2-mavzu. Fuqarolarni fvlardan muhofaza qilishning qonunlari Reja: fvlardan muhofaza qilishning qonunlari



Yüklə 79,52 Kb.
səhifə2/8
tarix07.01.2024
ölçüsü79,52 Kb.
#206995
1   2   3   4   5   6   7   8
2-Mavzu.uz

Fuqaro muhofazasi - harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan O‘zbekiston Respublikasi aholisini, hududlarni, moddiy va madaniy boyliklarini muhofaza qilish maqsadida o‘tkaziladigan tadbirlarning davlat tizimi.

  • Maʼlumki, respublikamizda mavjud bo‘lgan gidrotexnik inshootlarda avariya, halokat yuz bergudek bo‘lsa, aholi va hududlarimizga maʼlum miqdorda xavf tug‘dirishi mumkin. Shu sababli O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XV sessiyasida qabul qilingan qonunlardan yana biri 1999-yil 20-avgustda qabul qilingan “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida” gi qonundir.

Qonun 15 moddadan iborat. Ushbu qonunning maqsadi gidrotexnika inshootlarini loyixalashtirish, qurish, foydalanishga topshirish, ularni rekonstruksiya qilish, konservatsiyalash va tugatishda xavfsizlikni taʼminlash bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishda yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Qonunda gidrotexnika inshootlari, foydalanuvchi tashkilot, favqulodda vaziyat, gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi, xavfsizlik deklaratsiyasi, xavfsizlik mezonlari, gidrotexnika inshooti avariya xavfining yo‘l qo‘yiladigan darajasi kabi tushunchalarga taʼrif berilgan. Bundan tashqari qonunda Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari ko‘rsatib berilgan, gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi ustidan davlat nazorati haqida so‘z yuritilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obʼektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli organ hisoblanadi.
Qonunning 15-moddasida gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgar bo‘lishlari belgilab qo‘yilgan.

  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2000 yil 31 avgustda qabul qilingan qonunlar orasida “Radiatsiyaviy xavfsizlik to‘g‘risida”gi qonun alohida o‘rin tutadi. Ushbu qonunning maqsadi radiatsiyaviy xavfsizlikni, fuqarolar hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulki, shuningdek, atrof muhitni ionlashtiruvchi nurlanishning zararli taʼsiridan muhofaza qilishni taʼminlash bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Favqulodda vaziyatlar ichida o‘zining keltiradigan kulfatlari bilan radiatsiyaviy avariyalar alohida ajralib turadi. Boshqa turdagi favqulodda vaziyatlar kabi inson sog‘lig‘iga keltiradigan ziyoni tezda ko‘zga ko‘rinmaydi. Shuning uchun ushbu qonun aholi hayoti va salomatligini muhofaza qilishda muhim o‘rin tutadi.
Ushbu qonun 5 bo‘lim va 28 moddadan iborat bo‘lib, ularda asosiy tushunchalarga taʼrif berilgan, radiatsiyaviy xavfsizlikni tartibga solish, radiatsiyaviy xavfsizlikni taʼminlashga qo‘yiladigan talablar, radiatsiyaviy avariya sodir bo‘lganda radiatsiyaviy xavfsizlikni taʼminlash kabi masalalar ko‘rib chiqilgan.

  • Respublikamizda aholi xavfsizligini taʼminlash uchun 2000 yil 15 dekabrda “Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.

Qonunning maqsadi terrorizmga qarshi kurash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat bo‘lib, asosiy vazifalari etib shaxs, jamiyat va davlatning terrorizmga qarshi kurashishni taʼminlash, davlatning suverenitetini va hududiy yaxlitligini himoya qilish, fuqarolar tinchligi va milliy totuvlikni saqlash, deb belgilandi.
Qonun “Umumiy qoidalar”, “Davlat organlarining terrorizmga qarshi kurash sohasidagi vakolatlari”, “Terrorchilikka qarshi operatsiyaning o‘tkazilishi”, “Terrorchilik harakati oqibatida yetkazilgan zararni qoplash va jabrlangan shaxslarning ijtimoiy reabilitatsiyasi” hamda “Terrorizmga qarshi kurashda ishtirok etayotgan shaxslarning huquqiy va ijtimoiy himoyasi” deb nomlanuvchi 5 bo‘limdan iborat bo‘lib, 31 moddani o‘z ichiga oladi.
Terrorizmga qarshi kurashni amalga oshirishda davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, mansabdaor shaxslar, fuqarolar ko‘maklashishlari zarurligi 6-moddada belgilab berilgan.
Terrorizmga qarshi kurashni O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mita, Davlat bojxona qo‘mitasi, Mudofaa vazirligi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi amalga oshiradi (8-modda). Jumladan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi favqulodda vaziyatlardan aholini muhofaza qilish, terrorchilar harakat qilayotgan zonada joylashgan alohida muhim, toifalangan va boshqa obʼektlar barqaror ishlashini, shuningdek terrorchilik oqibatlarini tugatish yuzasidan vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda tadbirlar o‘tkazadi; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi (14-modda).
Qonunning 31-moddasiga muvofiq terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzilishida aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin