Xususiy tadbirkorlik – bu fuqarolar (alohida fuqaro) tomonidan o’zlarining tavakkalchiliklari va mulkiy javobgarliklari ostida, shaxsiy daromad (foyda) olish maqsadida amaldagi qonunchilik asosida amalga oshiriladigan tashabbuskor xo’jalik faoliyatidir.
Xususiy tadbirkorlikning yakka tartibda faoliyat ko’rsatayotgan tadbirkorlikdan farqi shundaki, bu yerda faoliyat ko’rsatuvchilar o’z faoliyatini yollanma ishchi kuchi yordamida olib boradilar. Ular yuridik shaxs sifatida ish ko’radilar va o’z korxonalarini davlat ro’yxatidan o’tkazishga majburdirlar.
Jamoa tadbirkorligi – bu bir guruh fuqarolarning o’zlariga ma’qul bo’lgan mulkchilik shakllarida jamoalarga birlashib, jamoa korxonalarini tashkil qilishlari va shu asosda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishlaridir.
Jamoa tadbirkorligi faoliyati firmalar faoliyatida o’z ifodasini topadi. Firma – muayyan turdagi mahsulot ishlab chiqarishga va xizmat ko’rsatishga ixtisoslashgan, bozordagi talab va taklifga qarab ish tutadigan, iqtisodiy jihatdan erkin va mustaqil korxonadir.
Xususiy firma deganda ayrim shaxs yoki oilaga tegishli bo’lgan, yakka xususiy mulkka asoslanib faoliyat ko’rsatadigan korxona tushuniladi.
Firmalarning turlari juda ko’p, ularni chizmada quyidagicha tasvirlash mumkin (2.2.1-rasm).
SHirkat firmabir necha sohibning mulkini birlashtirish va tadbirkorlikdan olinadigan foydani baham ko’rishga asoslangan sherik-chilik korxonasidir.
SHirkat firmalarining ikki turi mavjud:
- mas’uliyati cheklanmagan jamiyatlar;
- mas’uliyati cheklangan jamiyatlar.
Firma (korxona) larning turlari