2-MAVZU. ISHLAB CHIQARISH JARAYONI VA UNING NATIJALARI
Reja:
1. Ishlab chiqarish omillari va ularning tarkibi.
2. Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni.
3. Ishlab chiqarishning umumiy va pirovard natijalari.
4. Ishlab chiqarish imkoniyatlari va uning chegarasi.
5. Ishlab chiqarishning samaradorligi va uning ko’rsatkichlari.
1.
Ishlab chiqarish omillari va ularning tarkibi
Ishlab chiqarish jarayonida haqiqatda qo’llaniluvchi
barcha resurslar
ishlab
chiqarish omillari deyiladi.
Iqtisodiyotning tizimi va shaklidan qat’iy nazar uchta omil:
ishchi kuchi, mehnat qurollari va mehnat predmetlari bo’lishi shart.
Ishchi kuchi deb
insonning mehnat qilishga bo’lgan
aqliy va jismoniy
qobiliyatlarining yig’indisiga aytiladi. Ishchi kuchi mehnat qobiliyatiga ega bo’lgan
kishilar uchun xosdir. Lekin ishchi kuchi insonning o’zi emas yoki uning mehnati
ham emas, uning qobiliyatidan iboratdir.
Mehnat qurollari
deb,
inson uning yordamida tabiatga, mehnat predmetlariga
ta’sir qiladigan vositalarga aytiladi (mashinalar, stanoklar,
traktorlar, qurilmalar,
uskunalar va boshqalar).
Mehnat predmetlari
esa bevosita mehnat ta’sir qiladigan,
ya’ni mahsulot tayyorlanadigan narsalardir (yer, suv,
xom ashyo va boshqa turli
materiallar).
Kapital deganda o’z egalariga daromad keltiradigan ishlab chiqarish va xizmat
ko’rsatishning hamma sohalarida ishlatiladigan ishlab chiqarish
vositalarini,
sotishga
tayyor turgan tovarlarni, yangi vositalar va ishchi kuchini sotib olishga
mo’ljallangan pul mablag’larini, ularning ashyoviy tomoni va qiymatining birligini
tushunamiz. Boshqacha qilib aytganda «kapital» ham qiymatga, ham naflilikka ega
bo’lgan, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish
jarayonida foydalaniladigan
vositalardir.
Hamma adabiyotlarda yerga deyarli bir xil tushuncha beriladi, ya’ni yer deganda
tuproq unumdorligi, o’tloqlar, yaylovlar, suv, havo, o’rmon, qazilma boyliklar, umuman
tabiiy resurslar tushuniladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida katta e’tibor beriladigan omillardan biri
tadbirkorlik qobiliyatidir. Tadbirkor
deb iqtisodiy resurslar, ya’ni ishlab chiqarish
vositalari va ishchi kuchi resurslarining, tabiiy resurslarning bir-biriga qo’shilishini
ta’minlaydigan, tashkilotchi, yangilikka intiluvchi, tashabbuskor, iqtisodiy va boshqa
xavfdan, javobgarlikdan qo’rqmaydigan kishilarga aytiladi; bu xislatlar majmui esa
tadbirkorlik qobiliyati deb yuritiladi. Hozirgi davrda ayrim adabiyotlarda axborot va
uning vositalarini, ekologiyani ham alohida omil deb ko’rsatadilar. Bizning
fikrimizcha, ular yer va kapitalda o’z ifodasini topadi.