7. Moliya bo‘limining byudjet ijrosi va hisobi sho‘basi Har bir moliya bo’limi o’z tarkibiga qamrab oluvchi bo’linmalaridan biri bu byudjet ijrosi va hisobi sho‘basidir. Amaliyot davomida Byudjet ijrosi va hisobi sho‘basi faoliyati, funksiyalari va vazifalarini o‘rgandim hamda keyingi qatorlarda ular haqida malumot berib o’taman. Shuningdek tumanda amalga oshirilgan va oshiriladigan ishlar statistik ma’lumotlari bilan ham tanishib chiqdim(2-ilova).
Budjet daromadlari va xarajatlari bo’yicha rejaning bajarilishi haqida ma’lumotlar bilan ta’minlash moliya organlari byudjet hisobining asosiy vazifasi hisoblanadi . Bu ma’lumotlar asosida budjet ijrosi jarayoni ustidan nazorat qilish va tezkor rahbarlik amalga oshiriladi . Bu maqsadlar uchun moliya organlari budjet daromadlari va xarajatlari , bank muassasalaridagi budjetning pul mablag’lari , budjet bo’yicha ochilgan kreditlar va berilgan mablag’lar , budjetlar o’rtasidagi o’zaro hisob – kitoblar , ssudalar va boshqalar hisobini yuritadi . Moliya organlari , shuningdek , bank muassasalari tomonidan umumdavlat daromadlari va soliqlarining alohida olingan budjetlar bo’yicha to’g’ri taqsimlanishi , budjet bo’yicha tayinlanishiga qarab budjet mablag’larini tasarruf qiluvchilar tomonidan foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi hamda budjet mablag’larining butligini ta’minlaydi . Moliya organlari budjet ijrosi to’g’risidagi oylik , chorak va yillik hisobotlarni tuzadi va budjet ijrosi natijalarini aniqlaydi . Moliya organlari o’zlari ijro etayotgan budjetlar ijrosining buxgalteriya hisobini bevosita amalga oshiradi . O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi respublika budjeti ijrosining buxgalteriya hisobini amalga oshiradi .
Qoraqalpog’iston Respublikasi Moliya vazirligi Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti ijrosining buxgalteriya hisobini amalga oshiradi . Viloyatlar , shaharlar va tumanlar moliya organlari viloyatlar , shaharlar , tumanlar budjetlari ijrosining buxgalteriya hisobini amalga oshiradi . Moliya organlari muayyan ma’muriy – hududiy birlikdagi barcha boshqa budjetlar ijrosining buxgalteriya hisobini tashkil qiladi . Moliya organlari budjet tashkilotlarining hisob va hisobotlarini tekshiradi va ularga tegishli ko’rsatmalar beradi . Har bir moliya organi o’zi ijro etayotgan budjetning ijrosi to’g’risidagi hisobotni va muayyan ma’muriy – hududiy birlik budjeti ijrosi to’g’risidagi yig’ma hisobotni tuzadi . Davlat budjeti ijrosining buxgalteriya hisobi boʻyicha moliya organlarining vazifalariga : 1 ) budjet daromadlari buxgalteriya hisobini yuritish va bank muas sasalariga kelib tushgan daromadlarning budjetlar o’rtasida to’g’ri taqsimlanishi ustidan nazoratni olib borish ; 2 ) bank muassasalarida saqlanilayotgan budjetning naqd pullari buxgalteriya hisobini yuritish ; 3 ) budjet ijrosi bilan bog’liq bo’lgan turli operatsiyalar ( budjetlar o’rtasidagi o’zaro hisob – kitoblar , budjetlarga ssudalar berish va budjetlardan ssudalar olish bo’yicha operatsiyalar va boshqalar buxgalteriya hisobini yuritish ; 4 ) budjetlarda tashkil qilinadigan fondlar va zaxiralar buxgalteriya hisobini yuritish ; 5 ) o’zlari ijro etayotgan budjetlar ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni tuzish ; 6 ) quyi moliya organlarida va budjet mablag’larini tasarruf qiluv chilarda buxgalteriya hisobining yuritilishi , hisobotning tuzilishi va uslubi ustidan nazorat qilish ; 7 ) buxgalteriya hisobi va hisobotini markazlashtirish va mexaniza tsiyalashtirish bo’yicha tadbirlarning amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish kiradi . Yuqorida ko’rsatilgan vazifalar O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida uning davlat budjeti bosh boshqarmasiga , boshqa moliya organlarida esa moliya organining bosh buxgalteri boshqaradigan buxgalteriya yuklatilgan.
Qishloq xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy etish va tomorqa yerlarini rivojlantirish sho‘basi xodimlarining funksional vazifalari va majburiyatlari bayoni
Byudjet ijrosi va hisobi sektori boshlig‘i-bosh hisobchi
- Bo‘limda mehnat va ijro intizomiga qat'iy rioya qilinishini ta'minlash va nazorat qilish;
- ushbu bo‘lim faoliyatiga ta'luqli Prezident Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Moliya vazirligining, Xalq deputatlari tuman Kengashi va tuman hokimligining topshiriqlarini o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishini ta'minlash;
- byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetasining bajarilishi bo‘yicha choraklik va yillik xisobotini qabul qilish;
- tuman bo‘yicha choraklik va yillik xisobotlarni umumlashtirib Moliya bosh boshkarmasiga topshirishni ta'minlash;
- Barcha byudjet muassasalari xisobchilariga choraklik va yillik xisobotlarni tuzish, Moliya vazirligi tomonidan chiqarilgan normativ xujjatlari negizida seminar utkazib borish;
- Barcha byudjet muassasalari xisobchilari tomonidan topshirilgan choraklik xisobotlarini DMBAT dasturida qabul qilish, ularni UzAsbo dasturi bilan taqqoslash va byudjet muassasalarida xisobotlarning tug‘riligi buyicha monitoring ishlarini amalga oshirish.
- Moliya bosh boshkarmasi tomonidan kelgan barcha topshiriqlarni o‘z vaqtida sifatli bajarilishini ta'minlash.
- Maxalliy byudjettan moliyalashtiriladigan muassasalarning buxgaltriya kitoblarini UzASBO dasturida yuritilishini qattiy nazorat qilish.
2
Byudjet ijrosi va hisobi sektori bosh iqtisodchisi
" - Mehnat va ijro intizomiga qat'iy rioya qilinishini ta'minlash;
- Barcha byudjet tashkilotlari apparati buyicha 1-shakl, 2-shakl, byudjetdan tashqari fondlar va belgilangan tartibdagi barcha xisobotlarni tekshirib olish, umumlashtirish, uni tegishli organlarga taqdim qilish.