2-mavzu: Bolalarni ijtimoiy-hissiy rivojlanishi (2 soat)


Bolada ,,Men’’ konsepsiyasini tarbiyalash



Yüklə 33,85 Kb.
səhifə3/3
tarix02.01.2022
ölçüsü33,85 Kb.
#35109
1   2   3
3.2. 2 Amaliy matni

3. Bolada ,,Men’’ konsepsiyasini tarbiyalash.

Men” konsepsiyasi”(inglizcha self-concept) – insonning o’zi haqidagi tasavvurlarining rivojlanib boruvchi tizimi, uning tarkibiga: a) o’zining jismoniy, intelektual, xarakterologik, ijtimoiy va boshqa xususiyatlarini idrok qilish; b) o’z-o’ziga baho berish; v) shaxsiyatga tasir o’tkazuvchi tashqi omillarni subyektiv idrok etishkiradi. “Men” konsepsiyasi tushunchasi 1950- yillarda fenomenologik, gumanistik psixologiya yo’nalishlari ichida paydo bo’lgan. (A.Maslou, K.Rodjers), bixeviorist va freydistlarga ko’ra, insonning “Men”i uning axloq va rivojlanishning asosiy omili sifatida umumiy ko’rib chiqishiga intilishgan. “Men” konsepsiyasi shakllanishiga simvolik interaksionizm (Ch.Kuli, D.Mid) va identifikatsiyalash konsepsiyasi (E.Erikson) muhim ta’sir ko’rsatgan. Biroq birinchi nazariy ishlanmalar shu yo’lda U.Djeyms tomonidan olib borilgan. U birinchi bo’lib, shaxsning global “Men” ni (Self) o’zaro bog’langan “Men-yaratuvchi” (I) va “Men-obyekt”ga (Me) bo’lgan.

“Men” konsepsiyasini ko’pincha yo’naltirilgan tushunchalar sifatida aniqlanadi, uning ichida uchta tarkibiy qisimlarni ajratadi;


  1. Kongnitiv qism – “Men” qiyofam (ingl. Self-image), o’z ichiga shaxsning o’zi haqida taassurotni qamrab oladi;

  2. Emotsional-qadriyatlar (affektiv) –o’ziga shaxs sifatida, o’z faoliyatiga bo’lgan munosabati. Bu tarkibiy qism, boshqacha aytganda, o’z-o’ziga baho berish tizimini ichiga o’zini baholash tizimi (angl. self-esteem) kiradi;

  3. Axloqiy fe’l-atvor qism, bu kognitiv va baholash qismlarining fe’l-atvorida namoyon bo’lishini xarakterlaydi. Masalan: nutqda, o’zi haqidagi fikrlarda o’zini anglab ko’rsatadi.

“Men” konsepsiyasi – bir butun hosila va uning barcha tarkibiy qismlari mustaqil mantiqiga ega bo’lsa ham, o’zaro chambarchas bog’liqdir. Bu konsepsiya seziladigan va sezilmaydigan jihatlardan iborat va o’zi haqida taqdimotlari, ularning murakkabligi va xilma-xilligi, shaxs uchun ularninng subyektiv ahamiyati, shuningdek, ichki yaxlitli va izchillik, uyg’unlik, vaqtga bardoshliligi nuqtaiy nazardan ta’riflanadi.

Adabiyotlarda “Men” konsepsiyasini yagona tafsifi haligacha mavjud emas.Masalan, R.Berne “Men” konsepsiyasini ierarxiyaga asosalngan tuzilma ko’rinishida taqdim etadi. Uning cho’qqisi global “Men” konsepsiyasi shaxsning o’zi haqida tushunchalarini kiritadi. Bu tushunchalar har xil turlariga xos:

1. Real “Men” (“Men kimman”);

2. Ideal “Men”(“Meni kim bo’lishni istayman - intilaman).

3. Oynali “Men” (“Meni qanday baholashadi).

Bularning har bir turi bir qator jihatlarni o’z ichiga qamrab oladi- jismoniy “Men”, ijtimoiy “Men”, aqliy “Men”, emotsional “Men” bo’ladi, shaxsning rivojlanishi nufuzli manba sifatida xizmat qiladi, biroq ular orasidagi jiddiy ziddiyatlar shaxsning ichki mojarolar va negativ qayg’urishlar manbasiga aylanishi mumkin.

Shaxsning faoliyatiga ko’ra - organizm, ijtimoiy individ yoki shaxs darajasida namoyon bo’lishiga qarab, “Men” konsepsiyasining uchta bosqichi ajratiladi:

1) ”organizm-muhit” darajasi - jismoniy “Men” obraz, (tana sxemasi) organizmning jismoniy samaradorlikga bo’lgan ehtiyoji;

2) “ijtimoiy individ” darajasida – ijtimoy o’zlikni, jins, yosh, etnik fuqarolik, ijtimoiy rol bular shaxsning jamiytga a’zo bo’lishi ehtiyoji bilan bog’langan.

3) ”Shaxs” darajasida - “Men”ning farqlanuvchi obrazi, o’zi haqidagi fikrlarni aniqlash ehtiyojini ta’minlaydigan, boshqa shaxslar bilan solishtirganda o’zi haqida ta’riflovchi fikrlarini va o’zining noyoblik hissini beruvchi, o’zini ko’rsatishga bo’lgan ehtiyojni ta’minlovchi daraja.

“Men” konsepsiyasi yoki o`z-o`zini anglash tushunchasi:

Kattalar yordamida o`z kamchiliklarini bartaraf qilish, jamoada o`zini tuta bilish;



O`zini, o`z mavqeini va kamchiligini anglashga intilish, o`zlarini kattalarning baholashi bilan solishtirish, o`z familiyasini, ismini, yoshini, manzilini, oila a’zolarini bilish, boshqalarning hohishini hurmat qilish.

O`zlari to`g‘risida tasavvurga ega bo`lish, o`zining shaxsiy ahloqiy sifatlarini baholay va anglay olish, qaysi shaharda yashaydi, o`zi to`g‘risida, boshqa bolalar to`g‘risidagi ma’lumot bilan almasha olish.

O`zini hurmat qilish, o`z qadr-qimmatini bilish, o`zini tanqidiy baholash, o`z milliy an’analarini va madaniy qadriyatlarini bilish, ular bilan mag‘rurlana olish (milliy kiyim,o`yin, urf-odatini hamda tarixini bilishga intiladi).

Hissiy ifodalash. Kattalarga va tengdoshlariga nisbatan o`zaro hurmat bilan qarash.

Saxiylik, yaxshilik va rahmdillik ko`rsatish, o`z kayfiyati va boshqalarning kayfiyatini tushunish.

Kattalar va tengdoshlariga samimiy munosabat bildirish

O`z hissiyotlarini so`z bilan ifodalay olish, o`zini va boshqalarning holatlarini taqqoslash va baholash.

Katta maktabgacha yoshdagi bolaning guruh umumiy manfaatlarni his etishi, boshqalarning huquqlari bilan hisoblashishi, umumiy yutuqlardan quvonishi, yordam ko’rsatishi, umum foydasi uchun mehnat qilishi, ijtimoiy mulkka o’yinchoqlar, kitoblar, qo’llanmalar, qo’g’irchoqlarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lishida o’z ifodasini topadi. Bolalarda jamoatchilikni tarbiyalash individuallikning rivojlanishini ko’zda tutadi: guruhda bolaning tashabbusi rag’batlantiriladi, qizquvchanlik, zehni o’tkirlik, individual qiziqishlar, did, mayllar qo’llab-quvvatlanadi. guruh o’yinlarni rag’batlantirish individual o’yinlarga yordam berish bilan qo’shib olib boriladi.



Adolatli yetakchilar, tashkilotchilarni tarbiyalash bolalar guruhi qaror topishining muhim omilidir. Pedagogning vazifasi bolaning tashabbusini o’z vaqtida baholash va to’g’ri yo’naltirish, unda ustunlik tuyg’usi, boshqa bolalarni ezish tendensiyasining rivojlanishiga yul qo’ymaslikdan iboratdir. Agar tarbiyachi bolalar oldiga ular uchun ahamiyatli maqsadni qo’ysa va umumiy ishga, o’yinga «yetakchilarni» ham, hali uncha tashabbuskor bo’lmagan bolalarni ham jalb eta olsa, bunda o’zaro munosabatlar guruh o’zaro munosabatlar sifatida shakllana boshlaydi. Bunda bolalarni guruhlarga kanday qilib yaxshiroq birlashtirishni o’ylab ko’rish kerak. Uncha katta bo’lmagan har bir bolalar uyushmasida tashkilotchi bo’lishi, kichik guruh esa shunday tashkil etilishi kerakki, uning yetakchisi qo’yilgan vazifani, o’yindagi g’oyani bir o’zi bajara olmasligini tushunsin. Barcha bolalarni, masalan, navbatchilik ishini bajarganda, syujetli o’yinda bosh rolni ijro etishga o’rgatish, majburiyatlarga mas’uliyat bilan muno­sabatda bulishni tarbiyalash goyat muhimdir.

Ayni paytda bolalar oldiga ularni birgalikda harakat qilishga: ekinni o’stirishga, kasallangan hayvon qushni parvarish qilishga, kichkintoylar uchun o’yinchoq tayyorlashga, uchastkada sirpanchiq yasashga, bayramga gul yetishtirishga, qo’g’irchoqlor kichkintoylar uchun ertak tomoshasini tayyorlashga va hokazolarga undaydigan maqsadlarni qo’yish kerak.

Birlashish muhitini yaratishda birgalikdagi faoliyatning hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini daraxtni o’stirishda faoliyatning umumiy maqsadi qanday shakllanganligi namunasida ko’rsatish mumkin.

Tarbiyachi bo’lajak ish rejasini puxta o’ylab tuzishi kerak. Bu ishni muvaffaqiyatli bajarishgagina emas, balki tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirishga: ishga ijobiy munosabatni shakllantirishga, guruh bo’lib ishlashga, umumiy ishda ishtirok etishdan quvonch tuyg’usini shakllantirishga yordam beradi.

Tarbiyachi ish boshlanishidan oldin bolalar bilan suhbatlanib, umumiy mehnatning va har bir bola faoliyatinnig muhimligini ta’kidlaydi. Pedagog ishning taqsimlanishi masalalarini muhokama qilar ekan, bir-birini xafa qilmasdan, navbatchilarga talabchanlikni ham murakkablashtirish imkonini beradi.

Mehnatning ijtimoiy motivlarini, o’z mehnati bilan odamlariga foyda keltirish istagini shakllantirish vazifalari va ahamiyatga ega bo’ladi. Pedagog topshirilgan ishni har bir bajarishi shart ekanligini, bu butun guruh uchun muhimligini tushuntiradi. Shuning uchun navbatchilar faoliyatini bajarayotganda ko’proq bolalarning butun guruh haqida g’amxo’r qilishga intilishi, chalg’imasligi, o’rtoqlarini kuttirib amal, o’z vazifalarini vaqtida bajarishi ta’kidlanishi zarur.

Navbatchilar mehnati mazmuni kengayadi. Masalan, oshxona navbatchilik qilayotganlar sochiqchalarning o’z vaqtida qo’yilishi va stakanlarga joylashtirilishi to’g’risida g’amxo’rlik qiladilar, oshxonadan non, meva, salatlarni olib enagaga yordamlashadilar. Shu tariqa bolalarda o’z-o’zini boshqarish malakalarini tarbiyalab borish mumkin.

Maktabgacha ta’lim tashkilotilari bolalarini axloqiy tarbiyalash asosiy bosqichlaridan biridir. Bu davrda bolalarda axloqiy fazilatlar tarkib topib boradi. Maktabgacha tayyorlov guruh bolalarida irodaviy sifatlar shakllana boradi, xarakter xislatlari barqarorlashadi, bolada mustaqillikka nisbatan intilish tuyg’usi paydo bo’ladi. Shuningdek, tayyorlov guruhidan bola maktabda o’qishga tayyorgarlik ko’ra boshlaydi.

Bu davrda maktabgacha yoshidagi bolalar o’z ko’chalariga ishonch hosil bo’lsa, ular muctaqillik, faollikni rivojlantirishga ta’sir ko’rsatadi. Tayyorlov guruhi bolalarida kattalar va tengdoshlar bilan muloqot jarayonida madaniy va uyushgan xulq-atvor ko’nikmalari va odatlarning shakllanishi davom etadi. Bolalar xulq-atvoriga ularning tengdoshlari bilan munosabatlari murakkablashadi. Tarbiyachi Maktabgacha ta’lim tashkilotisi qoidalarining ongli va majburiy, bolalarda o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish, tashqi ko’rinishi, harakatlari, predmetlarga munosabati, tejamkorlik, buyumlarini tartibga keltirish madaniyatini shakllantirishga, kattalar va tengdoshlari bilan munosabatga xushmuomalalik madaniyatini tarbiyalashga alohida e’tibor berishadi.

Bola shaxsi o’zini-o’zi anglashning komponentlari, eng avvalo, oilada shakllanar ekan, ota-onalar o’z farzandlarining ijtimoiy munosabatlariga to’g’ri kirishishlariga yordam ko’rsatuvchilari uchun xizmat qiladigan asosli ma’lumotlarni ish natijalaridan olishlari;

Ota-onalar ishning natijalaridan ota-onaning farzandiga munosabatida bolalikning dastlabki davrlaridayoq o’ziga ishonchni, mustaqillikni, atrofdagilar bilan munosabatda faol va vazmin bo’lish, vaziyatni tahlil etish ko’nikmalarini shakllantirish jarayonida foydalanishlari;

MTT psixologlari ish ma’lumotlari va metodikalari asosida bola shaxsi o’zini-o’zi anglash konponentlarining shakllanish darajasini aniqlashlari hamda ularga individual yondashib tegishli ko’rsatmalar berishlari lozim.

Uyushgan xulq-atvorni boshqa fazilatlar, avvalo faollik va mustaqillik, ya’ni yangilik talablarni bajarishga tayyorgarlik, tashabbuskorlik, turli vaziyatlarda mustaqillikni namoyish etish ko’nikmasi bilan mustaqillikni namoyish etish ko’nikmasi bilan mustahkam bog’liq holda ko’rib chiqish zarur.

Maktabgacha ta’lim tashkilotilarida turmushni to’g’ri tashkil qilish axloqiy tarbiyaviy jarayonning umumiy yo’nalishi xulq-atvor madaniyatini tarbiyalashning asosiy va zaruriy shartidir. Bolalarni o’rab turgan ishonch xayrixohlik muhiti, tarbiyachining vazminligi, tashqi va ichki madaniyati nihoyatda muhimdir.

3-5 yoshli bolalarda o‘z-o‘zini anglashda o‘ziga va boshqalarga nisbatan munosabatni baholash asosiy ko‘rsatgich hisoblanadi. Bolaning o‘zining kelajakdagi qiyofasi haqida ijobiy tasavvuri birinchi marotaba bolaning o‘ziga o‘zining kamchiliklariga nisbatan tanqidiy jihatidan munosabatda bo‘lishga va kattalar yordamida bu kamchiliklarni bartaraf qilishga yordam beradi.



Bolaning o‘zining kelajakdagi qiyofasi haqida ijobiy tasavvuri birinchi marotaba bolaning o‘ziga o‘zining kamchiliklariga nisbatan tanqidiy jihatidan munosabatda bo‘lishga va kattalar yordamida bu kamchiliklarni bartaraf qilishga harakat qilishadi.
Yüklə 33,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin