash, namunaviy matnning mazmuni va tilini
o'zlashtirish vositasi bo‘lib ham xizmat qiladi. Bolalar tez yodlab oladigan kichik
matnni, she’riy misralarni buzmaslik uchun she’rni, ayniqsa, butun bir poetik
obrazni tasvirlovchi link she’mi liikoya qilish tavsiya etilmaydi.
To‘liq hikoya qilish
uchun dastlab aniq sujetli, hikoya uslubida yozilgan
matn tanlanadi, keyin bolalar hikoyaga tasviriy (tabiat tasviri, kishilar va
boshqa predmetlarning tashqi ko'rinishi tasviri) va muhokama elementlarini
kiritishni o'rganadilar.
Hikoya qilishga oVgatish vaqtida o'quvchilarni ,,Bu fikr yozuvchi asarida
qanday ifodalangan?" savoliga javob berishga o'rgatish maqsadga muvofiqdir.
Bola hikoya qilishga qiziqsa, agar hikoyani o'qituvchigina emas, sinfdagi barcha
bolalar eshitsa, bunday hikoyalash jonli va qiziqarli bo'ladi. Hikoya qilishga
o'quvchilarning qo'shimchasi, ma’lum qismini qayta hikoya qildirish,
hikoyachini rag'batlantirish sinfda ijodiy uhitni vujudga keltiradi.
Matnga yaqin hikoya qilish
da savollar matn mazmunigagina qaratilmasligi,
o'quvchilar mustaqillik darajasini pasaytiradigan matn mazmuni yuzasidan
beriladigan savollarni asta-sekin kamaytira borish, bolalarni kengroq,
umumiyroq savollarga javob berishga o'rgata borish zarur.
To'iiq hikoya qilishda hikoyani qanday boshlashni bilmaslik, ya’ni boshlanishi
berilgan matn mazmunini davom ettira olmaslik, to'iiq bayon qila olmaslik yoki
noto'g'ri bayon qilish, bayon tilining kambag'alligi kabi kamchiliklar uchraydi.
Hikoya qilishdagi ikkinchi kamchilikni yo'qotish, uning oldini ohsh uchun matn
butunicha puxta tahlil qilinadi, ko'pincha asosiy mazmunni ifodalaydigan qismi
alohida tahlil qilinadi. Bunday kamchilikni yo'qotishga matnni qismlarga bo'lish,
har bir qismga sarlavha topib, matn rejasini tuzish va reja asosida hikoya qilish
ham yordam beradi. Bunda taniab hikoya qilish (hikoya qilishning o'zaro uzviy
bog'langan boshqa turiari ham) yordamchi vazifani bajaradi. Tilda kambag'allikka
yo'l qo'ymaslik uchun lug'at, tasviriy vositalar va gap ustida izchil ishlab borish
talab etiladi.
To'iiq yoki matnga yaqin bayon yozish savod o'rgatish davridanoq boshlanadi
va barcha sinflarda o'tkaziladi. Bolalarni o'z fikrini mustaqil yozishga (o'qilgan
matnni hikoya qilishga) o'rgatishni, iloji boricha, erta boshlash ma’qul. Buning
uchun o'quvchilar og'zaki hikoya qilayotganda qo'llagan alohida so'zni yozishdan
gapni yozishga, so'ng matn qismlarini yozishga va 2-sinfdan boshlab maxsus
taniangan kichik matn asosida bayon yozishga o'rgatiladi.
Ish quyidagicha uyiishtiriladi; bayon uchun taniangan matnni o'quvchilar bir-
ikki marta o'qiydilar (o'qituvchi o'qib berishi ham mumkin); bolalarning matn
mazmunini to'g'ri tushunganliklarini aniqlash, o'qilgan matnni, uning g'oyaviy
mazmunini, qismlari orasidagi bog'lanishni to'iiq bilib olishga qaratilgan suhbat
o'tkaziladi; matn rejasi tuziladi (reja suhbat vaqtida tuzilishi ham mumkin); lug'at
ishi o'tkaziladi (so'zning ma’nosi va yozilishi tahlil qilinadi), miihimroq sintaktik
tuzilmalarga va tilning tasviriy vositalariga diqqat jalb qilinadi. Ayrim gaplar,
hatto matn qismlari tuzdiriladi; o'quvchilar bayon matnini mustaqil yozadilar,
o'qituvchi esa ular ishini kuzatadi, sinfdagi boshqa o'quvchilarga xalaqit bermay
ayrim bolalarga individual yordam beradi; bolalar yozgan bayonlarini o'zlari
tekshiradilar, takomillashtiradilar va daftarni tekshirish uchun o'qituvchiga
topshiradilar.
O'quvchilar yozgan bayon muhokama qilinayotganda, ular yozgan matnni bayon
matniga qiyoslash maqsadga muvofiq bo'lib, bu ish mazmunda va bolalar
bayoni tilida yo'l qo'yilgan kamchiliklarni aniqlashga yordam beradi.
Taniab hikoya qilish va bayon. Taniab hikoya qilish matndan tor mavzuga,
o'qituvchining topshirig'iga oid qismini taniab qayta hikoyalashdir. Masalan,
o'qilgan matndan faqat personajning tashqi ko'rinishi tasvirlangan qismnigina
qayta hikoya qilish, faqat ikki personajning uchrashish manzarasini qayta
hikoyalash, faqat tabiat tasvirini hikoya qilish va boshqalar.
Taniab qayta hikoyalashning quyidagicha turiari mavjud:
1. O'qilgan matn qismini yoki bir voqeani unga chizilgan rasm asosida hikoya
qilish.
2. O'qituvchi topshirig'i yoki berilgan savol asosida alohida lavhani hikoya qilish.
3. Berilgan mavzu bo'yicha matnning turli qismlaridan olingan parchalarni
hikoya qilish. Bu ish taniab hikoya qilishning murakkabroq turi hisoblanadi.
Taniab hikoya qilish uchun o'quvchi matnni boshidan oxirigacha qayta o'qib
chiqishga yoki yodga tushirishga, kerakli materialni yig'ishga to'g'ri keladi.
Buning uchun o'quvchilarga matnni ichda o'qish topshiriladi yoki ovoz bilan
taniab o'qish topshirig'i beriladi.
Bunday taniab hikoya qilish ba’zan yozma bayon sifatida ham o'tkaziladi.
Qisqartirib qayta hikoyalash va bayon. Matn mazmunini qisqartirib qayta hikoyalash
va bayon yozish murakkab mantiqiy usullardan foydalanishni talab qiladi, shuning
uchun ham u to'iiq yoki matnga yaqin qayta hikoyalash va bayonga nisbatan qiyin.
Bunda matndan ikkinchi darajah o'rinlarni tushirib qoldirib, asosiy, muhim
o'rinlar taniab olinib, hikoya qilinadi. Buning uchun o'quvchining o'zi matnning
asosiy mazmunini aniqlashi, bog'lanishli, izchil qayta hikoyalashi, uning hikoyasi
matnni qisqartish tarzida bo‘]mas]jgi, o‘zlashtirilgan matnning asosiy mazmunini
o‘z so'zlari bilan bera olishi zarur. Qisqartirib qayta hikoyalashga o'rgatish uchun
bayon mazmunini qisqartirib tuzish oson bo'lgan hikoya tarzidagi matn tanlash
tavsiya etiladi. Qisqartirib qayta hikoyalash elementlari 1-sinfdan kiritiladi.
O'qilgan matnni tahlil qilish jarayonida o'quvchilardan uning bir qismini qisqa —
bir gap bilan aytish so'raladi. Keyin o'quvchilarga matnning ikki qismini, nihoyat,
butun matnni qisqartib qayta hikoyalash tavsiya etiladi.
Qayta hikoyalash bog'lanishli nutqni o'stirishning zaruriy bosqichidir.
Boshlang'ich sinflar ona tili dasturiga ko'ra, matn mazmunini qisqartirib bayon
yozishni 3-sinfda o'rgatish ko'zda tutiladi. Qisqartirib bayon yozishga tayyorgarlik
matn qismlariga sarlavha topish, matn rejasini jamoa bo'lib tuzish bilan bog'liq
holda 2-sinfdan boshlanadi.Qisqartirib bayon yozish uchun o'qituvchi yoki
o'quvchilarning o'zlari matnni bir-ikki marta o'qiydilar, so'ng matn mazmuni
yuzasidan suhbat o'tkaziladi va yoziiadigan asosiy fikr hamda tushirib
qoldiriladigan o'rinlar ajratiladi. Qisqartirib bayon yozishga og'zaki tayyorgarlik
jarayonida matn rejasi tuziladi, lug'at ustida ishlanadi, gap va matnning ayrim
qismlari tuzdiriladi. Og'zaki qisqa qayta hikoyalashdan matnni qisqartib bayon
yozishga o'tiladi. Qisqartib bayon yozishga og'zaki tayyorgarlik mashqiari asta
kamaytirilib boriladi.
Ijodiy qayta hikoyalash va bayon. Metodikada ijodiy qayta hikoyalashning bir
necha turi ajratiladi. Boshlang'ich sinflarda ijodiy qayta hikoyalashning quyidagi
turlaridan foydalaniladi:
J. Shaxsini o'zgartirib qayta hikoyalash va bayon. Boshlang'ich sinflarda I shaxs
tilidan berilgan hikoyani III shaxs tilidan qayta hikoya qilishdan ko'proq
foydalaniladi, ijodiy qayta hikoyalashning bu turida o'quvchilar hikoyadagi gaplarni
qayta tuzadilar. Masalan, I shaxs tilidan berilgan matnni o'quvchilar III shaxs
tilidan qayta hikoya qilishlari uchun o'qituvchi rahbarligida gapning kesimini
o‘zgartiradilar, unga mos ravishda gapning o'zini qayta tuzadilar; hikoya qiluvchi
shaxsning nomini va и yoki ular so‘zini ishlatadilar. Shaxsini o'zgartirib qayta
hikoyalash va bayon yozish o'qish darslarida olib borilgan bunday og'zaki
tayyorgarlikning davomi sifatida o'tkaziladi.
2. Hikoyada ishtirok etuvchi biror persona] tilidan qayta hikoya qilish.
3. Matnni ijodiy toHdirib qayta hikoyalash. O'quvchilar hikoya mazmunini,
sharoitini yaxshi tushunsalargina, uni ijodiy to'ldirib qayta hikoyalay oladilar. Ijodiy
qayta hikoyalashning bu turi ham ko'pincha og'zaki tarzda o'tkaziladi.
4. So‘z bilan tasvirlash yoki sahnalashtirish. Ijodiy qayta hikoyalashning bu
turi savollar yoki quyidagi kabi topshiriqlarni bajartirish asosida o'tkaziladi:
,,Siz shu vaziyatda o'zingizni qanday sezasiz? Bular rasmda tasvirlangan deb
o'ylang. Shu voqealar ko'z oldingizdan o'tyapti, siz ko'ryapsiz, eshityapsiz va
o'zingiz tasvirlayapsiz deb o'ylang". O'quvchilarga topshiriq sifatida matndagi
tabiat tasviri, qahramonlaming tashqi ko'rinishi, portretini so'z bilan tasviriash
berihshi mumkin. Bu asosan og'zaki bajariladi, ayrim hollardagina bayon
shaklida yozdiriladi.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar
1. Qosimov K. va boshqalar. Ona tili o‘qitish metodikasi. –T.: Nosir, 2009.
2. Qosimov K. Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi. –T.: O‘qituvchi,
1995.
3.Roziqov O. va boshqalar .Ona tili didaktikasi –T.: Yangi asr avlodi, 2005
Dostları ilə paylaş: |