2-mavzu. Energetika va elektr ta‘minoti tizimida ishonchlilik masalalari reja


Energetika tizimining ishonchliligi



Yüklə 31,04 Kb.
səhifə2/3
tarix24.12.2023
ölçüsü31,04 Kb.
#191908
1   2   3
2-MAVZU. ENERGETIKA VA ...

1.2. Energetika tizimining ishonchliligi
Umuman olganda ishonchlilik deb ob‘ekt (uskunalar, tizim elementlari)ning berilgan funksiyalarini berilgan hajmda, berilgan vaqt mobaynida ko‘rilayotgan sharoitda bajarib o‘z ishlash holatini me‘yoriy hujjatlarda ko‘rsatilgan oraliqda saqlab qolish qobiliyatiga aytiladi.
Ma‘lumki, elektr ta‘minoti tizimining asosiy vazifasi barcha iste‘molchilarni kerakli miqdorda sifatli elektr energiyasi bilan ta‘minlashdan iborat. Shunga ko‘ra, elektr ta‘minotini ishonchliligi iste‘molchilarni davlat standarti (GOST) va elektr usunalarni ishlatish qoidalari (PUE)da ko‘rsatilgan chastota va kuchlanishni og‘ishi oralig‘ida elektr energiya bilan ta‘minlash hamda inson hayotiga, atrof-muhitga xavf solmaslikdir.
Elektr energetika va elektr ta‘minoti tizimini ishonchliligi uning ayrim elementlari (generatsiya agregatlari, transformatorlar, elektr uzatuv liniyalari, kommutatsiya apparatlari, himoya va avtomatika qurilmalari va boshqalar)ni, sxemani (zaxiralash darajasi) va ish rejimini ishonchligi (statik va dinamik muvofiqlik zaxirasi) hamda tizimning yashovchanligi, ya‘ni zanjirli xarakterdagi tizim shikastlanishlariga halokatsiz bardosh bera olishi yoki avtomatik chastotali yuksizlantirish (AChR)ga ulanmagan iste‘molchilarni uzluksiz elektr energiya bilan ta‘minlash orqali aniqlanadi.
Elektr energetika tizimini ishonchliligi quyidagilarga asosan aniqlanadi:
- quvvatni generatsiya qilish tarkibiga;
- asosiy elektr tarmoqlarini o‘tkazuvchanlik qobiliyati va sxemasiga;
- elektr stansiyalarning sxemalariga;
- elektr energetika tizimida ishlatiladigan asosiy uskunalarning ishonchliligi va boshqa texnik xrakteristikalariga;
- shikastlanishga qarshi va rejimli avtomatikani hisobga olgan boshqarish tizimini takomillashtirilganligiga;
- elektr energetika tizimining generatsiya qiluvchi, tarmoq va boshqaruv qismlaridagi mavjud zaxiraga;
- elektr stansiyalarning energetik resurslar bilan ta‘minlanishiga;

Yüklə 31,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin