2-mavzu: Ijtimoiy tarbiyada maxhllaning o’rni. Bolaniig rivojlanishida tarbiya sotsium sifatida


Maxalla ijtimoiylashuvning an’anaviy omili sifatida



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə2/2
tarix12.05.2022
ölçüsü0,57 Mb.
#57732
1   2
2-ТАҚДИМОТ (4)

2. Maxalla ijtimoiylashuvning an’anaviy omili sifatida.
  • Hozirgi kunda mahalla jamiyatda etnomadaniy qadriyatlarni tiklash jarayonida muhim rol o’ynamoqda. Nikoh, janoza, aqiqa to’yi, sunnat to’yi, muchal to’yi kabi marosimlar ham o’tkazilmoqda.
  • Bozor munosabatlarini shakllantirishning murakkab holatida mahallaning ijtimoiylashtiruv roli oshib kyetadi. Bu avvalambor oila qadriyatlarini saqlab qolishda namoyon bo’ladi. Nizoli holatlar paydo bo’lganda xotin-qizlar qo’mitasi yoki mahalla oila vakillari bilan suhbat o’tkazadi va odatda vaziyatga oydinlik kiritadi va ajralishlar bo’lishiga olib kyeladi.
  • Mahalla qo`mitasi majlislarida maktab intizomining jiddiy buzilishlari ham ko`rib chiqiladi. Yoshlarga ta’sir ko`rsatishning bu rasmiy tarmoqlaridan tashqari jamoani nazorat qilishning an’anaviy usuli ham saqlanib qolgan. Har qanday mahallada boy hayotiy tajribaga ega odamlar mavjud. Ularning asosiy vazifasi aholining an’anaviy ahloq-odob qoidalariga rioya qilishlarini, bolalarning ko`chadagi yurish- turishini nazorat qilishdir.
  • Bundan tashqari mahalla ishsizlarga ishga joylashishlariga, militsiya xodimlariga tartibni saqlashda yordam byeradi, xizmatga chaqirilganlar bilan tushuntirish ishlari olib boradi. Avvalgiday jamoa o`sib kyelayotgan avlodni tarbiyalashda muhim o`rin tutmoqda. Hozirda mahalla bolalar bog’chalari va maktablar bilan yaqin hamkorlik olib borib, ularga ta’mirlash ishlarini olib borishda, ta’kim-tarbiya ishlarida yordam ko`rsatadi.
  • Ular har qanday odamga tanbyeh byerishlari mumkin, biroq bu ishni doimo ularning hurmatini saqlagan holda amalga oshiriladi. Ota- onalarning bunday munosabatni qadrlashi tahsinga sazovor. Shuning uchun “mahalla syening ham otang, ham onang” dyegan maqol mavjud. Boshqa sohalarda namoyon bo’ladigan milliy tiklanish, xalqning milliy o’z-o’zini anglashni faollashtirish orqali bo’ladi.
  • Sobiq Sovyet ittifoqi davrida bu kabi an’analar to’liq yo’qolib kyetmagan, balki ayrim oilalarda o’ziga xos tarzda saqlanib qolgan va yoshlarga byerilgan. Bu ayniqsa, hayotning an’anaviy turmush tarzini saqlab kyelayotgan eski shahar mahallalarida yashovchilar orasida yaqqol namoyon bo’lgan. Mahalla fuqarolarining yuqori savodxonlik va madaniy darajasi (yosh va o’rta avlod, o’rta yoki oliy ma’lumotga ega) badiiy ijodning kyeng rivojlanishi, marosimlar o’tkazishda ma’naviy o’z-o’zini ifodalashning kyeng imkoniyatlarini ko’zdatutadi.
  • Shuni ta’kidlash joizki, etnik an’analar va marosimlarning tiklanishida avvalo, oiladagi katta avlod, shuningdyek, ommaviy axborot vositalari, ayniqsa tyelyevidyeniye katta o’rin tutadi.
  • Hozirgi kunda mahallaning ahamiyati oshib bormoqda. Biroq yoshlar tarbiyasida muammolar kam emas. Bozor iqtisodiyoti sharoitida yoshlarning axloqiy tarbiyasiga xalaqit byeradigan bir qancha holatlar ham kyelib chiqmoqda. Yoshlarning yoshligidanoq savdo-sotiq qilishga va boshqa tijorat ishlariga sho’g’ib kyetishi ularning o’qishiga, bilim olishga bo’lgan intilishlariga, ijtimoiy munosabatlarga kirishishga, salbiy ta’sir ko’rsatmoqda.
  • Mahalla azaldan nafaqat o`sib kyelayotgan avlodning tarbiyachisi vazifasini bajargan, balki ijtimoiy fikrni shakllantirgan ham. Qo’shnilar o`rtasidagi barcha nizoli holatlar, shuningdyek, esa oilaviy janjallar mahalla qo’mitalari faollari tomonidan muhokama qilinadi. Bular orasida ko’pincha qaynona-kyelin, yosh kyelin- kuyovlar orasida janjallar ko’p uchraydi. Bunaqa holatlarda xotin-qizlar qo’mitasi suhbat o’tkazadi.
  • Agar ikki tomonni yarashtirib bo’lmasa, bu holat bilan mahalla qo’mitasi shug’ullanadi. Odatda o’sha joyning o’zida muammo hal qilinadi. Shuning uchun ajralishlar soni ko’p emas. So’nggi paytlarda uy ishlari bilan band ayollar, yosh oilalar bilan ishlash faollashdi, ularni kasb-hunarlarga o’rgatish ishlari olib borilmoqda. Mahalla ishsizlarning ishga joylashishlariga ham ko’maklashmoqda. Harbiy qo’mitalar askarlikka olishga tanlov bo’lganda mahalla faolligigatayanishadi.
  • 1999 yil 14 apryelda O’zbyekiston Ryespublikasining “Fuqarolarning o’z-o’zini boshqarish organlari haqida”gi qonuni yangi tahrirda qabul qilindi. Unda yana bir marta fuqarolarning o’z-o’zini boshqarishi asosida tarixiy taraqqiy xususiyatlari, milliy va ma’naviy qadriyatlar, mahalliy odat va an’analar yotishi ta’kidlandi. Qonunda mahallaning vazifalari byelgilab qo’yilgan. YUqorida sanab o’tilgan vazifalardan tashqari mahallaga yangi vazifalar-tijorat va maishiy xizmat ko’rsatishni, hududning tozalik holatini, aholidan soliqlarni o’z vaqtida topshirilishini nazorat qilish ham yuklatildi. Davlat mahallaga avval mahalliy kyengashlar bajargan vazifalarni yuklamoqda. Bu esa mahalla qo’mitalari davlat tuzilmalariga aylanayotganligidan guvohlik byeradi.
  • Mahallaning ijtimoiy hayotida so`nggi o`n yillarda katta o’zgarishlarni boshdan kyechirgan qo’shnichilik munosabatlari muhim o’rin tutmoqda. Oilaviy muhitning individuallashuv jarayoni kyetmoqda. Shu bilan birga yaqin qo’shnichilik munosabatlari o’zbyek oilasining qadriyatlaridan biri bo’lib qolavyeradi. Bu avvalombor xo’jalik yordamida, bolalar tarbiyasida, qiyin vaziyatlarda yordam ko’rsatishda namoyon bo’lmoqda. SHuning asosida ma’naviy yaqinlik paydo bo’ladi, ya’ni kundalik axborot almashinuvi, mahalladagi voqyealar muhokamasi bo’lib o’tadi. Shu tarzda mahalladagi eng kichik guruhlardan biri- qo’shnichilik guruhi paydobo’ladi.
  • Mana shu guruh bilan bir qatorda qarindoshlik aloqalari ham mavjud. Ular hozirda avvalgidan ko’ra kamroq bo’lsada, uning a’zolarining faol o’zaro yordami bilan xaraktyerlidir. Qarindoshlik munosabatlari o’zbyeklarning oilaviy qadriyatlari tizimida hali ham birinchi o’rinda turadi.
  • O’zbyeklarning ijtimoiy hayotidagi muhim hodisalardan biri erkaklar birlashmalari-gap, gashtak, ziyofatdir va ularning maqsadi bo’sh vaqtni mazmunli o’tkazishdir. Har bir yosh guruh o’zining muomala shakliga ega: Qadimda Toshkyentda gaplar ommaviy xaraktyerga ega bo’lgan. Ular hosil yig’im tyerimi yakunlangan kuzgi-qishki davrda o’tkazilgan. To’qmada erkaklar har kuni bir- birlarining uyida to’planishgan va har kim qo’lidan kyelganini olib kyelgan. Buning hammasi “umumiy qozon”ga solingan. O’zlari taom tayyorlashgan, o’zlari uy yig’ishtirishgan, namoz o’qishgan, suhbatlashishgan, axborot almashishgan.
  • Tuqmadan farqli o’laroq, gap haftada bir marta odatda juma kunlari ishtirokchilardan birining uyida o’tkazilgan. Har bir gapda saylangan rahbar va ishtirok etish qoidalari bo’lgan. Qoidabuzarlar gapdan chyetlashtirilgan. Ziyofat xarajatlarini myezbon ko’targan. Namoz va diniy adabiyotlar uchun odamlarni qamashgan XX asrning 30- yillarida gaplarda to’planish havfli bo’lgan. II jahon urushi davrida moddiy qiyinchiliklar ham gaplar o’tkazilmasligiga o’z ta’sirini ko’rsatgan. Biroq gaplar XX asrning 50-60 yillarida asta-syekin tiklana boshladi. Biroq bu gaplar biroz boshqacha edi. Avvalo, endi ayollar orasida ham gap tashkillashtirildi. Hozirda ayollar gaplari erkaklarnikidan ko’ra kyengtarqalgan.
  • Oilaviy gaplar, avvalombor sinfdoshlar, kursdoshlar orasida, shuningdyek kasbiy gaplar ham ommaboplashdi.
  • Gaplarning ijobiy xususiyatlari bilan birgalikda ularda salbiy jihatlar ham mavjud. Bu isrofgarchilik va ichkilik bilan bog’liq. Kitoblar mutolaasi, mazmunli suhbatlar tan olinmay kyelindi. Avvalgilaridan farqli ravishda hozirgi gaplar yil davomida o’tkaziladi. To’y paytida gap ishtirokchilari to’y egasiga yordam ko’rsatishadi. Ular og’aynilarini qiyin kunlarda qo’llab-quvvatlashadi. Har bir gapning shuhrati bor. Insonni, ayniqsa yoshlarni qaysi gapga a’zo bo’lganidan u qanaqa tarbiya olganini aniqlasa bo’ladi.
  • Ayollar orasidagi gaplar XX asrning 60-70 yillarida kyeng rivojlana boshladi. Bu mahalladagi qo’shnilarning birlashmasi edi. Biroq ishtirokchining yoshi inobatga olingan. Har bir mahallada o’rta yosh ayollar, yosh ayollar (asosan kyelinlar)ning birlashmalari mavjudbo’lgan.
  • Yaqin qarindoshlar orasidagi gaplar ham kyeng tarqalgan. Odatda bunda yoshi eng ulug’ ishtirokchi rahbar bo’ladi. Bunday gaplarga ayollar farzandlarini ham olib kyelishgan.
  • Shuningdyek oilaviy gaplar ham paydo bo’ldi. Ularda erkaklar o’z xotinlari bilan ishtirok etishadi. Bu gaplar sinfdoshlar yoki kursdoshlar gaplari sifatida boshlangan va kyeyinchalik har uylangan a’zo o’z xotinini ham olib kyela boshlaydi. Bu gaplar umumiy qoidalar asosida mavjud bo’lib, nihoyatda kam uchraydi.
  • O’rta va katta avlod ayollari o’rtasida to’planishning boshqa shakllari ham mavjud. Bular mushkul kushod va mavlud kabi diniy marosimlar bo’lib, ular so’nggi yillarda Toshkyent mahallalarida ochiq-oydin o’tkazilmoqda. Mavlud yoki mushkul kushodga to’planishgan ayollar nafaqat diniy marosimlarda ishtirok etishadi, balki muomalaga kirishish imkoniyatiga ham ega bo’lishadi. Hayotning eng yaxshi axloqiy mye’yor va tamoyillarining tiklanishi fanda hayotning ba’zi eskirgan jihatlarini yangilashga, ayollar erkinligi va huquqlarini chyeklashga ham urinishlar bo’ldi.
  • Mahalla hozirda zamonaviy jamiyat hayotining ijtimoiy tizimida o’z o’rnini topgan. Milliy va etnik an’analarni har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan O’zbyekiston siyosati bu an’anaviy institutning yanada faol faoliyat yuritishiga yangi zaminlaryaratdi.
  • Nazorat uchun savollar.
  • 1.Maxalla maxsus ijtimoiy tuzilma sifatida
  • 2. Myehr-muruvvat an`analari xaqida tushuncha bering.
  • 3. “Fuqarolarning o`z-o`zini boshqarish organlari haqida”gi qonuni xaqida nimalarnni bilasiz?
  •  

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin