2-§. Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni Ishlab chiqarish jarayoni – bu kishilarni o’zlarining iste’moli uchun zarur
bo’lgan moddiy va ma’naviy ne’matlarni yaratishga qaratilgan maqsadga muvofiq
faoliyatidir. Moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish, turli xizmatlar ko’rsatish
jarayoni kishilar iqtisodiy faoliyatining asosiy tomonidir.
Ishlab chiqarishning
tarkibiy tuzilishi muhim ahamiyat kasb etib, u turli
sohalar, bo’linmalar, yaratilayotgan mahsulotlar va ko’rsatilayotgan xizmatlar
turlarini ifodalaydi. Eng avvalo, ishlab chiqarishni
moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy ishlab chiqarish sohalariga ajratish lozim.
O’z navbatida moddiy ishlab
chiqarish sohasi
moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish (masalan, avtomobil, oziq-
ovqat mahsulotlari, kiyim-kechaklar va h.k.) va
moddiy xizmatlar ko’rsatish (transport, aloqa, savdo, maishiy xizmat va boshqalar)dan iborat bo’ladi.
Nomoddiy ishlab chiqarish sohasi ham
nomoddiy ne’matlarni ishlab chiqarish (masalan, musiqa asarlari, badiiy va ilmiy asarlar, ixtiro va kashfiyotlar)
va
nomoddiy xizmatlar ko’rsatish (huquqiy maslahatlar berish, o’qitish, malaka
oshirish va boshqalar)ga ajraladi. Bu sohalar bir-biri bilan chambarchas bog’langan
holda rivojlanadi va bir-biriga ta’sir ko’rsatadi.
Moddiy ishlab chiqarish sohasi o’z navbatida ikki bo’linmadan — birinchi va
ikkinchi bo’linmalardan iborat bo’ladi.
Birinchi bo’linmada ishlab chiqarish va
xizmat ko’rsatish korxona va tashkilotlarining ishlab chiqarish iste’moli uchun zarur
bo’lgan vositalar – stanok, mashina, asbob-uskuna, xomashyo va turli materiallar
i
s
t
e
’
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday ishlab chiqarish, bir tomondan
iste’mol qiymatni (naflilikni) yaratishdir, ikkinchi tomondan, moddiy vositalar va
qiymatning o’sish jarayonidir.