2-mavzu: makatabgacha ta’limning rivojlanishi bosqichlari reja



Yüklə 77,44 Kb.
səhifə1/6
tarix07.01.2024
ölçüsü77,44 Kb.
#203539
  1   2   3   4   5   6
2-MAVZUMakatabgacha ta’limning rivojlanishi bosqichlariI (1)


2-MAVZU: MAKATABGACHA TA’LIMNING RIVOJLANISHI BOSQICHLARI
Reja

    1. Mustaqillik yillarida maktabgacha ta`lim tizimi taraqqiyoti

    2. Maktabgacha ta`lim uzluksiz ta`lim tizimining asosiy bo`g`ini

    3. Maktabgacha ta`lim to`g`risidagi asosiy hujjatlar

Tayanch tushunchalar: milliy dastur konsepsiyasi, ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim, ta'lim sohasidagi davlat siyosati, tamoyillari, asosiy qonun hujjatlari.


1. Mustaqillik yillarida maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirish tamoyillari va asosiy yo'nalishlari

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti rahbarligida davlat va jamiyat hayotini, jumladan, ta'lim tizimini tubdan yangilash va isloh etish borasida ulkan ishlar amalga oshirildi. Istiqlolning dastlabki yillaridayoq Prezidentimiz kadrlar tayyorlashning zamonaviy yagona tizimini yaratish g'oyasini ilgari surib: «Ta'lim berishning ma’naviy, axloqiy va kasb malakasi bo'yicha tarbiyalashning mutlaqo yangi tizimi ishlab chiqilishi zarur. Sifat jihatidan butunlay yangi o'quv dasturlari yaratilishi darkor», deya ta'kidlagan edi. Davlatimiz rahbarining ushbu fikrlari keyinchalik ta'lim-tarbiya sohasiga oid ko'plab qonunlarning, tegishli me'yoriy hujjatlarning, eng muhimi, butun dunyo jamoatchiligi tomonidan tan olingan Kadrlar tayyorlash milliy dasturining yaratilishiga metodologik asos sifatida xizmat qildi. Ushbu dasturda maktabgacha va maktab, o'rta maxsus va kasb-hunar hamda oliy ta'limni uch bosqichda isloh qilishni, besh bosqichli ta'lim tizimini yaratish ko'zda tutilgan edi.


Bu boradagi milliy dastur konsepsiyasi O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti tomonidan 1997-yil Oliy Majlisning IX sessiyasida «Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori» nomli ma’ruzasida asoslab berildi. Unga binoan, mamlakatimizda noyob, dunyoda o'xshashi yo'q uzluksiz ta'lim tizimi yaratildi.
Maktabgacha ta'lim uzluksiz ta'lim tizimining dastlabki bosqichi hisoblanadi. Uning asosiy maqsadi - bola shaxsining har jihatdan rivojlanishini ta'minlash, qobiliyatlarini ro'yobga chiqarish, o'qishga, doimiy ta'lim olish uchun zarur bo'lgan ko'nikmalarni shakllantirish va maktabda muvaffaqiyatli o'qish uchun tayyorlashdan iborat. Maktabgacha ta'lim muassasalari bolalarning bilimi va amaliy ko'nikmalarini shakllantirish bilan birga, ularni vatanparvarlik, mustaqillik g'oyalariga sadoqat, tariximiz va boy ma'naviy-ma'rifiy merosimiz va qadriyatlarimizga yuksak hurmat ruhida tarbiyalashda muhim o'rin tutadi.
Maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatining qonuniy asoslari «Ta'lim to‘g'risida»gi Qonun (1992-y.), Kadrlar tayyorlash milliy dasturi (1997-y.), «Maktabgacha ta'lim to'g‘risida»gi Konsepsiya (2008/ 2011), Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 528-son qaroriga "Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi to'g'risida"gi NIZOM (2017), "Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi to'g'risida NIZOM" «Ilk qadam» o'quv dasturi (2018) va boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilab berilgan.
Masalan, 2008-yilda ishlab chiqilgan «Maktabgacha ta'lim to'g'risida»gi Konsepsiyada maktabgacha ta'lim muassasalari taraqqiyotining ustuvor yo'nalishlari, ta'limtarbiya ishlarini takomillashtirish usul va uslublari belgilab berilgan bo'lib, bu borada ilgari surilgan davlat talablari har bir bolaning yoshini e'tiborga olgan holda rivojlanish darajasini aniqlash, pedagog va tarbiyachilar ish samaradorligini oshirish imkonini beradi. Vazirlar Mahkamasining 2017- yil 19-iyuldagi 528-sonli qaroriga binoan «Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta'lim muassasasi to'g'risida»gi qaroriga asosan mazkur nizom jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo'lgan maktabgacha yoshdagi bolalarni sog'lomlashtirishga yo'naltirilgan ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta'lim muassasalarining (keyingi o'rinlarda ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasi deb ataladi) maqsadi va vazifalarini, uning faoliyatini tashkil etish, moliyalashtirish va ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasini boshqarish tartibini belgilaydi. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasi ta'lim-tarbiya berish, korreksion-pedagogik va davolash-sog'lomlashtirish faoliyatni olib boruvchi muassasa hisoblanadi.
Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarni ularning bilish imkoniyatlariga muvofiq tarbiyalash, nuqsonlarni korreksiyalash, imkoniyatiga muvofiq maktab ta'limiga tayyorlash, jamiyatga moslashuviga ko'maklashish
maqsadida tashkil etiladi.

Yüklə 77,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin