2-mavzu. Borliq (ontologiya) va rivojlanish falsafasi. Bilish falsafasi (gnoseologiya). Mantiq. Jamiyat falsafasi. Inson falsafasi



Yüklə 310,37 Kb.
səhifə2/32
tarix20.11.2023
ölçüsü310,37 Kb.
#164076
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Сиртки 2 сем


















Borliqni falsafiy tushunish faqat uning turlari va ularning o‘ziga xos xossalarini bilib olishdan iborat bo‘lmay, balki borliqni tashkil etgan narsa va hodisalarning o‘zaro aloqalari va bog‘lanishlarini, o‘zgarish va rivojlanishlarini bilishni ham taqozo qiladi.


Busiz, olamning bir butun, yaxlit manzarasini tasavvur etib, shuningdek uning haqidagi nazariy xulosaga kelib ham bo‘lmaydi. Busiz borliqning holatini, tabiatini, manbai, sababi va harakatga keltiradigan kuchi hamda yo‘nalishini tushunishga imkon ham yaratilmaydi. Bu, o‘z navbatida, aloqadorlik va taraqqiyot to‘g‘risidagi ta’limotning falsafiy muammolarini ham o‘rganishni taqozo qiladi.
Harakat, taraqqiyot, umumiy bog‘lanish va aloqadorlik to‘g‘risidagi falsafiy ta’limotlar ham falsafa fani bilan birga paydo bo‘lgan. Bu muammolar tahlili falsafada «dialektika» tushunchasi orqali ifodalangan. Bu tushuncha falsafa tarixida turli davrlarda turli ma’nolarni ifodalab kelgan. Dialektika dastlabki davrlarda o‘zaro bahs, munozara olib boruvchi mutafakkirlarning muhokamalaridagi qarama-qarshi, zid fikrlarning to‘qnashuvi va shular asosida haqiqatni aniqlash ma’nosini ifodalagan. Antik davr mutafakkirlarining ma’lumotiga ko‘ra, munozarada ishtirok etuvchilar, o‘z muhokamalarida bir-birlariga muqobil savollarni berib, bu savollarga har tomonlama yondoshib, ulardagi bir tomonlamaliklarni bartaraf qilishga uringanlar. Bunda, ular, o‘z muhokamala­rida har xil nuqtai nazarlarni hisobga olgan holda, ilmiy, nazariy, ahloqiy, siyosiy, huquqiy va shu kabi voqea-hodisalar to‘g‘risida o‘z qarashlarini ishlab chiqqanlar. Ular shundan kelib chiqib, dialektika deganda o‘zaro bahslashuv san’atini, munozara asosida haqiqatga erishish usulini tushunganlar. Masalan, an­tik davr mutafakkiri Suqrot dialektikani bahslarda yo‘l qo‘yiladigan qarama-qarshi fikrlar o‘rtasidagi ziddiyatlarni ochish orqali haqiqatga erishish san’ati, deb tushungan.
Dialektikani bahs san’ati sifatida tushunish hatto o‘rta asrlarda ham davom etgan. Buni o‘rta asrlar mutafakkiri Per Abelyarning «Ha va yo‘q» nomli asari yaqqol tasdiqlaydi.
Dialektikaga munozara san’ati sifatida qarash o‘r­ta asrlarda yashagan O‘rta Osiyo mutafakkirlariga ham xos bo‘lib, hatto bu narsa Uyg‘onish davrlarida ham davom etgan. Bu davr mutafakkirlarida ham dialektika savol-javob san’ati sifatida o‘zgacha fikrlarni rad qilish usuli bo‘lib xizmat qiladi. Bunga misol qilib G.Galileyning «Dunyoning ikki sistemasi to‘g‘risidagi bahs» asarini ko‘rsatish mumkin. Umuman, dialektika tushunchasining paydo bo‘lishi, u o‘zining dastlabki davrlardagi tor ma’noni ifodalashiga qaramasdan, o‘sha davrlardan to bizning kunlarimizgacha qo‘llanib kelingan sermazmun falsafiy suhbat usulining paydo bo‘lishida muhim rol o‘ynadi va insoniyat madaniyatining rivojlanishiga katta hissa bo‘lib qo‘shildi.
Asr­lar davomida to‘planib borgan dialektik munozara madaniyati murakkab muammolarni muhokama qilish, ulardagi turli qarama-qarshi nuqtai nazarlarni ochish, aniqlash va tushunish mahoratining qaror topishi inkor qilib bo‘lmas ahamiyat kasb etdi. Bora-bora dialek­tika qarama-qarshi nuqtai nazarlar, ular o‘rtasidagi ziddiyatlarni ochish usuli sifatida qaraladigan bo‘ldi.
SHunday qilib, sekin-asta inson ijodiy tafakkuri o‘z tabiati bilan dialektik ekanligi haqidagi tasavvur paydo bo‘ldi. Lekin ma’lum vaqt o‘tishi bilan dialek­tika faqat kishilarning o‘zaro munozaralarigagina xos emasligi ma’lum bo‘la bordi. Oqibatda, dialektika faqat inson fikrlash jarayonigagina xos bo‘lmasdan, bal­ki u tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalarga ham xos, deb qarala boshlandi. Ayniqsa, bu qarash borliq shakllari va turlari o‘rtasidagi bog‘lanish va aloqadorliklarning, ular doim o‘zgarib, rivojlanib, bir holatdan ikkinchi holatga o‘tib turishlarining aniqlanishi bilan yanada rivojlandi. Natijada, «dialekti­ka» tushunchasi insonni, uni qurshab turgan dunyoni bilish, uni tushunish va izohlashning umumiy usuli ma’nosini ifodalay boshlaydi.
Vaqt o‘tishi bilan «dialektika» tushunchasi hamma narsalar: xoh katta, xoh kichik bo‘lishiga qaramasdan, o‘zgarib, o‘zining oldingi xususiyatlarini o‘zgartirib, ilgari ega bo‘lmagan yangi xususiyatlar hosil qilib borishlarini ham ifodalay boshlaydi. SHu asosda asta-sekin dunyoni dialektik tushunish, borliq va bilishga dialektik qarash qaror topa boshlaydi. Lekin dunyodagi barcha o‘zgarish, aloqadorlik va rivojlanishlarni falsafiy jihatdan tushunib etish juda qiyinlik bilan kechdi. Sababi: insoniyat taraqqiyotining juda uzoq davrlarigacha kishilar kosmosni, o‘simliklar, hayvonot dunyosini, hatto kishilarning o‘zlarini ham o‘zgarmas, doimo bir xilda turadi, deb bilishgan. Dunyoning o‘zgaruvchanligi, undagi narsa va hodisalarning bir-birlariga bog‘liqligi to‘g‘risidagi tasavvurlarning paydo bo‘lishi insoniyatning dunyoni bilishi jarayonida juda katta kashfiyot bo‘lgan.
Dunyoning o‘zgaruvchanligi to‘g‘risidagi dastlabki fikrlar ham qadimgi Xitoy, Hindiston hamda YUnonistonning falsafiy ta’limotlarida ilgari suriladi. Qadimgi davr faylasuflari, garchi hali harakatning turli ko‘rinishlari va xillari to‘g‘risida ilmiy dalillarga ega bo‘lishmasa ham, borliqning umumiy o‘zgaruvchi xarakteri haqida o‘z davrlari uchun yangi fikrlarni ilgari surishadi.
Kishilar dastlabki vaqtlardan boshlab o‘z tajribalarida narsa, hodisalardagi o‘zgaruvchan xususiyatlar bilan birga, ularda ma’lum barqaror, o‘zgarmas xususiyatlarning ham mavjudligini anglay boshlaganlar. Nihoyat, dunyo o‘zgaruvchanmi, yoki o‘zgarmasmi? degan savollar paydo bo‘lib, bu savollarga mutafakkirlar tur­li xil javob berganlar. Amaliyot bergan ko‘pdan-ko‘p ma’lumotlarga va o‘z kundalik tajribalariga tayangan ko‘pchilik mutafakkirlar dunyo o‘zgaruvchan, deyishgan. Lekin bunga qarama-qarshi bo‘lgan, dunyo o‘zgarmas, barqaror, deyuvchi mutafakkirlar ham o‘zlarining muayyan asoslariga ega bo‘lishgan. Natijada, dunyoning, undagi narsa va hodisalarning ham o‘zgaruvchan, ham barqaror o‘zgarmas xossalari haqidagi qarashlar kelib chiqadi. Haqiqatan ham, narsa va hodisalar ma’lum vaqt ichida har qancha o‘zgarsa ham, ayni vaqtda ularning ma’lum tomonlari o‘zgarmay qolaveradi. Xullas, bunday qarashlar to‘plana borib, narsa va hodisalarning qarama-qarshi tomonlari, ular o‘rtasidagi ziddiyatlar haqidagi qarashlar tufayli falsafada rivojlanish g‘oyasi kelib chiqadi.
Rivojlanish g‘oyasi inson ongida uzoq asrlar davomida shakllanib boradi. Dastlab kishilar rivojla­nish to‘g‘risida hech bir tasavvurga ega bo‘lmagan. Lekin keyinchalik ular dunyodagi narsa va hodisalarda yuz beradigan turli xil o‘zgarishlarni anglay borib, dunyo­ning uzluksiz harakatda, o‘zgarish va rivojlanishda ekanligini tushuna boshlaganlar. Ular, shu bilan bir­ga, tabiat va jamiyat voqea-hodisalarida juda ko‘p davriy, takrorlanuvchi hodisalarni ham bila borganlar. Masalan, yil fasllari, kun bilan tunning o‘rin almashishi va shular kabi. Lekin dastlabki davrlarda mutafakkirlar rivojlanishni butunlay yangi narsaning, yangi bosqichning paydo bo‘lishi, deb tushunish darajasiga ko‘tarila olmaganlar.
Rivojlanishni butunlay yangi sifat o‘zgarishi, eskiga nisbatan jiddiy yangining paydo bo‘lishi, deb tushunishda Uyg‘onish davri SHarq va O‘rta Osiyo mutafakkirlari, keyinchalik esa o‘rta asr xristian, diniy va tarix falsafasi mutafakkirlari bir qadar oldinga ketadilar. Ularning qarashlarida rivojlanish g‘oyasini insoniyat jamiyati tarixiga tatbiq etishga urinishlarni uchratamiz.
Rivojlanish g‘oyasini bir butun dunyo rivojlanishi bilan bog‘lab tushunishda muhim qadamni birinchi bo‘­lib fransuz faylasufi Rene Dekart qo‘yadi. U, dunyoni xudo yaratayotib, unga dastlabki turtkini kiritgan va uni harakatga keltirgan, deydi. XVIII asr fransuz ma’rifatparvarlari Volter va Russo inqilobiy qayta qurishni o‘z ichiga olgan tarixiy rivojlanish g‘oyasini ilgari surishadi. Ularning izdoshi Kondorse esa o‘zi­ning jamiyatning ilgarilama harakati, uzluksiz taraqqiyot to‘g‘risidagi ta’limotini yaratadi. Bu muta­fakkirlar o‘z qarashlarida g‘oyaviy omillar (masalan: ahloq, din, huquq va shu kabilar) jamiyatni harakatga keltiruvchi, rivojlantiruvchi asosiy kuchlardir, degan g‘oyani ilgari suradilar.

Dialektika borliq, ya’ni tabiat, jamiyat va inson tafakkuridagi aloqadorliklar va rivojlanishlarning umumiy qonuniyatlari haqida bizga to‘g‘ri yo‘nalish berib, dunyoni o‘zlashtirish va o‘zgartirish yo‘llarini ko‘rsatib beruvchi nazariyadir, usuldir. Dialektika dunyoning haqiqiy ilmiy manzarasini yaratib, kishilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishga yordam beradi. CHunki ilmiy asoslangan dialek­tika, birinchidan, dunyodagi har bir narsa yoki hodisaning hamma tomonlarining bir-birlariga bog‘liq bo‘lishi va bir-birlari bilan juda mustahkam aloqador ekanligi to‘g‘risida chuqur ma’lumot bersa, ikkinchidan, u bosib o‘tilgan bosqichlarni takrorlanayotgandek bo‘lib ko‘rinadigan, lekin ularni boshqacha, yanada yuqoriroq negizda takrorlaydigan taraqqiyot, to‘g‘ri chiziq bilan emas, balki spiral tarzda boradigan, ma’lum holatlarda boshlang‘ich holga go‘yo qaytganday bo‘­lib ko‘ringan, ma’lum tanazzullar va bo‘hronlar bilan bo‘ladigan ilg‘or taraqqiyot to‘g‘risidagi ta’limot hisoblanadi.


Dialektika kishilarning, ularni qurshab turgan dunyoni bilishining umumiy usuli sifatida dunyoga dialektik qarashni vujudga keltirgan.
Dunyoga dialektik qarash — bu barcha narsa va hodisalarni, ularning inson miyasidagi in’ikoslari — inson bilishini ham o‘zaro aloqadorlikda va bog‘lanishda, qarama-qarshiliklar birligi va kurashida, miqdor va sifat o‘zgarishlarining bir-biriga o‘tishida, eskining o‘rnini yangi egallashida, xullas, ularni «o‘z harakati»da, o‘zgarib va rivojlanib turishida, paydo bo‘lib va yo‘q bo‘lib turishida, va ayni vaqtda hamma narsa o‘zaro bog‘liqlik va aloqa­dorlikda va o‘zaro munosabatda, deb tushunishdir. Bunday tushunish dialektik qarashni vujudga keltiradi. Dunyoga dialektik qarash dialektik tafakkurni yuzaga keltiradi.
Dialektik tafakkur sub’ekt tafakkurining rivojlanish darajasiga ham bog‘liqdir. Tabiat va jamiyatda pirovard natijada hamma narsa dialektik tarzda yuz beradi. Bu dialektik jarayon sub’ekt miyasida in’ikos etganda, paydo bo‘lgan tasavvur va tafakkur yo metafizik yoki dialektik yo‘l bilan hosil qilinishi mumkin. Dialektik tafakkur shu jihatdan inson tafakkuri taraqqiyotining nisbatan yuqori bosqichiga xosdir. Dialektik tafakkur borliqdagi narsa va hodisalar asli qanday bo‘lsa, ularning sub’ekt miyasida muayyan fikr shaklida xuddi shunday aks etishidir. Dialektik tafakkur — bu dialektik fikrlash usuli. Dialektik tafakkur ham tabiatshunoslik va ijtimoiy fikr taraqqiyoti bilan o‘zgarib, rivojlanib boradi. Uning keyingi davr ijtimoiy taraqqiyot bilan, jahon xalqlari hamjamiyatlarining vujudga kelishi bilan bog‘liq yuzaga kelgan shakli, bu — yangicha tafakkurdir. YAngicha tafakkurning asosini jamiyatni dia­lektik tushunish tashkil qiladi. Dialektik tafakkur usuli o‘z mohiyati bilan sofistik, eklektik va dogmatik tafakkur usullaridan tubdan farq qiladi.
Tafakkurning sofistik, eklektik, metafizik-dogmatik usullari dialektik tafakkur usulining muqobillaridir. Ular inson tafakkuri faoliyatining turli qirralari sifatida bir-birlariga ham qarama-qarshi, ham, ayni vaqtda, bir-birlarini to‘ldiradilar.
Ularning har birining inson tafakkuri jarayonida o‘z o‘rni bor. Biz ularning har biri bilan qisqacha tanishib chiqamiz.

Yüklə 310,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin