2-Mavzu. Kichik biznes va tadbirkorlikning tashkiliy shakllari


Moliyaviy mablag‘ga bo‘lgan talab va uning hisobi



Yüklə 323,37 Kb.
səhifə3/16
tarix07.01.2024
ölçüsü323,37 Kb.
#202231
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
2-Мавзу

Moliyaviy mablag‘ga bo‘lgan talab va uning hisobi. Tadbirkorlik bitimini tuzish moliyaviy harajatlar bilan bog‘liq.
Ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanish uchun tad­birkor boshlang‘ich kapitalga ega bo‘lishi kerak. Har qanday kishining bunga imkoni bo‘lmasligi mumkin. Ushbu holatda ishbilarmon tijorat banki yoki mablag‘i bor shaxsga kredit olish uchun murojaat qiladi. Buning boshqa yo‘li ham bor – tadbirkor ishlab chiqarish omillari (bino, uskuna, xom ashyo, material, axborot va boshqalar)ni kreditga ham olishi mum­kin. Baribir tadbirkor kredit bergan shaxsga olingan pul mablag‘ini yoki kreditga olingan ishlab chiqarish omillarining qiymatini qo‘shimcha foizlar bilan qaytarishi kerak.
Mablag‘larni imtiyozli asosida davlat tuzilmalari ajratishi mumkin. Buning uchun O‘zbekistonda kichik biznesni rivojlantirishga yordam berish maqsadida mahsus jamg‘armalar tuzilib, kredit berishga imtiyozlar yaratilgandir.
Ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyatida bilvosita ishtirokchi bo‘lib, unda moliya soliq organlari ishtirok etadi. Ular tadbirkorlik faoliyati hisobidan mahalliy byudjetga majburiy to‘lovlar, ajratmalar va jarimalar o‘tkazish bilan shug‘ullanadilar.
Ishlab chiqarish faoliyati natijasi. Mahsulotni sotish, biror bir ishni bajarish, haridorga, iste’molchiga xizmat ko‘rsatish va ma’lum hajmda foyda olish tadbirkor ishlab chiqarish faoliyatining natijasidir.
Tadbirkor foydasi yalpi va sof foydaga bo‘linadi. Ishlab chiqarish va sotishga ketgan harajatlardan keyin qolgan tushum yalpi foyda deyiladi. Yalpi foydadan soliqlar to‘lanadi. Yalpi foyda hisobidan soliqlar, jarima va boshqa to‘lovlar to‘langandan keyin qolgan pul sof foyda hisoblanadi.
Tadbirkorning umumiy moliyaviy bahosini rentabellik ko‘rsatkichi belgilaydi. U sof foydani jami harajatlarga bo‘lgan nisbati shaklida aniqlanadi.
Venchur biznesi. Gap innovatsion tadbirkorlik xaqida ketganda, venchur biznesi haqida tasavvur hosil qilish katta ahamiyatga egadir.
Venchur biznesi keyingi vaqtda ancha rivojlandi va u tavakkal biznesi turiga kiradi. Biznesning bu turi yangi texnologiyalarning joriy etilishi bilan bog‘liq. Venchur bizne­si yuqori texnologiya sohasida olib boriladigan ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish bilan bog‘langan. Bu sohalarda samara olinishi kafolatlanmagan. Ya’ni ma’lum tavakkalchilik mavjud. Yangi va eng yangi texnologiyalarni joriy qilish bilan shug‘ullanuvchi ilmiy-texnika firmalarga venchur firmalar deyiladi. Ularning daromadi kafolatlan­magan bo‘lib, faoliyati tavakkal kapital bilan bog‘liq.

Yüklə 323,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin