To’liq bandlilik deganda biz ishlab chiqarishga yaroqli bo’lgan barcha
resurslardan to’la unum bilan foydalanishni tushunamiz. Ishchi majburiy ishsiz
bo’lib qolmasligi, iqtisodiyot ishlashni xohlagan va unga layoqatli bo’lgan barchani
ish bilan ta’minlashi zarur, haydaladigan yerlar yoki kapital uskunalar ham bo’sh
qolmasligi lozim.
Ishlab chiqarishning to’liq hajmi, resurslarni samarali taqsimlashni, ya’ni
ulardan mahsulotning umumiy hajmiga eng ko’p hissa qo’shadigan qilib
foydalanishni va mavjud texnologiyalarning eng yaxshisini qo’llashni ham bildiradi.
Ishlab chiqarish imkoniyati chegarasini jadval ma’lumotlaridan foydalanib
1-jadval Resurslar to’liq band bo’lganda ishlab chiqarish imkoniyatlari D
Ishlab chiqarish imkoniyatlari chegarasi to’g’risida yaxshiroq tasavvurga ega
bo’lish uchun:
birinchidan, iqtisodiyot faqat ikki xil mahsulot – non va tegirmon ishlab
chiqaradi (bunda non iste’mol tovarlarini, tegirmon ishlab chiqarish vositalarini
bildiradi);
ikkinchidan, iqtisodiy resurslar miqdor va sifat jihatdan o’zgarmaydi;
uchinchidan, mehnat unumdorligi va texnologiya doimiy bo’lib qoladi, deb
faraz qilamiz.
Mavjud resurslar cheklanganligi sababli iqtisodiyotning tegirmon va non ishlab
chiqarish hajmini birdaniga ko’paytirib borish imkoniyati cheklangan. Resurlarning
cheklanganligi mahsulot ishlab chiqarishning cheklanganligini bildiradi. Bunday
sharoitda tegirmon ishlab chiqarishni har qanday ko’paytirishga resurslarning bir
qismini – non ishlab chiqarishni kamaytirish orqali erishadi. Aksincha, agar non
ishlab chiqarishni ko’paytirish afzal ko’rinsa, buning uchun zarur resurslar faqat
tegirmon ishlab chiqarishni qisqartirish hisobiga olinishi mumkin.
Jamiyat bu mahsulotlar uyg’unlashuvidan birortasini tanlashi zarur: ko’proq
tegirmon ishlab chiqarish kamroq non ishlab chiqarishni bildiradi va aksincha.
Har qanday mahsulotning qandaydir miqdorini olish uchun, voz kechishga
to’g’ri keladigan boshqa mahsulot miqdori bu mahsulotning