2-Mavzu: Bolalar psixologiyasi fanining metodlari Reja: Bola psixikasining o‘rganish prinsiplari



Yüklə 265 Kb.
səhifə8/13
tarix18.12.2022
ölçüsü265 Kb.
#76192
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
2-Mavzu Bolalar psixologiyasi fanining metodlari Reja Bola psi

ksperiment. Eksperiment - ilmiy bilishning asosiy metodlaridan biri. Uniig kuzatishdan asosiy farqi shundaki, unda tadqikotchi o’rganilayotgan vaziyatga faol ta’sir ko’rsatadi, bir yoki bir necha o’zgaruvchilar bilan manipulyatsiyalarni amalga oshiradi. Eksperimentda psixik xususiyatlar maxsus sharoitlarda o’rganiladi.
  • Eksperimentning ikki turi ajratiladi: laboratoriya eksperimenti va tabiiy eksperiment. Laboratoriya eksperimenti maxsus jixozlangan joylarda, kattiq nazorat
    • ostida amalga oshiriladi. Tabiiy eksperiment esa sinaluvchi uchun odatiy bulgan sharoitga yakin sharoitda utkaziladi va unda sinaluvchi eksperiment ob’ekti ekanini bilmaydi. Bu xolat laboratoriya eksperimentida vujudga keladigan emotsional zurikish, tadkikot natijalarini o’zgartirib yuborishga intilish kabi sinaluvchiga xos xususiyatlarni bartaraf etish imkonini beradi.
    • Masalan, maktabgacha yoshdagi bolaning xotirasini o’rganish uchun uni aloxida xonaga olib chiqib, shu yerda unga bir kator so’zlarni o’qib berib, so’ngra qaytarishni talab qilish mumkin. Ammo mazkur sharoit bola uchun odatiy emas. Shuning uchun bolaning ichki emotsional zurikishi (xavotirga tushishi, shubxalana boshlashi va xokazo) unga topshirikni imkoniyatlari darajasida bajarish uchun yo’l qo’ymaydi.
    • Demak, eksperimentdan olingan natijalarni xaqqoniy deb bo’lmaydi. Bordi-yu, bola bilan o’yin o’ynab, unga xaridor rolini berib aytilgan narsalarni «do’kondan» xarid qilish vazifasi topshirilgan bo’lsa, u olib kelgan narsalariga qarab nimani eslab qolganini, nimani unutganini aniqlash qiyin emas. Demak, shunday shaklda tabiiy eksperiment natijalari ancha xaqqoniy bo’ladi.
    • Rejalashtirish bos-kichida tadqikot mak-sadini, sinaluvchilar tarkibini anik, bel-gilash, eksperimentda ishlatiladigan meto-dikalarni, eksperi-mentni utkazish
    • sharoitini (joy va vaktini) aniklashtirish, barcha sharoitlarni oldindan yaratib kuyish zarur;
    • Eksperimental tadqiqotni tashkil etish va amalga oshirishda bir kator talablarga rioya etish kerak. Ushbu talablar G.U.Uruntaevava Yu.A.Afonkina tomonidan tizimlashtirilgan bulib, ular kuyidagilardan iborat:
    • Eksperimentni utkazish jarayonida tadkikotda ishtirok etayotgan bola bilan uzaro ishonchga asoslangan munosa-batni urnatish, mu-lokotga dustona, ilik oxang baxsh etish, bolani uz oldiga utkazish, bolaning xa-tolariga ortikcha e’tibor bermaslik, 10 bolaning individual psixologik xususiyatlariga moslashtirish zarur.
    • Bola bilan o’tkazilayotgan eksperiment uzoq davom etmasligi, unga eksperiment jarayonida uzgarishlar kiritmaslik kerak. Odatda eksperimentda tadkikotchidan tashqari eksperiment bayonnomasini tushuvchi shaxs xam ishtirok etadi. Eksperimentning yana ikki turi aniklovchi eksperiment va shakllantiruvchi eksperiment xam ajratiladi. Aniklovchi eksperimentda bola psixik tarakkiyotiga xos muayyan xususiyatlar qayd etiladi. Masalan. ota-onalar o’rtasidagi nizolarning bola emotsional xolatiga ta’sirini aniklash mumkin. Buning uchun nizoli oilada voyaga etayotgan bolalarni aniklash va ularning emotsional soxasini o’rganish xamda olingan natijalarni boshqa bolalarning natijalari bilan solishtirish kerak buladi. Natijada shunday xodisa - ota-onalarning o’zaro nizosi va bola emotsional rivojlanishi o’rtasida aloqadorlik mavjudligi ta’kidlanadi. Shakllantiruvchi eksperimentda sinaluvchiga faol ta’sir ko’rsatilishi oqibatida unda ro’y beradigan o’zgarishlar aniqlanadi. Masalan, ota-ona o’rtasidagi munosabatni yaxshilash bola emotsional soxasiga qanday ta’sir ko’rsatishini aniqlash mumkin.
    • Buning uchun ota-onasi o’rtasidagi munosabat yaxshilangan bolalar emotsional soxasiga xos xususiyatlar bilan ota-onasi o’rtasidagi munosabat nizoli bulib kolayotgan bolalar emotsional xususiyatlarini o’zaro solishtirish yoki bolaning avvalgi emotsional xususiyatlari bilan keyingilarini o’zaro qiyoslash mumkin.
    • Shuningdek ayrim o’rinlarda nazorat eksperimenti xam ajratiladi. Bu eksperiment ko’p jixatdan aniqlovchi eksperimentga o’xshab ketadi. Uni o’tkazishda ko’zlangan maqsad faol ta’sir ko’rsatilgan guruxdagi uzgarishlarda aynan ta’sirning roli qanday bo’lganini aniklashdan iborat. Buning uchun faol ta’sir ko’rsatilgan gurux bilan xech qanday ta’sir ko’rsatilmagan nazorat guruxining natijalari o’zaro solishtiriladi. Agar o’rtadagi farq ancha sezilarli bo’lsa, demak, bi-rinchi guruxdagi o’zgarishlarga aynan o’tkazilgan ta’sir sabab bo’lgan degan xulosaga kelinadi.
    • Tajriba metodi o‘z navbatida tabiyva laboratoriya metodlariga ajratiladi. Tabiiy metod psixologik-pedagogik masalalarni hal qilishda qo‘llanadi. Bu metodning ilmiy asoslarini 1910 yilda A.F. Lazurskiy ta’riflagan. Tabiiy metoddan foydalanishda ishlab chiqarish jarayonlari a’zolarining, ilmiy muassasalar xodimlarining, o‘qituvchilar, keksaygan kishilarning psixologik o‘zgarishlari, o‘zaro munosabatlari, ish qobiliyatlari, mutaxassislikka yaroqliligi muammolarini hal qilish nazarda tutiladi. Tabiiy sharoitdan inson psixikasini o‘rganishda sinaluvchilar (bog‘cha bolalari, maktab o‘quvchilari, ishchilar, dehqonlar, xodimlar va hakozolar) ning o‘zlari bexabar bo‘lishi, ta’lim jarayonida berilayotgan bilimlar tadqiqot maqsadiga muvofiqlashtirilishi, katta yoshdagi odamlarga tarbiyaviy ta’sir o‘tkazin kundalik mehnat tarzi doirasida amalga oshirilishi, javob va fabrika esa moddiy mahsulot ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilishi lozim. Laboratoriya (klinika) metodi ko‘pincha individual (goho guruh va jamoa shaklida sinaluvchilardan yashirmay, maxsus psixologik asboblar, yo‘l-yo‘riqlar, tavsiyalar, ko‘rsatma va ilovalardan foydalanib olib boriladi. Hozir inson psixikasidagi o‘zgarishlarni aniqlaydigan asboblar, murakkab elektron hisoblash mashinalari (displeyrlar, Qurilmalar, moslama va jixozlar, xolatlar, funksiyalar, vujuga kelayotgan yangi sifatlarni qayd qilish va o‘lchashda qo‘llanadi. Ko‘pincha detektorlar, elektron va radio o‘lchagichlar, sekundamer, refleksometr, xronorefleksometr, lyuksmetr, anomaloskon, tahistakop, audnometr, esteziometr, eletrominogramma elektroensifi-logramma kabilardan foydalaniladi. Laboratoriya metodi yordami bilan diqqatning sifatlari, sezgi, idrok, xotira va tafakkurlarning xususiyatlari, emotsional hamda irodaviy va aqliy zo‘riqish singari murakkab psixik holatlar tekshiriladi. Ko’pincha laboratoriya sharoitida kishilar (uchuvchi, shofyor, operator, elektronchilar) va kutilmagan tasodifiy vaziyatlar (halokat, portlash, izdan chiqish, shovqin ko‘tarilishi) ning metodlari yaratiladi. Asboblarning ko‘rsatishi bo‘yicha o‘zgarishlar, rivojlanish dinamikasi, jismoniy va aqliy toliqish, emotsional-irodaviy, asabiy zo‘riqish, jiddiylik, tanglik qanday sodir bo‘layotganini ifodalovchi ma’lumotlar olinadi. Tajriba aniqlovchi, tarkib toptiruvchi (tarbiyalanovchi) va tekshirish qismlariga bo‘linadi. Tajribaning aniqlovchi qismida psixik xususiyat, jarayon yoki xolat, o‘yin, mehnat, o‘qish kabi faoliyatlarda tadqiq qilinadi. Tadqiqot ob’ektining aynan shu paytdagi holati, imkoniyati aniqlanadi, lekin tekshiruvchi
    • sinaluvchiga ta’sir o‘tkazmaydi. Shu pallada sinaluvchiga hatto, yo‘lovchi savollar bilan ham yordam bermaslik tajribaning prinsipi hisoblanadi.

    • Yüklə 265 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin