2-mavzu. Energetika va elektr ta‘minoti tizimida ishonchlilik masalalari reja


- uskunalarni sifatli ta’mirlash bilan birga ularni ishlatish darajasiga; -



Yüklə 31,04 Kb.
səhifə3/3
tarix24.12.2023
ölçüsü31,04 Kb.
#191908
1   2   3
2-MAVZU. ENERGETIKA VA ...

- uskunalarni sifatli ta’mirlash bilan birga ularni ishlatish darajasiga;
- elektr va issiqlik iste‘moli rejimiga;
- elektr energetika tizimiga tashqi ta‘sir va boshqalarga.


1.3. Elektr ta‘minoti tizimining ishonchliligi
Elektr ta‘minotini ishonchliligi deganda, elektr texnik uskunaning elektr tarmoq va energetika tizimi qismlarining normal holatda elektr iste‘molchilarini kerakli miqdorda sifatli elektr energiya bilan uzluksiz ta‘minlay olishi tushuniladi.
Elektr ta‘minotini ishonchliligi quyidagilarga asosan aniqlanadi:
- qabul qilingan elektr ta‘minoti sxemasiga;
- ishlatilayotgan uskunalar va texnik jihozlarning ishonchliligiga;
- ishlatilish darajasiga.
Elektr ta‘minotini ishonchliligi quyidagicha baholanadi:
- iste‘molchilarni elektr energiya bilan ta‘minlashda buzilishning o‘rtacha davomiyligi va tezligi bilan;
- shikastlanish zahirasining nisbiy miqdori bilan.
Ushbu baholash elektr energetika tizimini rejalashtirishda, loyihalashda va ishlatilish jarayonida amalga oshiriladi. Hatto yuqori sifatli uskunalar avaylab ishlatilganda ham to‘satdan ro‘y beradigan ob‘ektiv sabablarga ko‘ra ishlamay qolishi mumkin. Bunga sabab, ishlatish sharoitida uskunalar hisoblanmagan ta‘sir ostida bo‘ladi, uni hisobi esa o‘zini oqlamaydigan katta zaxira talab qilardi. Elektr ta‘minotini ishonchliligi tekshirish uchun quyidagi uchta masalani ko‘rib chiqamiz:
1. Ishlatilayotgan va qurilayotgan jihozlar yoki uskunalarni ishonchliligini baholash.
2. Jihoz va uskunalarni kerakli ishonchlilik bilan ta‘minlash.
3. Elektr ta‘minoti tizimining ishonchlilik darajasini optimallashtirish va texnik qaror qabul qilish.
Elektr energiyani ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlashdagi xarajatlar bilan elektr energiyani yetkazib berolmaganlikdan kelib chiqadigan texnik-iqtisodiy natijalarning o‘zaro optimal bog‘liqligi elektr ta‘minoti tizimining ishonchliligini asosiy vazifalarini hal qilishda ko‘rib chiqiladi. Buning uchun elektr tizimlari va elektr iste‘mol tugunlarini ishonchlilik ko‘rsatgichlarini oldindan aniq ko‘ra olish kerak.


1.4. Nazorat savollari
1. Elektr ta‘minoti tizimining xususiyatiga moslashtirishni tushuntiring.
2. Ishonchlilik vazifasi va ekspluatatsiya shartlari bo‘yicha qanday xossalarni o‘z ichiga oladi?
3. Ishonchlilikni ta‘minlovchi vositalarni ta‘riflang.
4. Ob‘ektlarning inkorlilik sabablari va xarakteri bo‘yicha izohlang.
5. Ishonchlilikni kompleks xossalarini sanab o‘ting.





Yüklə 31,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin