2-mavzu. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari (4 soat)


Makroiqtisodiy barqarorlashtirish chora-tadbirlaridan kutilayotgan natijalar



Yüklə 64,96 Kb.
səhifə4/6
tarix07.01.2024
ölçüsü64,96 Kb.
#207397
1   2   3   4   5   6
2-mavzu.

Makroiqtisodiy barqarorlashtirish chora-tadbirlaridan kutilayotgan natijalar
2.2-jadval



Asosiy ssenariy

Muqobil (xatarli) ssenariy

  • iqtisodiy rivojlanish tendensiyalarining davom etishi va tashqi sharoitlarning sezilarli darajada o‘zgarmasligi hamda soliq sohasida va tarkibiy islohotlar borasida bosqichma-bosqich kutilgan natijalarga erishilib borilishi nazarda tutilgan;

  • soliq islohotlarining samarali amalga oshirilishi hamda iqtisodiyotni kreditlash hajmining o‘sish sur’atlarining maqbullashtirilishi (2019 yilda 25%) ko‘zda tutilgan;

  • YAIM o‘sish sur’ati 2018 yil yakuniga ko‘ra 5,2%, 2019 yilda esa 5,4% bo‘lishi prognoz qilinmoqda. O‘tgan va joriy yillarda investision faollikning oshishi hamda iqtisodiyotning real sektorida olib borilayotgan islohotlar natijasida keyingi yillarda iqtisodiyotning o‘sish sur’atlari yanada tezlashishi kutilmoqda;

  • yillik inflyasiya darajasining prognoz

ko‘rsatkichlari 2018 yilda 16–17%ni, 2019 yilda 13,5– 15,5%ni va 2020 yilda 10–12%ni tashkil etadi;
2021 yildan boshlab yillik inflyasiya darajasi bir xonali ko‘rsatkichgacha pasayishi kutilmoqda

sharoitlarning yomonlashu- vi hamda tarkibiy islohot- larning kutilgan natija bermasligi hisobiga 2019 yilda inflyasiya darajasi -ning 17–18%gacha o‘sishi kutilmoqda




Xorijiy investisiyalarni mamlakatimizga faol jalb qilish va undan foydalanish samaradorligini oshirish uchun har bir hududning o‘z nisbiy ustunliklari, foydalanilmayotgan imkoniyatlari, o‘sish zaxiralari va salohiyatidan oqilona foydalanish dolzarb ahamiyatga ega. Chunki ishlab chiqarish quvvatlarini hududlarning nisbiy afzalliklarini, ulardagi mavjud resurslar, infratuzilma, ishchi kuchi kabi omillar imkoniyatlarini hisobga olgan holda joylashtirish kapitaldan foydalanish samaradorligini oshiradi va oxir-oqibatda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardosh bo‘lishini ta’minlaydi.
Respublikamizda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, valyuta bozorini erkinlashtirish, yuqori likvidli tovarlarni sotishning bozor usullarini joriy etish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar aholining keng qatlamlarini tadbirkorlik faoliyatiga faol jalb qilish uchun qulay shartsharoitlar hamda iqtisodiy islohotlarni izchil davom ettirish uchun mustahkam zamin yaratdi.
Makroiqtisodiy barqarorlik hamda iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda markaziy bankning masuliyati ulkan ekanligini hisobga olib, uni ta’minlashda o‘zining asosiy va muqobil ssenariysilarni ishlab chiqdi. Ikkala ssenariyda ham Markaziy bank pul-kredit siyosatini yuritishda ehtiyotkorona yondashuvdan foydalanib, pul-kredit sharoitlarini bir maromda qat’iylashtirib borishni ko‘zda tutilgan. Bunda muqobil ssenariyda yanada qat’iyroq choralardan foydalaniladi.
Unga ko‘ra, istiqbolda pul-kredit siyosatining muhim vazifalari sifatida inflyasiya darajasini pasaytirish va inflyasion targetlashrejimiga o‘tish uchun asos yaratish, sh.j. pul-kredit siyosati instrumentlari va transmission mexanizmlarini rivojlantirish zarur.
Inflyasiyani keltirib chiqaruvchi asosiy omillar investision faollikning oshishi natijasida iqtisodiyotda vujudga keladigan yuqori talab va tartibga solinadigan narxlarning liberallashtirilishkutilmoqda. Bunda davlat korxonalarining isloh qilinishi (sh.j. xususiylashtirishi) doirasida kapital qo‘yilmalar hajmining o‘sishi investision faollikni rag‘batlantiruvchi asosiy omil bo‘ladi.
Iqtisodiyot tarmoqlarida chuqur tarkibiy o‘zgartirishlarni amalga oshirish, tovar va xizmatlarning sifatli bozorini shakllantirgan holda raqobatbardosh bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonini jadallashtirish, aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish va mustahkamlash, davlat aktivlarini boshqarishda bozor tamoillarini joriy etish mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining yangi bosqichida muhim ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 64,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin