2011 yil 19 iyuldagi 208-sonli “Aholini zilzilalar oqibatida yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlarda (tabiiy va texnogen tusdagi) harakat qilishga tayyorlash kompleks dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori.
Dasturning asosiy vazifalari:
aholining barcha qatlamlarini zilzilalar oqibatida yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlarda (tabiiy va texnogen tusdagi) harakat qilishga tayyorlash tizimi samaradorligini oshirish;
aholini o‘qitish bilan qamrab olishni kengaytirish;
ko‘ngilli qutqaruv drujinalarini tuzish va ular faoliyatini tashkil etish;
zilzila oqibatlarining seysmik xavfi darajasini kamaytirish;
aholiga yuzaga kelayotgan seysmik vaziyatni baholash ko‘nikmalarini singdirish va zilzila paytida mutanosib tarzda harakat qilish uchun shart-sharoitlarni taʼminlash;
taʼlim muassasalarining o‘quvchilari va talabalarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlashning kompleks tizimini ishlab chiqish.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 24 avgustdagi 242-sonli “O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori. Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi FVDT boshqaruv organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyat organlarini, favqulodda vaziyatlarda aholini va hududlarni himoya qilish masalalarini hal etish vakolatiga kiradigan boshqa tashkilotlarning kuch va vositalarini birlashtiradi hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish sohasidagi tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish, ular yuzaga kelganda aholi xavfsizligini, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishni hamda tinchlik va harbiy davrda davlat iqtisodiyotiga zararni kamaytirishni taʼminlashga mo‘ljallangan.
Qarorda FVDTning vazifalari, tarkibiy tuzilmasi, FVDT rahbar va kundalik boshqaruv organlari, kuch va vositalari, moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralari, xabar berish, aloqa, boshqaruv tizimlari, faoliyat rejimlari keng, aniq va ravshan yoritib berilgan. FVDT boshqaruv organlarining respublika, mahalliy va obʼektlar darajasidagi vazifalari belgilangan. Qarorga FVDT funksional quyi tizimini tashkil etuvchi vazirlik va idoralar ro‘yxati, mahalliy davlat hokimiyati organlarining aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha funksiyalari ilova qilingan bo‘lib, ulardan har birining favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi vazifalari keltirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri-Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining