Korporatsiyaatamasi lotincha «corporatio» so‘zidan olingan bo‘lib, birlashma, hamjamiyat ma’nosini beradi. Korporatsiya yirik aktsioner jamiyatlar birlashmasi hisoblanib, bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi-larni birlashtiradi. Natijada ishlab chiqarish monopollashadi.
Korporatsiya investitsiya kapitalining markazlashuvini, ilm-fan taraqqiyotini, mahsulotning raqobatbardosh bo‘lishini va uzoq hayot tsiklini ta’minlaydi. Korporatsiyalar tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi aktsioner jamiyatlarining xohish-ixtiyori bilan paydo bo‘ladi. Har bir korxona faoliyatini yurgizish uchun o‘z holicha turli funktsiyalarni, ya’ni:
mahsulot sifatini oshirish va ishlab chiqariladigan mahsulotni yangilash;
tayyor mahsulotni sotish bo‘yicha qator ishlarni bajarishi lozim bo‘ladi.
Bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi bir qancha korxonalar yig‘ilishib, barcha uchun umumiy bo‘lgan korxonalar faoliyatini ta’minlov-chi funktsiyalarni hamma uchun bajaradigan bir idora, muassasa tuzishni rejalashtirganlar. Natijada shunday birlashma yuzaga kelganki, unda korxonalar o‘z mulki va iqtisodiy mustaqilligini saqlagan holda hammalari uchun umumiy bo‘lgan funktsiyalarni bajarishdan ozod bo‘lganlar va shu funktsiyalarini bajarganligi uchun umumiy idora-muassasaga xaq to‘laganlar.
O‘z tarkibidagi aktsiyadorlik jamiyatlarni nazorat paketlarini egallash bilan korporatsiyalar xolding kompaniyalariga aylanadi.
Xolding iborasi inglizcha «holding» so‘zidan olingan bo‘lib, ega ma’nosini beradi. Xolding kompaniya – bu mulk egalari tomonidan bir qancha mustaqil aktsiyadorlik jamiyatlari faoliyatini nazorat qilish maqsadida tashkil etilgan hissadorlik jamiyatidir. Xolding kompaniyasi tarkibiga kiruvchi aktsiyadorlik jamiyatlari «aktsiyalarining nazorat paketi» kompaniyaning ixtiyorida bo‘ladi. Bundan maqsad aktsiyadorlik jamiyatlari faoliyatlari ustidan nazorat o‘rnatish va dividendlar ko‘rinishida foyda olishdir.
Xolding kompaniyalarning mohiyati shundaki, ular biror bir ishlab chiqarish vazifalarini bajarishmaydi. Ularning vazifasi – sof boshqaruvchilikdan, ya’ni ishonchli mulk egasi sifatida ularga o‘z aktsiyalari yoki aktsiyalar nazorat paketini beruvchi kompaniyalarning faoliyatiga umumiy xo‘jalik rahbarligini bajarishdan iboratdir. O‘zbekistan Respublikasida xolding kompaniyalarning huquqiy maqomi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 12 oktyabrdagi 398-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom (xoldinglar to‘g‘risidagi Nizom) asosida belgilanadi. Bu Nizomga muvofiq aktivlari tarkibiga boshqa korxonalarning aktsiyalar nazorat paketi kiradigan ochiq turdagi aktsiyadorlik jamiyati xolding hisoblanadi.
Xolding birlashgan korxonalar, ya’ni xolding aktivlari tarkibiga kiradigan, aktsiyalar paketini nazorat qiladigan korxonalar sho‘‘ba korxonalar deb ataladi. Ular mustaqil yuridik shaxs hisoblanadi. Sho‘‘ba korxona, ko‘pincha, korxonaning rivojlanib borishi davomida bosh korxona (xolding kompaniyasi) tomonidan tashkil qilinadi.
Xoldinglar davlatga qarashli yoki xususiy bo‘lishi mumkin. Davlat xoldingida aktsiyalar nazorat paketi davlat mulkiga, sho‘‘ba korxonalar aktsiyalari esa bosh xolding kompaniyasining mulkiga aylanadi. Sho‘‘ba korxonalar o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘zlariga tegishli mulk, shu jumladan, asosiy korxona, ya’ni xoldingga tegishli aktsiyalar nazorat paketining qiymati bilan ham javob beradi. Xolding sho‘‘ba korxona qarzi bo‘yicha uning ta’sis shartnomasida aytilgan shartlarda javobgar bo‘ladi.
Xolding kompaniyalari ikki turda bo‘lishi mumkin:
moliyaviy xolding;
aralash xolding.
Moliyaviy xolding faqat maxsus nazorat va boshqaruv maqsadlarida tuziladi. Sarmoyasining 50 foizidan ko‘pini boshqa emitentlarning qimmatli qog‘ozlari va boshqa moliyaviy aktivlar tashkil qiladigan xolding moliyaviy xolding hisoblanadi. Moliyaviy xoldinglar avktivlari tarkibiga faqat qimmatli qog‘ozlar va boshqa moliyaviy aktivlar, shuningdek, xol-dingni boshqarish apparatining faoliyatini ta’minlash uchun bevosita zarur bo‘lgan mol-mulk kirishi mumkin.
Moliyaviy xoldinglar faqat investitsiya faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega, faoliyatining boshqa turlari bilan shug‘ullanishga ruxsat berilmaydi
Ular sho‘‘ba korxonalarning ishlab chiqarish va tijorat faoliyatlariga aralashish huquqiga ega emas. Moliyaviy xolding vakillari faqat sho‘‘ba korxonalarning aktsiyadorlari yig‘ilishlarida qatnashishi mumkin. Ularga kuzatuv kengashi, boshqaruv va sho‘‘ba korxonalarini boshqaradigan boshqa organlarga kirishga ruhsat berilmaydi.
Moliyaviy xoldinglar o‘zlariga tegishli aktsiyalar bilan faqat tashkil qilingan qimmatli qog‘ozlar bozorida, ya’ni fond birjalarida bitimlarni amalga oshiradi. Bu talabni bajarmaslik amalga oshirilgan bitimlarning bekor qilinishiga sabab bo‘ladi.