2-Mavzu: hasharotlar anatomiyasi. Kerakli jihozlar



Yüklə 66,55 Kb.
səhifə1/2
tarix09.06.2023
ölçüsü66,55 Kb.
#127445
  1   2
Hasharotlarning ovqat hazm qilish, qon aylanish va ayirish sistemasi


2-Mavzu: HASHAROTLAR ANATOMIYASI.


Kerakli jihozlar: Mikroskop, lupalar, petri kosachasi, pintsetlar, entomologiya to’g’nog’ichlari, tablitsa va kitoblar.
O’rgansh ob’etlari: Qora suvarak, chigirtkalar, qo’ng’izlar yoki boshqa yirik hajmdagi hashoratlardan na’munalar olinadi.
Ishning bajag’ish tartibi.
Hasharotlar tanasi kutikula bilan qoplapgan. Kutikula uch qatlamdan iborat. Kutikulaning gipodermaga yopishgan pastki qavati egiluvchan va elastik tuzilgan. Ikkinchi qatlam tika taxlangan tartibda o’rnashgan. Kutikulaning uchinchi qatlami juda yupqa pardadan iborat. Kutikula qavatlarining qalinligi xar xil bo’ladi. SHiralar, chivinlar va ko’pgina hasharotlar lichinkalari kutikulasining ostki qatlami taraqqiy etgan. Kutikula qatlamining ustki yuzasi tekis, egatcha, chuqurcha, nuqtacha va g’adir-budur ko’rinishda bo’lishi mumkin.
Muskulaturasi. Hasharotlarining muskul to’qimasi qisqarish xususiyatiga ega bo’lgan ingichka, uzun tolalardan iborat. Ske­let yoki harakatlanish muskullari va ichki organlar muskullari bor. Juda ko’p muskullar ko’krak bo’limida o’rnashib, ularga oyoqlar va qanotlar birikkan.
Ayrim hasharotlarda muskullar juda taraqqiy etgan. Masalan, chumolilar o’z tanasi ogirligidan bir necha marta ortiq narsani sudrab keta oladi. Kolorado, ko’ng’izining uchish tezligi soatiga 8 m ga yetadi. Ichki organlar muskulaturasi YUrak devorchalari va oshqozon xamda boshqa organlar devorchalaridan iborat.



Hasharotlar teri koplagichi tuzilishining sxemasi;
1— gipoderma; 2 — endokutikula; (23— prokutikula); 4 — epikutikula;
5 — tuklar; 6 — tuk boshlanish bo’g’izi (xaltachasi); 7 — tikanchalar; 8 — ter kanalchasi; 9— bazal pardasn; 10— trixogen (tuk xosnl kiluvchi) xujayra


Ovqat hazm qilish organlari. Hasharotlarining ovqat hazm qilish organlari og’iz qismidan boshlanib, orqa chiqarish teshigi bilan tamomlanuvchi ichak kanalchasidan iborat. Ichak oldingi, o’rta va orqa ichaklardan tashkil topgan. Oldingi va orqa ichak ichki tomonidan kutikula bilan qoplangan, o’rta ichakda esa bunday po’st yo’q. SHuning uchun qabul ilingan ovqat ichakning shu qismida so’riladi.
Hasharotlarning oqvat hazm qilish organlariga so’lak bezi og’iz bo’shligi, xalqum, izilo’ngach, jig’ildon (oldingi ichakning kengaygan yeri) kiradi. Qattiq oziq bilan oziqlanuvchi hasharotlarda jig’ildondan so’ng muskulli oshqozon joylashgan,
Yüklə 66,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin