2-mavzu. Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari. Jamiyat fal (1)
Sabab va oqibat. Narsa va hodisalarning ichki birligi, yaxlitligi va tarixiy-tadrijiy rivojlanish tamoyiliga ko‘ra, ularning mazmuni va shakli o‘zgarib turadi. O‘z navbatida, har qanday sistemaning elementlari o‘rtasidagi strukturaviy bog‘lanish konkret mazmunga ega bo‘lib, unga mos mazmunlarda o‘z ifodasini topadi. Boshqacha qilib aytganda, mazmun va shakl o‘rtasidagi aloqadorlik, bog‘lanish, munosabatning xarakteri muayyan sababga asoslanadi. YA’ni, narsa va hodisalarning sistema shaklida namoyon bo‘lishi, muayyan sabab oqibatidir. Demak, narsa va hodisalarning tadrijiy rivojlanishi sabab-oqibat munosabatlari tarzida namoyon bo‘ladi. SHunga ko‘ra, sabab – biror narsa va hodisa rivojlanish jarayonining oqibatidir.
Narsa va hodisalarning rivojlanishi jarayonidagi sabab va oqibat munosabatlarini bilishda, ularning makon va zamondagi tarixiy va mantiqiy izchilligi muximdir. Boshqacha qilib aytganda, bir tomondan, har qanday sabab avvalgi hodisalar yoki ularning rivojlanish oqibati tarzida namoyon bo‘ladi. Ikkinchi tomondan esa, bu oqibat keyingi rivojlanishning sababi bo‘lib hisoblanadi. Sababning mohiyati avvalgi hodisalarning oqibati sifatida vujudga kelayotgan hodisalar uchun sababligidadir. SHunga ko‘ra, sababni bir vaqtning o‘zida oqibat tarzida qarash mumkin. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, har qanday oqibat sabab tarzida namoyon bo‘ladi. SHu bilan birga, sababni narsa va hodisalarning rivojlanish jarayonidagi makon va zamondagi davriy takrorlanishdan farqlash kerak. Chunki, sabab mavjudlikning genetik bog‘lanishlarini, aloqadorliklarini ifodalashi bilan birgalikda, ularning istiqbollarini ham belgilab beradi. Sabab falsafiy kategoriya sifatida quyidagi xususiyatlarga ega: 1) uning ob’ektiv harakteri narsa va hodisalarning ichki, targ‘ibiy elementlari munosabatlariga xos bo‘lib, mohiyatning real mavjudlik holatini ifodalaydi; 2) sababning konkretligi narsa-hodisalarning xususiyatlaridan kelib chiqadi, hamda uning individualligini ta’minlaydi; 3) sabab umumiy harakterga ega bo‘lib, xech qanday narsa va hodisaning rivojlanishi sababsiz sodir bo‘lmaydi; 4) sabab zaruriy bo‘lib, muqarrar ravishda, muayyan oqibatlarni keltirib chiqaradi; 5) sababning uzluksizligi, bir tomondan, turli sabablarning izchil bog‘lanishlarini, munosabatlarini, ikkinchi tomondan, har bir sababning oqibat tarzida oldingi sabab bilan bog‘liqligini harakterlaydi.