4. Moliya bo‘limining obodonlashtirish, kommunal va yo‘l xo‘jaligini rivojlantirish tadbirlarini moliyaviy ta’minlash sho‘basining funksiya va vazifalari
Har bir moliya bo’limi o’z tarkibiga qamrab oluvchi bo’linmalaridan biri bu Obodonlashtirish, kommunal va yo‘l xo‘jaligini rivojlantirish tadbirlarini moliyaviy ta’minlash sho‘basidir. Amaliyot davomida obodonlashtirish, kommunal va yo‘l xo‘jaligini rivojlantirish tadbirlarini moliyaviy ta’minlash sho‘basi faoliyati, funksiyalari va vazifalarini o‘rgandim hamda keyingi qatorlarda ular haqida malumot berib o’taman. Shuningdek tumanda amalga oshirilgan va oshiriladigan ishlar statistik ma’lumotlari bilan ham tanishib chiqdim.
Hududlarni iqtiodiy rivojlanishi va aholi turmush darajasini yaxshilanishida albatta yo’l, obodonlashtirish va kommunal xo’jalikning o’rni katta. Men moliya bo’limida amaliyotim davrida Olmazor tuman moliya bo’liminng obodonlashtirish, kommunal va yo‘l xo‘jaligini rivojlantirish tadbirlarini moliyaviy ta’minlash sho‘basida ishlar bilan tanishdim. Boshlang’ich 2 kun Pastdarg’om tuman obodonlashtirish bo’limida bo’ldim. U yerda bir yil davomida bajarilgan loyihalar haqida ma’lumot oldim. Yo’l qurilishi bo’yicha tumandagi bir nechta mahallalarda qilingan ishlar va shartnomalari bilan tanishdim. O’tgan yil davomida va shu yil boshidan buyon ta’mirlanishi kerak bo’lgan bazi obyektlar yo’llar moliyalashtirilgani haqida ma’lumotlar bilan tanishdim. Quyidagi ishlar obodonlashtirish boshqarmasining asosiy vazifalariga kirar ekan
ko‘chalar, skvyerlar, xiyobonlar, yodgorlik majmualari va umumiy foydalaniladigan boshqa ko‘kalamzor zonalarni ko‘kalamzorlashtirish, dov-daraxtlarni parvarish qilish bo‘yicha agrotexnika tadbirlarini o‘tkazish, ularning zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurashish;
yo‘l-ko‘prik xo‘jaligini (ko‘chalar, yo‘laklar qatnov qismining yo‘l qoplamasi, bekat ko‘tarmalari, yer osti o‘tish joylari, ko‘priklar, transport chorrahalari va yo‘l o‘tkazgichlar, yon bordyurlar, suv chiqarib yuborish tarmoqlari va boshqa sun’iy inshootlar) saqlash, mukammal va joriy ta’mirlash;
xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini saqlash, mukammal va joriy ta’mirlash;
drenaj xo‘jaligini (vertikal va gorizontal quduqlar, ochiq va yopiq kollektorlar, sun’iy havzalar, yer osti va yomg‘ir suvlarini haydaydigan nasos stansiyalari) va favvoralarni saqlash, mukammal, joriy ta’mirlash va ulardan foydalanish bo‘yicha boshqa ishlar;
elektr energiyasini tejash maqsadida zamonaviy asbob-uskunalar va texnologiyalarni joriy etgan holda yo‘llar va ko‘chalarning tashqi yoritish tarmoqlarini saqlash, mukammal va joriy ta’mirlash hamda ulardan foydalanish bo‘yicha boshqa ishlar;
nazoratsiz, shu jumladan egasiz itlar, mushuklar va yirtqich hayvonlarni veterinariya-sanitariya qoidalariga rioya qilgan holda tutish va davlat veterinariya bo‘limlariga olib kelish;
ekologiya me’yorlariga, sanitariya, shaharsozlik me’yorlari va qoidalariga hamda boshqa me’yorlar va qoidalarga muvofiq dafn etish joylari (qabristonlar) va qabr ustiga o‘rnatilgan yodgorliklarni saqlash va ulardan foydalanish;
mavsumiy talablarni hisobga olgan holda obodonlashtirish obyektlarini sanitariya jihatidan tozalash
2022 yilda Olmazor tuman moliya bo’limi 16 mlrd 183mln so’m mablag’ ajratish ko’zda tutilgan
Davlat maqsadli dasturlari monitoringi masalalari bo‘limi xodimlarining funksional vazifalari va majburiyatlari bayoni
Obodonlashtirish, kommunal va yo‘l xo‘jaligini rivojlantirish tadbirlarini moliyaviy ta'minlash sektori bosh iqtisodchisi
- Bo‘limda mehnat va ijro intizomiga qat'iy rioya qilinishini ta'minlash;
- Kelgusi yil uchun byudjet loyihasini asoslangan hisob-kitoblar asosida barcha biriktirilgan soha (obodonlashtirish) tashkilotlaridan qabul qilish va umumlashtirish;
- biriktirilgan sohasi byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetasi va shtatlar jadvallarini moliya organlaridan belgilangan muddatlarda ro‘yxatdan o‘tkazilishi ta'minlash;
- biriktirilgan sohasi byudjet tashkilotlarida mahalliy byudjet xarajatlarining belgilangan qonunchilik me'yorlariga muvofiq to‘g‘ri rejalashtirilishini ta'minlash;
- Mahalliy byudjetlar ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni biriktirilgan sohasi tashkilotlaridan qabul qilish va umumlashtirish;
- biriktirilgan sohasi tashkilotlarining pul mablag‘lari va set bo‘yicha hisobot ko‘rsatkichlarini tahlil qilish hamda tahlil natijasida aniqlangan past samarali xarajatlar va shtat birliklarini maqbullashtirish chorasini ko‘rish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatma xatlari yuborish;
- vakolat doirasida obodonlashtirish, qurilish va ta'mirlash tadbirlari bo‘yicha tender tanlovlarida ishtirok etish;
- obodonlashtirish, qurilish va ta'mirlash tadbirlari