2-mavzu. Ishlab chiqarish jarayoni va uning natijalari reja



Yüklə 72,24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/7
tarix07.01.2024
ölçüsü72,24 Kb.
#208491
1   2   3   4   5   6   7
ishlab chiqa qo\'

muqobil ishlab 
chiqarish xarajatlari
deb ataladi.
5. Ishlab chiqarishning samaradorligi va uning ko’rsatkichlari 
Ishlab chiqarish samaradorligi va uni oshirish masalasi har doim iqtisodiyot 
nazariyasi fanining dolzarb muammosi sifatida, uning diqqat markazida bo’lib 


keladi. Ayniqsa hozirgi paytda bu masala yanada keskin qo’yilmoqda. Buning 
sababi shundaki, ishlab chiqarish samaradorligini oshirmasdan turib mamlakatimiz 
oldida turgan muhim masala – mustaqil iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirish 
vazifasini amalga oshirib bo’lmaydi. Samaradorlikning iqtisodiy mazmuni sifatida 
har doim ishlab chiqarishning pirovard natijasi bilan unga avanslangan resurslar, 
mablag’lar yoki qilingan xarajatlar o’rtasidagi nisbat tushuniladi. 
Lekin, turli ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar sharoitida shu jamiyatning maqsadidan 
kelib chiqib, samaradorlik muammosining tub mohiyati o’zgaradi. Bozor 
iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishning asosiy maqsadi foyda olishga 
qaratilganligi sababli har bir iqtisodiy sub’ekt ko’proq foyda olishga intiladi. 
Shuning uchun ham ishlab chiqarishning samaradorligini olingan foydaning (F) 
ishlab chiqarishga sarflangan resurs xarajatlariga (IX) nisbati bilan aniqlanadi, ya’ni: 
%
100
'



F
R

Bu yerda: R’ - foyda normasi, IX – iqtisodiy resurs xarajatlari.
Ishlab chiqarish samaradorligini to’la ifodalashda unda qatnashgan omillarning 
unumdorligini, ulardan samarali foydalanish darajasini bildiradigan ko’rsatkichlar 
tizimidan foydalaniladi. 
Bulardan biri mehnat unumdorligidir. 
Mehnat unumdorligi 
deb ishchi 
kuchining vaqt birligi mobaynida mahsulot yaratish qobiliyatiga aytiladi va ishlab 
chiqarilgan mahsulotning (iste’mol qiymatining) sarflangan mehnat miqdoriga 
nisbati bilan belgilanadi. Sarflangan mehnat miqdori esa ishlangan vaqt bilan, kishi 
kuni, kishi soati va h.k. bilan belgilanadi. Agar mehnat unumdorligini MU, 
mahsulotni M bilan, sarflangan ish vaqtini V bilan belgilasak, mehnat unumdorligi 
quyidagicha aniqlanadi: 
V
М
МU

.
Mehnat unumdorligi sarflangan jonli mehnatning har bir birligi evaziga ya’ni 
kishi kuni, kishi soati hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori bilan aniqlanadi. 
Samaradorlikni aniqlashda kapital unumdorligi degan ko’rsatkichdan ham 
foydalaniladi va unda ishlab chiqarishda qatnashgan kapitalning har bir birligi 
evaziga olingan mahsulot, daromad yoki foyda bilan aniqlanadi. Agar kapital 
unumdorligini – KU deb, ishlab chiqarishda qatnashgan kapital miqdorini – K, 
mahsulotni – M, yalpi daromadni – YaD bilan, foydani – F bilan belgilasak quyidagi 
formulalar hosil bo’ladi: 
К
М
КU

;
К
YaД
КU


К
F
КU


Samaradorlikni aniqlashda bu ko’rsatkichlardan tashqari mahsulotning mehnat 
sig’imi, material sig’imi, energiya sig’imi degan ko’rsatkichlar ham qo’llanilib, ular 
ishlab chiqarilayotgan mahsulotning har bir birligini yaratish uchun ketgan, yoki 
ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan mehnat, energiya va moddiy ashyolar 
miqdorini ifodalaydi. 
Bu ko’rsatkichlarning har biri ishlab chiqarishda qatnashgan turli omillar 
samaradorligini ifodalab, bir-biri bilan chambarchars bog’liq va bir-birini to’ldiradi. 
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun unga ta’sir qiladigan omillarni 
ham bilish zarurdir. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga bir qancha omillar 
ta’sir qiladi: 


1. Ilmiy-texnik taraqqiyotni tezlashtirish va uning natijalarini tezlik bilan ishlab 
chiqarishda qo’llash. 
2. 
Ishlab 
chiqarishni 
ratsional 
joylashtirish, 
ixtisoslashtirish 
va 
kooperatsiyalash. 
3. Iqtisodiyotning tarkibiy qismlarini va uning tashkiliy bo’g’inlarini 
o’zgartirish. 
4. Ishlab chiqaruvchilarni rag’batlantirish va ularning faolligini oshirish. 
5. Mavjud tabiiy, moddiy va mehnat resurslaridan oqilona, tejab-tergab 
foydalanish, yangi, arzon, sifatli xomashyo va energiya turlarini, ekinlarning yangi 
hosildor navlarini, chorva mollarining mahsuldor zotlarini topib ishlab chiqarishga 
joriy qilish. 
6. Kishilarning bilim saviyasini, malakasini oshirish, yetuk ishchi va 
mutaxassislar tayyorlash. 

Yüklə 72,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin